Rosululloh s.a.v.dan haqiqiy ma’noda namuna olish

398
0

Без имени-1 Turkiyaning barcha shaharlarida Rosululloh s.a.v.ning mavlud kunlari keng nishonlandi. Hatto davlat mas’ullari ham bu tantanalarga shaxsan qatnashib yoki televideniyalar orqali o’z mulohazalarini bildirib, Rosululloh s.a.v.ga nisbatan muhabbatlarini izhor qilishdi.

 Ayni paytda Turkiyadagi Hizbut Tahrir yigitlari ham “Biz qanday Payg’ambar s.a.v.ga iymon keltirdik”, “Rosululloh s.a.v.ni to’g’ri tanish”, “Rosululloh s.a.v.ni sevish U olib kelgan shariatga ergashish bilan bo’ladi” nomli bir necha konferentsiyalar o’tkazishdi.

 Konferentsiyada Rosullulloh s.a.v.ga iymon keltirish va U zotni sevish qanday bo’lishi borasida nozik nuqtalarga e’tibor qaratilar ekan, Rosululloh s.a.v.ning nomi zikr qilinganda U zotga salovat aytadigan musulmonlarga shunday savollar bilan murojaat qilindi:

 Biz Rosululloh s.a.v.ni bir yilda faqat bir marta yodga olishimiz etarlimi yoki U Zotni yaxshi tanib, umr bo’yi ergashishga ehtiyojimiz bormi? Payg’ambarimiz s.a.v.ga bo’lgan sevgimiz nasroniylarning Iso alayhissalomga bo’lgan sevgisi kabi bo’lib qolishiga rozi bo’lamizmi? Rosululloh s.a.v.ga bo’lgan sevgimiz bizning gardanimizga nimalarni yuklaydi?

 Shuningdek, Hizbut Tahrir mamlakat bo’ylab nishonlanayotgan Rosululloh s.a.v.ning mavlud kunlarida U zot o’rnak olinadigan bir oila rahbari bo’lganligi, qo’shnilari bilan yaxshi munosabatda bo’lganligi va go’zal xulq sohibi bo’lganligi takror-takror tilga olinganiga e’tiborni tortar ekan, “Allohga qasamki, bunga shubhamiz yo’q, ammo nega U Zot Islom davlatining rahbari bo’lganligi va bu davlatni tiklashda ne-ne mashaqqatlar tortganligi haqida so’z yuritilmayapti?”, degan savolni o’rtaga tashladi.

 Darhaqiqat Rosululloh s.a.v.ni sevish bir yilda bir marta mavlud kunida baland parvoz shiorlarni aytib qichqirish bilan yoki U Zotni eslab ko’z yosh to’kish bilan emas, balki U Zot olib kelgan shariatni hayotga tatbiq qilish bilan amalga oshadi.

 Ibn Kasir Oli Imron surasining

 قُلْ إِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللَّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ

Ayting (ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunoxlaringizni mag’firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag’firat qilguvchi, mehribondir». oyatining tafsirida “kimki, Allohni sevishlikni da’vo qilib, ammo Rosululloh s.a.v.ning yo’lidan yurmasa va har bir so’zini, amalini Rosululloh s.a.v. olib kelgan dinga muvofiq amalga oshirmasa, demak u o’z da’vosida yolg’onchidir”, deydi.

 Agar butun musulmonlar Rosululloh s.a.v.dan haqiqiy ma’noda namuna olganda edi, Suriyada kofir Asad kuniga yuzlagan musulmonlarni qatl etishga, Birmada butparast kofirlar musulmonlarni tiriklayin yoqishga, Markaziy Afrikada nasroniy guruhlar musulmonlarni o’ldirib go’shtini eyishga, Falastinda yahudiylar Masjidul Aqsoni ayoq osti qilishga, Sharqiy turkistonda kommunist Xitoy hukumati uyg’ur musulmonlarini qon qaqshatishga, Hindistonda sigirning qullari musulmonlarni qatliom qilishga, Misrda AQSh va G’arbga tobe hukumat bir vaqtning o’zida yuzlagan musulmonni bemalol o’limga hukm qilishga, qo’g’irchoq qirg’iz hukumati otasining to o’lgunga qadar qamoqda saqlanishiga o’z noroziligini bildirgan bir muslima qizni terrorist deya qamoqqa tashlashga jur’at qila olarmidi?!

 Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.