Lahdar Brahimiy istefoga chiqdi

414
0

brBMT va Arab davlatlari ligasining Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy o’z vazifasidan istefoga chiqdi.

Bu haqida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va Lahdar Brahimiyning o’zi Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti idorasida o’tkazilgan matbuot yig’ilishida ma’lum qildi. Pan Gi Munga ko’ra, Lahdar Brahimiyning xizmat muddati 31 maygacha davom etadi. Ammo hanuzgacha Brahimiyning o’rniga keladigan biror kishining ismi aytilmadi.

“Bizga to’g’ri keladigan kishi kim ekanligi haqida o’ylanib ko’rishimiz uchun vaqt kerak bo’ladi”, dedi BMT bosh kotibi.

Turkiston:

1991-1993 yillarda Jazoir tashqi ishlar vazirligi mansabida ishlagan, undan so’ngra BMTning Gaiti, Afg’oniston, va Iroqdagi vakili sifatida turli yuqori mansablarda ishlagan Lahdar Brahimiy AQShning qo’g’irchog’idir. Brahimiy musulmonlar yurti ahlidan bo’lgani uchun ham musulmonlar orasiga kirib borish yo’llarini, ularning o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan ixtiloflarni bevosita biladi, bu esa unga amerikacha echim manfaatini ko’zlab musulmonlar o’rtasiga nizo solish imkonini beradi. Shuning uchun u juda ko’p o’lkalarda, masalan, Afg’oniston, Iroq, Afrika, Yevropa, ayniqsa Serebrinitsa va Bosniyada musulmonlarning qirg’in qilinishi uchun kofirlarga yo’l ochib bera oldi.

Brahimiyning Suriyadagi asosiy vazifasi Suriya ichkarisidagi qo’zg’olonni chalg’itish, odamlarning Islomga intilishini puchga chiqarish, Shariatning hokimiyatga kelishiga yo’l qo’ymaslik va yangi malay hokimni o’rnatishdan iborat edi. Ya’ni Lahdar Brahimiy Suriyada o’tish davri hukumatini tuzish bilan shug’ullanish uchun tayinlangan edi. Chunki bu hukumat ishlar jilovini o’z qo’lida ushlab qolish va Shom qo’zg’olonini bo’g’ib tashlab Xalifalik davlatining tiklanishiga yo’l qo’ymaslik uchun Amerikaga o’ta zarurdir.

Lahdar Brahimiyning barcha qilgan ishlarini ko’rib turgan Hizbut Tahrir unga shunday deya murojaat qilgan edi: Sen umringni G’arbga xizmat qilish va Islom bilan musulmonlarga qarshi kurashish yo’lida o’tkazding. Endi munkillagan keksalik yoshiga etgan paytingda yana nima qilmoqchisan?! Sen va senga o’xshagan kimsalar uchun Allohga tavba qilish vaqti kelmadimi, axir?! Sen ham musulmonsan­ku! Afg’oniston va Iroqda qilgan shuncha qilmishlaring senga etmaydimi?! Har bir xatti­harakating mazlumlarga qarshi urush olib borish, Iroq va Afg’onistonda Amerika bosqinchiligini mustahkamlash bo’ldi, shunday emasmi?! Yoki senga Afrika, Yevropa, ayniqsa Serebrinitsa va Bosniyada qilgan qora qilmishlaringni eslatib qo’yaylikmi?! Bosniya musulmonlari hozirgacha zulmdan azob chekmoqdalar! Yoki Amerikaning Livandagi nufuzini mustahkamlash uchun o’sha davrda tog’ut Hofiz Asad tomonida turib Livanda bajargan xalqaro vazifangni eslatib qo’yaylikmi?! Yaman, Sudan, Nigeriya va boshqa mamlakatlarda qilgan qora qilmishlaringni­ku aytmay qo’ya qolaylik! Bu mamlakatlardagi hozirgi og’ir ahvol sening shu yurtlardagi «maqtovga sazovor sa’y­harakatlaring»ga guvohdir!!

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.