Butunlay tug’maydigan qilib qo’yish bo’yicha o’tkaziladigan operatsiyalar haqidagi savolga javob

830
0

getImage2Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Haitham Alamourning butunlay tug’maydigan qilib qo’yish bo’yicha o’tkaziladigan operatsiyalar haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Fazilatli shayximiz, menda javob berish g’oyatda zarur bo’lgan bir tibbiy savol bor. Men vrachman, ayollar shifoxonasi va tug’ruqxonada ishlayman, u erda homilaning yoki ayolning hayotiga tahdid tug’ilsa kesarevo (qorinni yorib bolani olish) operatsiyalari qilinadi.

Ba’zi homilador ayollar homiladorlik davrida g’oyatda og’ir kechadigan ba’zi kasalliklardan aziyat chekishadi, bu hol ularni homilador bo’lmaslikka yoki eng kamida 3-4 yil homilador bo’lishdan saqlanishga majbur qiladi. Shuning uchun bu ayollar homilador bo’lishga yo’l qo’ymaydigan vositalardan foydalanishga majbur bo’lishadi. Lekin ba’zi ayollarga bu vositalar talab qilingan uzoqroq vaqt homilador bo’lmay turish borasida foyda bermaydi, natijada ular bir-biriga yaqin davrlarda homilador bo’lib qolaverishadi. Bu esa ular bir-biriga yaqin vaqtda ko’p kesarevo operatsiyalariga duchor bo’lganlari uchun ularning hayotiga tahdid tug’diradi. Ayollar orasida umurtqa pog’onasida kemirchak borlari bor, o’tkir tusda ko’p qon ketadiganlari bor. Natijada vrachlar ayol homilador bo’lmasligi uchun falop kanalini (trubani) butunlay berkitib tashlash yo’lini tutishga majbur bo’lishadi. Ayollar o’rtasida shifoxonaga kelib o’zining homilador bo’lishi mumkinmasligini, homilador bo’lishga yo’l qo’ymaydigan vositalarni ishlata olmasligini, shuning uchun falop kanalini butunlay berkitib tashlanishini istashini da’vo qilish hollari ko’payib ketdi. 32 yoshdagi va 36 yoshdan oshmagan ayollar bor. Bu ayollar mutaxassis vrachdan falop kanalini butunlay berkitib tashlash uchun o’zini kesarevo operatsiya qilishni so’rab qattiq turib olishadi. Savol shuki, ayol holatini uning homiladorlik bosqichlarida kuzatib boradigan va homiladorlik ayolda og’ir kechayotganini ko’rib, falop kanalini butunlay berkitib tashlash operatsiyasini qilish zarur degan qarorga keladigan ana shu vrach haqidagi shar’iy hukm nimadan iborat? Tekshirib o’tirmay faqat ayolning gapi bo’yicha – agar ayolning aytganlari aniq bo’lmasa – operatsiya qilgan vrach haqidagi hukm nima?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Homilador bo’lishga vaqtincha yo’l qo’ymaslik – azl qilish haqidagi ma’lum dalillarga binoan – joizdir…

Ammo homiladorlikka butunlay yo’l qo’ymaslik va butunlay tug’mas qilib qo’yish harom. Masalan homilador bo’lishga butunlay yo’l qo’ymaydigan, naslni uzib qo’yadigan dorilarni ishlatish, homilador bo’lishga butunlay yo’l qo’ymaydigan va naslni uzib qo’yadigan jarrohlik operatsiyalarini qilish haromdir. Bunday qilish aslo joiz emas. Chunki bunga bichib qo’yish hukmi to’g’ri kelib qoladi, shu hukm ostiga kirib, bichib qo’yish hukmini oladi. Chunki bunday doiralarni ishlatish – xuddi bichib qo’yish naslni uzib qo’yganidek – naslni uzib qo’yadi. Bichib qo’yishdan ochiq nahiy kelgan. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan shunday degani rivoyat qilingan: «Rosululloh A Usmon ibn Maz’unning o’zini bichib olishini rad etdilar, agar unga izn berganlarida biz ham albatta o’zimizni bichib olar edik». Muttafaqun alayh. Usmon ibn Maz’un Nabiy A huzuriga kelib: «yo Rosululloh, men bo’ydoqlik mashaqqatli bo’layotgan kishiman, menga o’zimni bichib olishimga izn bersangiz, dedi. Shunda Payg’ambarimiz: yo’q, lekin sen ro’zani o’zingga lozim tut, dedilar». Boshqa lafz bilan kelgan hadisda esa Usmon ibn Maz’un: «yo Rosululloh, menga o’zimni bichib olishimga izn berasizmi? – dedi. Payg’ambarimiz: Alloh bizga uning o’rniga hanif ulug’ ruhbonlik (rohiblik)ni qilib berdi, dedilar». Anasdan esa bunday deganligi rivoyat qilindi: «Nabiy A bizni uylanishga buyurar va tarki dunyochilikdan qattiq qaytarib: mehrli, serpusht uylaninglar, chunki men qiyomat kunida (boshqa) ummatlarga sizlarning ko’pligingiz bilan faxrlanaman, der edilar». Bu hadisni Ahmad chiqardi.

