Qirg’iziston Katta Namangan kanalini vaqtincha berkitishidan ogohlantirdi

424
0

images (2) Qirg’iziston hukumati Katta Namangan kanalidagi suvni vaqtincha berkitishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

 Dushanba kuni Qirg’iziston Bosh vaziri o’rinbosari Abdurahmon Mamataliev kanal boshidagi gidrotexnik inshoot ancha eskirgani va uni ta’mirlash uchun suv oqimi vaqtincha to’xtatilishi mumkinligini aytdi.

 Mazkur kanal o’tgan asrning 70 yillarida qurilgan va umumiy uzunligi 135 kilometrdir. Kanal Qirg’izistondagi Norin daryosidan boshlanadi va O’zbekistonda Sirdaryoga ulanadi. Qirg’iziziston hukumatining ta’kidicha, Katta Namangan kanalidan sekundiga 35 kub metr suv oqib o’tadi. Shundan 30 kub metri O’zbekistonga oqadi. Aslida kanalning suv sig’imi sekundiga 62 kub metrni tashkil qiladi.

 Namangan kanalidan Farg’ona vodiysining aholisi zich bo’lgan qurg’oqchil qismidagi 50 ming gektar maydon sug’oriladi. Bu kanal Farg’ona vodiysining O’zbekiston qismidagi qishloq xo’jaligi sektorini suv bilan ta’minlovchi asosiy manbadir.

 Turkiston:

 Gaz va suv ta’minoti muammosi ikki qardosh xalq o’rtasiga nifoq solish uchun mustamlakachi davlatlar tomonidan unumli foydalanib kelinmoqda. “Qirg’izgaz”ni Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga sotilib ketishi bahonasida O’zbekiston AQSh qo’llovi bilan Qirg’izstonga berayotgan gazni to’xtatib qo’ydi. Qirg’iziston hukumatining qilgan murojaatlariga hech qanday e’tibor bermay, ochiqchasiga ularni mensimaslik yo’liga o’tib oldi.

 O’z navbatida Qirg’iizston hukumati Rossiya qo’llovi bilan Qambar ota GESini barpo etishga kirishdi. Bu ishni Karimov o’ziga nisbatan bosim o’tkazish quroli sifatida qabul qildi va mazkur inshootni barpo bo’lishiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qilib kelmoqda.

 2012 yil sentyabr oyida Qozog’istonga safar qilgan Karimov, “Biz nimanidir qurishdan oldin, qaysi bir buyuk davlatlar bilan shartnoma tuzishdan oldin kelinglar, haqqoniy ekspertiza o’tkazaylik va xalqqa, odamlarimizga aniq tushuntirish beraylik, ular bilan ertaga nima bo’ladi, kim bu daryolarning quyisida yashaydi”, – degan Karimov Tojikistondagi Rog’un va Qirg’izistondagi Qambarota gidro-elektr inshootlari qurilishi mintaqada urushga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirib tahdid qilgan edi.

 Aslida azaldan bir Ummat bo’lib kelgan bu xalqlarning mustamlaka qilish orqali bo’lib tashlab, oralariga sun’iy chegara o’rnatish oqibatida bir – birlariga qarshi qilib qo’ygan bu mustamlakachilardan, xorlik va haqsizliklardan qutulishning va yana qaytadan bir Ummat bo’lib birlashishning, Ummat ishlarini adolat va g’amxo’rlik bilan boshqarishning va Ummat xavfsizligini ta’minlash kafolatining birdan bir yo’li Islomiy Xalifalik davlatini hayotga qaytarish bilan amalga oshadi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.