Xitoy Yevropaga ko’z tikmoqda

441
0

aaYevropa bozorida o’z ta’sirini kuchaytirish istagida bo’lgan Xitoy hukumati Gretsiya porti orqali Xitoy mahsulotlarini Yevropaga olib chiqish maqsadida ish olib bormoqda. Ayni maqsadda Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan Yevropaning kirish eshigi sifatida ko’riladigan Gretsiyaga safar qildi va bu borada Xitoy bilan Gretsiya o’rtasida yangi bitimlar imzolandi.

 Birinchi marta Gretsiyaga safar qilayotgan Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan Gretsiya bosh vaziri Antonis Samaras bilan uchrashdi. Uchrashuv ortidan tashkil qilingan matbuot anjumanida so’zlagan Samaras “Gretsiyaliklar mamlakatimizda xitoylik do’stimizni mehmon qilishdan baxtiyordir”, dedi.

 Uchrashuv paytida xalqaro bir qancha masalalarda muzokara olib borishga imkon topilganligini qayd etgan Samaras Gretsiya yangidan rivojlanib boshlaganligini ma’lum qildi.

“Men o’z nomimdan Gretsiyaning moliyaviy inqirozi deb nomlangan oxirgi yillarda Xitoyning bizga bergan dastagi uchun chuqur hurmatimni izhor etdim. Gretsiya ishonchini yangidan qozonish davriga etdi. Turg’unlik davrini ortda qoldirib bozorlarga qaytdi. Bugunga kelib Gretsiya dunyoda va Yevropada o’ziga loyiq o’rinni egallash sari intilmoqda”, deya so’zida davom etdi Gretsiya bosh vaziri.

 Samaras uchrashuvda ikki o’lka o’rtasida strotegik hamkorlik haqida ham kelishib olinganligini tilga olar ekan, Xitoy bosh vaziri Gretsiyaning geostrotegik jihatini yuqori baholaganligini qayd etdi.

Ikki vazir Gretsiyaning Pirey shahri portining temir yo’l tarmog’iga bog’lanish marosimiga ishtirok etishdi. Bu temir yo’li Yevropa bilan uzoq sharq orasida markaz vazifasini o’taydi. Pirey portiga etkazilgan Xitoy mollari Gretsiya temir yo’llari orqali Yevropaga etkaziladi.

Jurnalistlar tarafidan berilgan savollarga javob bergan Samaras “Do’stlik, hamkorlik, ikki tomonlama aloqa – bu Xitoyni Yevropaga olib chiqish va Xitoy uchun eshik vazifasini o’tashdir”, deya ta’kidladi.

Xitoy bosh vaziri Li esa imzolangan bitimlar haqida qisqacha gapirib, Xitoy davlati Gretsiyaga doimiy sarmoya yotqizishga tayyor ekanligini urg’uladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.