Xitoy Ipak yo’lining qayta tiklashni rejalashtirmoqda

393
0

B6D1B3C8-C02C-427B-92BA-5C54E5F8CF4B_w300_r1_sXitoy hukumati umumiy qiymati 150milliard dollarni, yo’lning uzunligi 6 ming kilometrni tashkil etuvchi Buyuk ipak yo’lini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Mazkur ipak yo’li Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston va Eron davlatlari orqali o’tib Turkiyaga etib boradi.

Xabarga ko’ra, qurilajak temir yo’lning boshlanish nuqtasi Xitoyning Shinjon-Uyg’ur viloyatidan boshlanadi. Bu yo’l, Kars-Axalqala-Tbilisi- Baku temir yo’li orqali Kavkaz hududini birlashtiradi. Bu esa yo’lovchi tashish ko’lamini oshiradi.

Temir yo’l 2030 yilga borib qurib bitkaziladi. Mazkur yo’nalishdagi yo’lovchi tashuvchi poezdlarning tezligi soatiga 200 kilometrni, yuk poezdlarniki esa 160 kilometrni tashkil etishi aytilmoqda.

 Turkiston:

Xitoy Rossiyaning pozitsiyalari zaiflashib borayotganidan, shu bilan parallel AQShning Rossiya bilan geopolitik qarama-qarshiliklarining kuchayib borayotganidan o’z manfaatlari yo’lida unumli foydalanib qolmoqchi. Rossiyaning bu holati AQSh uchun ayni muddaodir. Chunki u mintaqadagi Rossiyaning quvvatini zaiflashtirishda aynan Xitoyning ochko’z va xalqaro siyosatdagi mavqeyini kuchaytirishga bo’lgan intilishidan foydalanadi.

Rossiya endi Xitoyni ilgarigidek xalqaro maydonda boshqara olmasligini va buning buyog’i u bilan o’zaro tenglik munosabatlar qurish asosida hamkorliklarning yangi strategiyasini tuzish kerakligini anglab etdi. Bunga uni AQShning Xitoyni xuddi Germaniya singari o’z qanoti ostida dunyoda haqiqiy etakchi davlatlar safida ish olib bora oladigan bo’lishi mumkinligiga ishontira olgani va shu bilan bir qatorda Rossiyaning xalqaro maydonda obro’sizlanib borayotgani sabab bo’ldi.

Bu dunyo geopalitikasini o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lib turgan katta loyihalardan AQShning kutayotgan yana bir katta maqsadi ham bor. U Rossiya, Xitoy va Hindistonning o’rtalarida mavjud yoki kutilayotgan har qanday hamkorlik yoki yaqinliklarni buzib yuborishga qaratilgan harakatlardir.

Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari esa – yuqoridagi katta davlatlar o’rtalaridagi munosabatlarini tartiblashtirib olishlari, to’g’rirog’i ularning o’rtalarida olib boriladigan doimiy kurashlardagi jang maydoni bo’lib turishda davom etadi. Bu kurash ularning siyosiy, strftegik, iqtisodiy va hokazo geopolitik manfaatlariga asoslangan bo’lishi mumkin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.