Keldibekov tarafdorlari yo’lni ochishdi

423
0

1403429106_getimage-11 19 iyun kuni Bosh vazir Jo’mart O’tarboev Alay tumanidan borgan Axmatbek Keldibekov tarafdorlari bilan uchrashgan va bu uchrashuvda Qirg’iziston respubdikasining kuch organlari vakillari ham qatnashgani xabar qilingan edi.

 Uchrashuv mobaynida namoyishchilar Bosh vazirdan Keldibekovga nisbatan qo’llangan ehtiyot chorasini o’zgartirishda ko’mak ko’rsatishini so’rashgan edi. O’z navbatida Bosh vazir mazkur masala amaldagi qonun doirasida ko’rib chiqilishini ma’lum qilgan edi.

 “Turmush” internet nashrining xabar qilishicha, 22 iyun kuni Bosh vazir o’rinbosari Abdurahmon Mamataliev va parlament deputati Ismoil Isaqov Keldibekov tarafdorlari bilan uchrashishganidan so’ng namoyishchilar O’sh-Ergashtom yo’lidan bo’z uylarni yig’ishtirishni boshlashgan.

 Mamatalievning so’zlariga ko’ra, yo’l to’sib qo’yilganidan oddiy fuqarolar ham, tadbirkorlar ham millionlab ziyon ko’rmoqdalar.

 Xabar qilinishicha, Abdurahmon Mamataliev va Ismoil Isoqovlarga Favqulotda vaziyatlar vaziri Qubatbek Bo’ronov, Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Kursan Asanov va O’sh shahri va viloyati bo’yicha IIV Bosh boshqarmasi boshlig’i Suyunbek Umurzoqovlar hamrohlik qilishgan. Mazkur uchrashuvdan so’ng norozilik namoyishi ishtirokchilari yo’ldan bo’z uylar, shag’al va toshlarni yig’ishtirishni boshlashgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.