Iroqdagi kurash «terrorizmga qarshi urush» degan bahona bilan Islomdan qo’rqitish murojaatini avj oldirmoqda va bu urushga yangi ko’lam bermoqda

441
0

загруженное1 (1)Iroqdagi kurash «terrorizmga qarshi urush» degan bahona bilan Islomdan qo’rqitish murojaatini avj oldirmoqda va bu urushga yangi ko’lam bermoqda

 Siyosatchilar va asosiy axborot vositalarining Iroqdagi oxirgi hodisalarni sharhlashdagi murojaat ohangi tobora baland tus olmoqda. Ular odatdagidek Islomdan qo’rqitish murojaatini ishga solishmoqda va qo’rquv muhitini paydo qilish uchun vahimani qo’zg’ashmoqda. Bu safar e’lon qilingan asosiy nishon «Iroq va Shomda Islomiy Davlat tashkiloti»dir. Ular shu orqali musulmonlarga, Islomga va kechayu kunduz hujum qilib shubha uyg’otishga harakat qilishayotgan jihod va Xalifalik kabi islomiy oliy ideallarga zarba etkazishmoqchi.

 Bu to’g’rida Hizb ut-Tahrir-Avstraliya quyidagi nuqtalarni ta’kidlaydi:

 1 – Bu halqa mustamlakachilarning odatdagi taktikalarining bir qismidir. Undan maqsad musulmonlar yurtlariga davomli ochiq aralashuvni oqlaydigan asosni paydo qilishdir. Shu maqsadda Qo’shma Shtatlar o’rnatib qo’ygan va qo’llab-quvvatlayotgan Molikiy rejimi amalga oshirayotgan programmali repressiyaga qarshi ko’tarilgan bu xalq intifozasi (qo’zg’oloni)ni go’yo Iroqni «terrorchilar» egallab olgandek qilib ko’rsatilmoqda. Bundan maqsad kelgusida zarur bo’lgan paytda bo’ladigan har qanday aralashuvni – siyosiy aralashuv bo’ladimi yoki harbiymi – oqlashdir. Bu aralashuv Iroq manfaati uchun emas, aksincha faqat G’arb kuchlari manfaatlarini himoya qilish va bu manfaatlarni kuchaytirish uchungina amalga oshiriladi.

 2 – «Davlat tashkiloti»ni – go’yo u er yuzida yovuzlik timsolidek – xayoliy gollivudcha uslub bilan tasvirlanmoqda. Bundan oldin bu tashkilotga «olabo’ji» rolini berishgan edi, bu rolni ilgari doim al-Qoida tashkilotiga yopishtirib kelishardi. Bu ertak bo’yicha al-Qoida tashkilotini insoniylik yoki axloqning har qanday zarrasidan ham mahrum bo’lgan qilib tasvirlab kelishdi. Hozir esa «ahloqiy kompas» «g’oyatda ekstremist» bo’lgan boshqa bir jamoatni ko’rsatayotganga o’xshaydi!

 3 – Aslida «Davlat tashkiloti» Iroqdagi rejimga qarshi bosh ko’targan jamoatlar ittifoqidagi bitta tarafdir, xolos. Bu tashkilotni makru hiyla bilan go’yo u sal bo’lmasa Iroqni bir o’zi egallab olgandek qilib tasvirlanmoqda. Bundan maqsad «terrorchilar hamma yoqni egallab olishyapti» degan fikrni ilgari surib jar solishdir. Ayni vaqtda toifachilik va irqchilik asosidagi bo’lib tashlashlarni avj oldirilib, bu bo’linishlarni «ozuq»lantirilmoqda. G’arb etakchilari o’zlarining tashqi siyosatlari bilan Iroqda o’zlari duch kelayotgan muammolar girdobida o’ralashib qolishdi. Shuning uchun ularga toifachilik torlarini chertish zarur bo’lib qoldi. Ular shu orqali Iroq ahli o’rtasida Islom asosidagi o’zaro muvofiqlikni imkoni yo’q ishga aylantirishmoqchi bo’lishyapti. Shu maqsadda sunniylar, shialar va kurdlarni go’yo ular abadul abad bir-birlariga doim dushman bo’lib kelishgandek, bir-birlarining bo’yniga doim qilich solib kelishgandek qilib ko’rsatilmoqda. Bu qabih rejani amalga oshirish uni tog’utning zo’ravonligi bilan singdirishni yoki «hazoratli» G’arb tomonidan bo’ladigan aralashuvni talab qiladi!!

