Tataristonda muslima ayollar qurultoy o’tkazishib, maktablarda olib borilayotgan hijobga qarshi cheklovni olib tashlashga chaqirishdi.
“Rossiya va Tatariston muslima ayollar ittifoqi” Rossiya ta’lim markazini Tatariston davlat o’quv yurtlarida o’qiyotgan muslima qizlarning rumol o’rab maktabga kelishlari uchun imkon berishga chaqirishdi.
Tataristondagi muslima ayollar tarafidan tashkil qilingan “Ayollar tinchlik va yaxshilik timsolidir” nomli qurultoyga Tatariston, Bashqirdiston va Mordoviyadan 324 delegat ishtirok etdi. Muslima o’quvchi qizlarga nisbatan qo’llanilayotgan maktabga rumol o’rab kelishni ta’qiqlovchi qonun qoidalar asosiy mavzu sifatida Qurultoy dasturidan o’rin oldi.
Rossiyadagi muslima ayollar ittifoqining rahbari Noila Ziganshina Tatariston ta’lim-tarbiya vazirligi tarafidan rumol o’rab maktabga kelish ta’qiqlanmagan bo’lishiga qaramay, o’quvchilarni rumollarini echishga majbur qilish hollari ko’payib borayotganligini bildirdi. Qurultoyda Noila Ziganshina Rossiya ta’lim vazirligidan bu mavzuda kerakli tekshiruvlarni olib borishni talab qildi.