“Donetsk xalq respublikasi” o’zini Rossiya tarkibiga qo’shib olishlarini so’rab murojaat qildi

392
0

 568E283F-D670-4EA1-99CC-656DD3D08B4B_w308_h173_cx0_cy3_cw0“Donetsk xalq respublikasi Xalq kengashining DXRni Rossiya tarkibiga qo’shilish to’g’risidagi qarorini ko’rib chiqishni so’rab, Rossiya Federatsiyasiga murojaat qildi”, – deyiladi bayonotda.

 “Donets xalq respublikasi xalqi xohish-irodasidan kelib chiqib va tarixiy adolatni qayta tiklash uchun Donetsk xalq respublikasining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo’shilishi to’g’risidagi iltimosimizni Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko’rib chiqilishini so’raymiz”, – deya kengash bayonotidan iqtibos keltirmoqda “RIA Novosti” axborot agentligi.

 11 may, yakshanba kuni Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida viloyatlarning maqomi yuzasidan referendumlar o’tkazildi. “DXR”dagi referendumda yagona savol qo’yilgandi: “Donetsk xalq respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi harakatni qo’llab-quvvatlaysizmi?”.

 “DXR” markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko’ra, referendumda ishtirok etganlarning 89,7 foizi “Ha” deb javob bergan, 10,19 foizi esa bunga qarshi chiqqan, byulletenlarning 0,74 foizi haqiqiy emas deb topilgan.

 Manba: CA-NEWS

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.