 4 – «Terrorizm» terminini siyosiylashtirish tabiati o’tgan har qachongidan ham ko’ra aniq bo’lib qoldi. Qarabsizki, birdan «terrorizm» ideologik yoki siyosiy g’oyalarni amalga oshirish uchun zo’ravonlikni ishga solishdan iborat bo’lib qoldi. Olam G’arb davlatlarining har qanday terrorchilardan ham ko’ra battarroq terrorchi ekanligiga guvoh bo’ldi. Chunki butun boshli xalqlar va millatlarni o’n yil davom etgan bochqinchilik urushlari orqali xonavayron qilgan mana shu G’arb davlatlaridir. Shuncha terrorlarni amalga oshirishganiga qaramay ular o’zlarini insoniyatga yaxshilik keltiruvchi «xaloskor» deb ham atashadi, repressiya hukm surayotgan sharoitlarda rad javobi berishga urinayotgan jamoatlar ishlarini esa shishirib ulkan qilib ko’rsatishadi. Ayni vaqtda istibdodga qarshi kurashish va mazlumlarga yordam berish uchun Avstraliya tashqarisiga safar qilib fidokorliklar ko’rsatayotgan musulmonlarga esa «ekstremistlar» va «terrorchilar» degan tamg’ani yopishtirishmoqda. Demak hamma musulmon yomon, faqat G’arb davlatlari repressiyasigina adolatlidir!!

 5 – Yanada ko’proq fitna qo’zg’ash maqsadida axborot vositalari «Davlat tashkiloti» kabi jamoatlar tomonidan qilinadigan hujumlar kutilayotgani haqida soxta, yolg’on xabarlarni etkazish uslubini ishga soldi, hatto bu hujumlarning «aniq tafsilotlari»ni ham aytib beradigan bo’ldi. Bunga teskari o’laroq Qo’shma Shtatlar Yamanda shayx Anvar Avlaqiy va uning 16 yoshli o’g’li ustiga bombalarni tashlab ularni kichik parchalarga qiymalab tashlagan paytda esa Qo’shma Shtatlar qonuniy javobgarlikka tortilishdan tashqarida qolib ketaveradi. Pokistonda uxlab yotgan yoki o’ynayotgan bolalar ustiga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan bombalar tashlangan paytda ham ahvol shu. Bu qurbonlar haqida – ularga insoniy fojia tusini bermaslik uchun – axborot vositalarida shunchaki bir «harbiy zarurat» sifatidagi ish yoki statistik ma’lumot sifatida aytib o’tiladi! Molikiy rejimi tomonidan Iroqdagi ahli sunnaga qarshi programmali tarzda amalga oshirilgan zo’rlashlar, qiynoqlar va qirg’inlar haqida qandaydir shov-shuv qo’zg’atilganini ko’rmadik, bu haqda hech qanday jar solishmadi! Bularning barchasi G’arbga nisbatan masala zo’ravonlik emasligini, aksincha zaif davlatlar qonini so’rish orqali orttirilgan iqtisodiy va siyosiy manfaatlarga oid «G’arb manfaatlari» degan «yumshoqqina» termin ekanligini ochiq ko’rsatib turibdi!

 6 – Musulmon diasporaga, kengroq doirada esa jamiyatga nasihat qilib aytamizki ular vasvasa va yolg’onlar bilan band bo’lishmasin. Yolg’on qancha ko’p takrorlanmasin u baribir yolg’ondir. Biz bularning barchasini oldin Iroq, Afg’oniston va boshqa joylarda ko’rdik. Shuning uchun bu yolg’onlarga rad javobi berib, haqiqatni ro’yi rost ko’rsatib berishimiz zarur. Haqiqat esa shundan iboratki, haqiqiy muammo va muammoning ildizlari G’arb zo’ravonligidir. G’arb zo’ravonligi har qanday shaxs yoki jamoat vahshiyligidan – aslida shaxs yoki jamoat vahshiyligi odamlarni rad javobi berishga majbur qilayotgan ta’qibga qarshi munosabat bildirishdir – ko’p baravar ortiqdir.

 7 – Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbott biz shu kunlarda guvohi bo’layotgan Islom va musulmonlarni xunuk ko’rsatishga oid ko’r-ko’rona kampaniyaga boshchilik qilmoqda. Masalan kuni kecha u Avstraliya tashqarisiga jang qilish uchun ketayotgan musulmonlarga hujum qilib, ularga tahdid qildi. Holbuki ayni vaqtda u Sisiyning ilmoniy diktator rejimini tabriklab olqishlamoqda. Biz avstraliyalik askarlarni Qo’shma Shtatlarning tashqi siyosati uchun tayyor «go’sht» qilib qurbon qilishga o’zining tayyor ekanini yana bir bor izhor qilayotgan bosh vazirga shuni eslatamizki, Avstraliya uchun islomiy olamga aralashishida hech qanday foyda yo’q. Biz unga Avstraliya oldin Iroqqa borgan paytda xato qilganini ham eslatmoqchimiz. Shuning uchun buni agar yana bir marta qiladigan bo’lsa uning hukumati va bunday qadamni qo’llab-quvvatlayotgan anavi kimsalarning o’zlarigina buning oqibatlaridan javobgar bo’lishadi.

 Telefon: +61 438 000 465

 Elektron pochta: media@hizb-australia.org

Adres: Haldon St, Lakemba 2195 NSW AUSTRALIA *** PO Box 384

 Punchbowl 2196 NSW AUSTRALIA

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.