Va nihoyat Shimoliy Koreya Vashington bilan muzokara olib borishga tayyor

378
0

Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaga qarata jiddiy do’q po’pisa qilgandan so’ng, nihoyat Vashington davlati bilan muzokara o’tkazishini e’lon qildi. Ammo o’ziga nisbatan AQSh dushmanona siyosatlarini o’zgartirishi sharti bilan.

“Irna” axborot agentligining tarqatgan xabariga ko’ra, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi notiqlaridan biri “Pxenyan muzokaraga qarshi emas, ammo Shimoliy Koreyani tahqir etadigan muzokara stoliga o’tirmaydi” deb aytdi.

Bu notiqning “g’araz va dushmanona kayfiyatga ega mamalakat bilan Pxenyan muzokara o’tkazmaydi” degan bayonoti Shimoliy Koreyaning rasmiy axborot agentligi tomonidan efirga uzatildi.

Unga ko’ra, Amerika muzokara orqali Shimoliy Koreyani qurolsizlantirishga majburlashni nazarga tutgan, ammo qurolsizlantirishda o’zgarishlar yuzaga kelishi lozim bo’lsa, Vashington ham barchadan avval dushmanona siyosatlarini chetga quyib Pxenyan haq-huquqlarini hurmat qilishi lozim.

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi nomidan gapiruvchi shaxs Vashingtonni mintaqada harbiy manyovrlar o’tkazishi bilan Shimoliy Koreyani nishonga olganlikda aybladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.