AQSh Iroqqa yana askar yubordi

451
0

 hahahahaAQSh hukumati Bag’doddagi elchixonasi xavfsizligini kuchaytirish va u erdagi Amerika fuqarolarini himoya qilish uchun qo’shimcha 200 askarni Iroqqa yubordi.

 AQSh prezidenti Barak Obama shu mavzu ustida shug’ullanayotgan AQSh kongresidagi Vakillar Palatasining Raisi Jon Endryu Beyner bilan birga senatga maktub yo’lladi.

 Barak Obamaning kongres a’zolariga yozgan maktubida aytilishicha, AQSh qurolli quchlari safidan Iroqqa yo’l olgan askarlar Bag’doddagi AQSh elchixonasining xavfsizligini kuchaytirish va u erdagi Amerika fuqarolarini himoya qilish uchun, shuningdek, Bag’doddagi xalqaro aeroportning xavfsizligini ta’milash uchun yuborilgan.

 Prezident maktubida uchoqlar, kuzatuv moslamalari bilan ta’minlangan bu xos guruh zarurat tug’ulganda jang qilish uchun ham kerakli jihozlar bilan jihozlatrilganligini qayd etdi. Maktubda yozilishicha, xavfsizlik nuqtalarida askarlarga hech qanday ehtiyoj qolmaguncha Amerika askarlari Iroqda qoladi.

 AQSh mudofaa vazirligining so’zchisi Jon Kirbi ham o’zining yozma boyonotida yakshanba kuni Iroqqa etib borgan AQSh harbiylari elchilikning diplomatik missiyalari davom etishi uchun “terrorchi” guruhlarga qarshi kurashda Iroq qo’shini bilan hamkorlik qilishini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.