Putin Obamaga qo’ng’iroq qildi

370
0

1a35ebd84Kremlning rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko’ra, Rossiya va AQSh prezidentlari Putin va Obama o’rtasida telefon orqali so’zlashuv bo’lib o’tgan.

Oq uy matbuot xizmati tarqatgan xabarda, Putinning tashabbusi bo’yicha bo’lib o’tgan (Kreml xabarida kim suhbat tashabbuschisi bo’lgani xabar qilinmagan) so’zlashuvda Rossiya prezidenti Ukrainadagi vaziyatni xal etishni diplomatik masalalariga to’xtalib o’tgan va vaziyatni izga solish bo’yicha xalqaro hamjamiyatning keyingi qadamlarini ko’rib chiqishni taklif qilgan.

Jumladan, Putin Obamaga Ukraina inqirozini xal etishda AQSh davlat kotibi Jon Kerri RF Tashqi ishlir vaziri Sergey Lavrovga taqdim etgan choralarni muxokama qilishni taklif qilgan. Oq uyning xabariga ko’ra, Obama Putinga Kerrining taklifiga javobni yozma ravishda taqdim etishni taklif etgan, shuningdek tomonlar bundan keyingi tashlanadigan qadamlarni muxokama qilish uchun Kerri va Lavrov yaqin kunlarda uchrashishiga kelishib olishgan. Obama kelishmovchiliklarni diplomatik yo’llar bilan xal etish tarafdori ekanligini urg’ulab, Rossiyani keyingi provokatsiyalardan tiyilishga hamda Ukraina chegaralaridagi qo’shinni olib ketishga chaqirgan.

Shuningdek suhbat davomida, Putin Obama e’tiborini “Pridnestrovyani tashqi blokada”siga qaratgan va Rossiya Pridnestrovya muammolarini adolatli xal etilishi tarafdori ekanligini belgilab o’tgan.

Rasmiy manbalarning xabariga ko’ra, Ukrainadagi vaziyat va Rossiyaning Qrimga nisbatan amalga oshirgan ishlari sababli Obama tomonidan rossiyalik amaldor va tadbirkorlarga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalardan so’ng Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali birinchi marataba suhbatlashishdi.

Turkiston:

Rossiya tomonidan Qrimni anneksiya qilinishi ortidan bu borada turli xil tahminlar ilgari surila boshladi. Biroq, Hizb ut-Tahrir ham mazkur xodislarni kuzatib, bu kurashda asosiy rolni bojarayotgan davlatlarning hozirgi holatini o’rganish natijasida mazkur xodislarga nisbatan o’zining fikrini bayon qildi. Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan buyon sodir bo’layotgan xodisalar bu tahlil qanchalik to’g’riligini ko’rsatib turipti.

Bu tahlilda jumladan shunday deyilgan edi: Hozirgi xalqaro va regional shart-sharoitlar Ukrainani o’z tomoniga og’dirishdan manfaatdor uch tarafdan hech qaysisiga Ukrainani to’liq o’z tomoniga tortib olishiga imkon bermasligini, bu uch taraf o’rtasida kutiladigan echim o’rtacha (murosasoz) echim bo’lishini aytgan edik. Shuning uchun demak Rossiyaning Ukrainani to’liq o’z tomoniga tortib olishi hozirgi vaqtda yoki loaqal yaqin kelajakda ehtimoldan uzoq ishdir. Rossiya Qrim Yarim Orolida barqaror o’rnasha olsa bu G’arbning, ayniqsa Amerikaning Ukrainaning qolgan qismida barqaror o’rnashishini anglatadi.

Ammo bu uch tarafdan qaysidir birining Ukrainani to’liq o’z tomoniga tortib olishi hozir aytib o’tganimizdek hozirgi vaqtda yoki loaqal yaqin kelajakda ehtimoldan uzoq ishdir…

Bularning barchasi o’rtacha echim turini ko’rsatib turgan belgilardir… Shunga qaramay oldingi javoblarimizda aytib o’tganimizdek Ukraina xalqaro yoki regional sharoitlar Rossiya yoki G’arb foydasiga o’zgargan vaqtda portlashga tayyor bir “bomba” bo’lib qolaveradi. O’shanda har bir taraf butun Ukrainaga ko’z olaytirib, unga to’la ega bo’lib olishga urinadi. Bu o’sha paytdagi xalqaro sharoitlarga qarab bo’ladi… Chunki Ukraina Rossiyaning biqini va ayni vaqtda Yevropa darvozasidir…

Shuning uchun xalqaro va regional sharoitlar o’zgargunga qadar o’rtacha echim kuchda qolaveradi va u qaysidir darajada «vaqtinchalik tinchlikka», barqarorlikka olib kelishi mumkin… Ammo doimiy barqarorlik – ayniqsa Qrim Yarim Orolida – u faqat o’n sakkizinchi asrning oxirlari va o’n to’qqizinchi asrning boshlarida Rossiya uni bosib olishidan oldingi holatiga va barqarorligiga qaytsagina bo’ladi, ya’ni u insha Alloh kirib kelayotgan Xalifalik davlatining yana ajralmas qismi bo’lishiga qaytsagina o’shanda doimiy barqarorlik bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.