“Qanday Payg’ambarga iymon keltirdik”

357
0

0

Turkiyaning turli shaharlarida Rosululloh s.a.v.ning mavlud kunlari keng nishonlanar ekan, Hizbut Tahrirga mansub ayollar tarafidan uyushtirilgan “Qanday payg’ambarga iymon keltirdik” nomli anjuman ham muvaffaqiyatli bo’lib o’tdi.

Qur’oni Karim tilovati bilan boshlangan anjuman Robiya Uyg’unning nutqi bilan davom etdi.

Ahzob surasining “لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ” “sizlar uchun Allohning payg’ambarida go’zal o’rnak-namuna bordir”, degan oyati bilan so’z boshlagan Robiya bu oyatdan nima qasd qilinganligi va undan nimani tushinish lozimligi haqida so’z yuritdi. Robiya Uyg’un Rosululloh s.a.v.ning ota, etakchi, davlat rahbari va siyosatchi sifatida bizga qanday o’rnaklar qoldirganliklari haqida so’z yuritar ekan, bularning musulmonlar hayotiga qanday ta’sir etishi lozimligiga diqqatni tortdi. Shuningdek, u er yuzida Muhammad s.a.v. Ummati ikki milliardga yaqinlashib qolganligi, biroq shunday bo’lsada, musulmonlarning boshidan zulmlar arimayotganiga e’tibor qaratdi.

“Yer yuzida ikki milliardga yaqin musulmon Rosullulloh s.a.v.ni tan oladi. Bunday ulkan sondagi Musulmonlar Rosululloh s.a.v.ni yodga olayotgan bir paytda yahud vujudi va mustamlakachi kofirlar hamda ularning malaylari bo’lgan qo’g’irchoq hokimlar esa butun Islom diyorini qonga belashda davom etmoqda. Iroqda, Afg’onistonda, Chechenistonda, O’zbekistonda, Pokistonda Kashmirda, Darfurda, Sharqiy Turkistonda, Somalida, Yamanda, Falastinda, Arakanda, Suriyada, Misrda va yana boshqa bir qancha Islom o’lkalarida qon to’kishlar, erkaklarni zindonlarda qiynoqqa solish, muslima ayollar va qizlarni nomusiga tajovuz qilish, yosh bolalarni ayovsiz o’ldirish tinimsiz davom etmoqda. Bir o’ylab ko’ring, musulmonlarning soni ikki milliardga yaqinlashib qolgan bo’lsa-da mana shunday og’ir ahvolga tushib qolganligi siz uchun ajablanarli tuyulmayaptimi? Agar musulmonlar Rosululloh s.a.v.dan haqiqiy o’rnak olganda edi mustamlakachi kofirlar musulmonlarni bunchalik bemalol horlay olarmidi?!”, “Rosululloh s.a.v.dan haqiqiy ma’noda o’rnak olish ummatning bu qorong’u zulmatdan qutqaradigan yagona echimga olib boradi. Bu echim musulmonlarning kuch-quvvati, azizligi, buyukligi, boshqa ummat uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatligiga qaytaradigan Rosululloh s.a.v.ning minhoji asosidagi Xalifalik davlatini tiklashdir”, dedi Robiya Uyg’un Rosululloh s.a.v.dan haqiqiy ma’noda o’rnak olishga targ’ib qilib.

Anjuman yana bir Qur’on tilovati va Pokiza Oydinning jo’shqin duosi bilan nihoyasiga etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.