Shveytsariya banklarida Putinning 40 milliard dollar boyligi saqlanmoqda

491
0

0

Buyuk Britaniyaning “The Times” gazetasi o’z manbalariga tayangan holda xabar qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shveytsariya banklaridagi hisobida 40 milliard dollarga yaqin mablag’ga ega.

Nashriyotning xabariga ko’ra, Amerikaning rasmiylari shaxsan Vladimir Putinga tegishli bo’lgan aktivlarni muzlatish imkoniyatlarini ko’rib chiqishmoqda. “The Times”ning yozishicha, payshanba kuni Jenevada bo’lib o’tgan muzokaralarda, agar Ukraina inqirozini xal etish masalasi boshi berk ko’chaga kirib qolgudek bo’lsa, mazkur chorani qo’llash Rossiya hukumatining yuqori martabali amaldorlariga qarshi qo’llaniladigan sanktsiyalar ichidagi eng salmog’ligi bo’lishi mumkin.

Gazetaning ta’kidlashicha, mazkur mablag’larni Rossiya prezidentiga tegishli ekanligini isbotlash juda qiyin bo’ladi, ammo Amerika moliya vazirligida tekshiruv o’tkazishlik uchun maxsus vakolat bor.

Xabar qilinishicha, G’arb josuslik xizmatlari, Vladimir Putinning Rossiya energetika kompaniyalaridagi yirik aktsiya paketlariga ega bo’lish orqali ortirgan shaxsiy boyligi Shveytsariya banklaridagi hisobda saqlanyapti deb gumon qilishmoqda. Aynan qaysi banklarda saqlanayotgani ma’lum qilinmagan. Biroq, “The Times” gazetasi manbalarining belgilashicha, Putinning xorijiy banklarda saqlanayotgan boyligi o’z nomiga rasmiylashtirilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.