Zulfiyaga nisbatan sud ishi boshlandi

478
0

 as“Ozodlik” radiosi xabar qilishicha, shu yilning 31 mart kuni Qirg’iziston respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi tomonidan “diniy adovat qo’zg’agan”likda gumonlanib qo’lga olingan shahid birodarimiz Omonov Hamidullohning 20 yoshli qizi Zulfiya Omonovaga nisbatan sud jarayoni 13 may kuni boshlanadi.

 Ozodlik” radiosi bilan suhbatlashgan Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi matbuot kotibi Raxat Sulaymanovning aytishicha, “Zulfiya Omonova Qirg’iziston Jinoyat kodeksining 299 moddasi 1 bandi bilan “diniy adovat qo’zg’agan”likda ayblanmoqda.

 – Zulfiya Omonovaning uyi tintuv qilinganida Hizb ut-Tahrir tashkiloti varaqalari topilgan. Uni ikki oygacha, ya’ni tergov yakunlanguniga qadar hibsda saqlash bo’yicha O’sh shahar sudining qarori chiqqan. Hozirda mazkur holat bo’yicha tergov ketmoqda. Qirg’izistonda Hizb ut Tahrir tashkiloti ekstermistik deb hisoblanadi va bu tashkilot faoliyati taqiqlangan, – dedi Raxat Sulaymanov.

 Allohning izni bilan shahid bo’lgan otasining qo’lga olinishi, tuhmat bilan nohaqdan qamalishi va vaxshiylarcha qatl qilinishiga qarshilik bildirib, otasining O’zbekiston kuch organlariga arzimagan haq evaziga sotgan O’sh viloyati bo’yicha terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi 9-bo’limining 1999 yildagi boshlig’i xoin Murtazoev Jaxongir va O’zbekiston respublikasi Xo’jaobod tumani Milliy xavfsizlik xizmatining o’sha paytdagi boshlig’i Qurbonov Tojimamatlar ustidan adolatli hukm chiqarilishini talab qilgan hamda O’zbekiston rejimi kirdikorlarni jur’at bilan ochib tashlagan jasoratli singlimiz Zulfiyaga nisbatan Qirg’iziston kuch organlari O’zbekiston hukumati talabi bilan tuhmat qilib, uydirma ayblovlar bilan qo’lga olishgan edi.

 Bu muslima singlimizni qo’lga olinishi va asossiz ayblanishiga qarshi butun dunyo musulmonlari bir tanu, bir jon bo’lib norozilik kampaniyasini boshlab yuborishdi. Muslima singlimiz himoyasi uchun boshlangan olamiy kampaniya Qirg’iziston hukumatining tinchini o’g’irlab qo’ydi va hatto kuch organlari qamoqda o’tirgan singlimiz Zulfiyaga, ijtimoiy tarmoqlarda borayotgan norozilik va hamdardlik aktsiyalarini to’xtatishini talab qilishgan hamda bir necha bor tahdid qilib, qo’rqitishga harakat qilishgan.

 Advokat Sog’inaliev T. o’z himoyasidagi Zulfiya Omonovaning harakatlarida jinoiy ta’qib uchun asos bo’ladigan sabab yo’qligini va jinoyat ishi to’xtatilishini iltimos qilib, Milliy xafsizlik qo’mitasiga ariza kiritgan. Biroq, Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasidan rad javobi kelgan.

 Qirg’iziston respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasining O’sh shahri va O’sh viloyati bo’yicha tergov bo’limining tergovchisi, yustitsiya leytenanti Shadibekov Artur yo’llagan rad javobida, Zulfiya Omonovaning “millatlararo, irqiy, diniy yoki hududlararo nizo qo’zish” bo’yicha jinoyatlarni sodir etgani isbotlangani aytiladi.

 Shadibekov Artur o’z boshliq va rahbarlarini rozi qilaman, deb musulmonlar nafratiga duchor bo’ldi. Shuning uchun biz Arturni vaqt o’tmay turib tavba qilishga va o’zi sodir etgan xatoni tuzatish uchun harakat qilishga chaqiramiz.

 Endi esa muslima singlimiz Omonova Zulfiyaning ishi sudga jo’natilmoqda. Biz sud ishini olib boradigan sudyaga va bu sudda ishtirok etadigan prokurorga, sizlar ham Shadibekov Arturga o’xshab mahluqni rozi qilaman, deb Xoliqqa osiy bo’lmaslikni eslatib o’tamiz!

 Bandani roziligi, bu dunyodagi o’tkinchi amal va kursiga ega bo’laman, deb Allohning abadiy azobiga duchor bo’lishdan saqlaning!

 Omonova Zulfiyaga nisbatan adolatli hukm chiqarib, uni sud zalidan oqlab chiqarib, Allohning roziligi va musulmonlar rahmatiga sazavor bo’ling.

 Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda, “Kimki odamlarni rozi qilaman deb, Allohning g’azabi keladigan ishni qilsa, Alloh uni odamlarga topshiradi. Kimki Allohni rozi qilaman deb, kishilar g’azabi keladigan ishni qilsa, unga kishilardan keladigan zararga Alloh kifoya qiladi”, deganlar.

 Abdurahmon Odilov

 11 may 2014 yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.