Qolaversa naslni butunlay uzib qo’yish Shore’ning nasl va tug’ishni uylanishdan bo’lgan asl murod qilib qo’yganiga ham zid keladi. Alloh Taolo odamlarga minnat qilib bunday dedi:

«Alloh sizlar uchun o’zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun bolalar, nabiralar paydo qildi» [Nahl 72]

Shuning uchun demak butunlay tug’mas qilib qo’yish operatsiyalari erkak va ayolga haromdir.

Ammo agar ayol homilador bo’lsa va ishonchli mohir vrachlar homilaning ona qornida qolishi ona hayotiga o’lim tahdidini soladi degan qarorga kelishgan bo’lsa bu holatda homilani tushirib yuborib, ona hayotini qutqazishga ruxsat etiladi. Chunki Islom hayotni qutqazishga da’vat qilgan…

Ammo ayolning o’zining kasal ekanligi, shuning uchun homiladorlik hayotiga tahdid tug’dirishidan qo’rqishi haqidagi gaplariga kelsak, u haqiqatdan yiroq bo’lgan gapdir. Chunki kasal holatida homilador bo’lgan va homiladorlikda davom etib to’la xilqatli sog’lom farzand tuqqan va Alloh sihat-salomatlik va ofiyat ne’matini ato etgan qanchadan-qancha ayollar bor… Shu bilan birga – hozirgina aytib o’tganimizdek – ayol homilador bo’lsayu lekin ishonchli, mohir vrachlar homiladorlikning davom etishi onaning hayotiga ham, homila hayotiga ham o’lim tahdidini tug’diradi degan qarorga kelishgan bo’lsa shu holatda homilani tushirish joiz bo’ladi.

Shunga ko’ra demak butunlay tug’mas qilib qo’yish harom. Shuning uchun ayolni homiladorlik chog’ida muolaja qilish matlub ishdir. Endi agar ishonchli, mohir vrachlar bu homila ayol hayotiga ham, homilaga ham o’lim tahdidini soladi degan qarorga kelishsa u holda homiladorlik chog’ida ayol hayotini saqlab qolish ham matlub ishdir. Bu holatda homilani tushirish joiz. Ammo ayolning talabiga binoan homiladorlikka butunlay yo’l qo’ymaslik uchun muolaja qilish haromdir.

Vrachlar bu ishga engil qaramasliklari, homiladorlik va kasallik tashxisini qo’yishda bor bilimlarini sarflashlari lozim… Chunki bu omonatdir, shuning uchun vrach bunga qattiq amal qilishi, oxiratini dunyoning bir o’tkinchi matosiga – bu mato qanchalik darajaga etgan bo’lmasin – sotib yubormasligi lozim.

«Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!» [Tavba 38]

So’zim yakunida men er-xotinlarga naslni ko’paytirishlarini va farzandlarini yaxshi tarbiyalashga qattiq e’tibor berishlarini tavsiya qilaman. Chunki Rosul A qiyomat kunida ularning ko’pligi bilan faxrlanadilar. Bayhaqiy sunan kubroda Abu Umoma Gdan shunday deganini chiqardi: Rosululloh A shunday dedilar:

 «تَزَوَّجُوا فَإِنِّي مُكَاثِرٌ بِكُمُ الْأُمَمَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ…»

«Uylaninglar, chunki men qiyomat kunida ummatlarga sizlarning ko’pligingiz bilan faxrlanaman…». Shunga o’xshash hadisni Hokim ham ikki sahih mustadrakda Ma’qil ibn Yasor I anhudan, Bazzor esa o’zining musnadida Anas Gdan chiqargan va boshqalar chiqargan.

Alloh Subhanahu solih erkaklar va soliha ayollarni do’st tutadi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

23 rajab 1435h

22 may 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.