Birmada musulmon ovi davom etyapti
Birmadagi butparast vahshiylarning musulmonlarga nisbatan amalga oshirayotgan terrorlari hanuz davom etyapti. Birmaning ikkinchi katta shahri bo’lgan Mandalayda 969 nomli butparast terrorchi guruh qurollangan holda ko’chalarni to’ldirib mototsikllar bilan musulmonlar oviga chiqishmoqda. Musulmonlarning uylari, masjidlari hatto mozorlari ham butparastlarning hujumidan omon qolmayapti.
Mototsikllarda ko’chalarni kezib yurgan 969 butparast terrorchi guruh qo’liga tushgan musulmonlarni ayovsiz kaltaklab o’ldirmoqda. Birma politsiyasi esa bu jinoyatlarning oldini olish o’rniga butparastlardan arang jonini qutqarib qolgan musulmonlarni qamoqqa olyapti.
Butparast guruhlar o’zlarining bu jinoyatlarini rohiblar rahnamoligida olib borishmoqda. Rohiblar butparastlarni musulmonlarga qarshi gij-gijlash uchun turli uslublarni qo’llayapti. Ular avtomobillarda ko’chalarni kezib, terrorchi butparastlarni musulmonlarga hujum qilishga undashmoqda.
Turkiston:
Yillardir davom etib kelayotgan butparast terrorchi guruhlarning musulmonlarga nisbatan vahshiyliklari natijasida Birmada musulmonlardan juda ko’pchiligi qirg’in qilindi. Shu vaqtgacha o’ldirilgan musulmonlarning soni qanchaligi hech bir tashkilot tarafidan aniq sanab chiqilgan emas.
Dunyo ko’z o’ngida kechayotgan shuncha zulmlarga qaramay, doimo inson huquqlari haqida jar soladigan xalqaro muassasa va tashkilotlar Birmadagi musulmonlarning fojeaviy ahvoliga uzoq muddat churq etmay tomosha qilib turaverdi. Buning birdanbir sababi zulmga uchrayotganlar musulmonlar ekanligidir! “Etnik ozchilikning huquqlarini himoya qilish” deya og’iz ko’pirtirayotgan muassasalarning ham ko’zlari ko’r, quloqlari kar bo’lib qoldi. BMT esa har zamonda biroz tashvish bildirib qo’yishga odatlangan.
Har ikki gapining birida musulmonlarga terrorizm tamg’asini yopishtirishga odatlangan AQSh va G’arb davlatlari terrorchi butparastlar tarafidan musulmonlarning turli vahshiy uslublar bilan qiynab o’ldirishi qarshisida churq etmay turaverishi ularning kim ekanligini ko’rsatib turipti.
Qo’llarida musulmonlar armiyasining jilovini tutib turgan Islom yurtlaridagi rejimlar esa Birmadagi insonlar chekayotgan aziyatlarga hecham parvo qilmayapti. Hatto ba’zilari Birmadagi zolim rejim bilan do’stlik va iqtisodiy aloqalarini davom ettirmoqda. Bu rejimlarning zulmga uchragan musulmonlarga yordami faqat ularni qochoqlar lageriga joylashtirishdan nariga o’tmaydi. Vaholangki bu lagerlarda qochoqlar hamon ayanchli hayot kechirishmoqda. Ba’zi lagerlardagi hayot qamoqxonalardan ancha og’ir.
Shuni unutmangki, Musulmonlarga qarshi amalga oshirilayotgan bunday musibatlarni faqat Ummatning qalqoni va posboni bo’lgan Xalifalik davlatigina to’xtata oladi. Xalifalik nizomi nafaqat Birmadagi musulmonlarni, balki dunyoning turli erlarida zulmga duchor bo’lgan barcha insonlarni farovon hayot bilan ta’minlaydi. Xalifalik davlatida ozchilik millat degan narsa bo’lmaydi, aksincha hamma insonlar to’la fuqarolik huquqlariga ega bo’ladilar.
Qiyamuddin