Qozog’iston va Qirg’iziston prezidentlari bugun 26 mart kuni Almatida bo’lib o’tadigan uchrashuvlari davomida Ukrainadagi vaziyatni muxokama qilishlari mumkin. Bu haqida “CA-News” muxbiriga Qozog’iston prezidenti matbuot xizmatining Almati bo’limi boshlig’i Valeriy Jondaulatov xabar berdi.
Bo’lim boshlig’ining aytishicha, uchrashuv davomida mamlakat rahbarlari shuningdek ikkitomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini, MDH davlatlari va Ukrainadagi vaziyatni muxokama qilishlari mumkin.
Turkiston:
Qozog’iston prezidenti Gaaga shahrida bo’lib o’tgan yadroviy xavfsizlik sammitida ishtirok etgan va aynan shu shaharda G-7 (katta ettilik) davlatlarini rejadan tashqari sammiti ham bo’lib o’tdi va bu sammitda Qrimni anekssiya qilinishi bilan bog’lik Rossiyaga nisbatan qo’llaniladigan sanktsiyalar masalalari ham muxokama qilindi. Mazkur sammit davomida Nursulton Nazarboev 25 mart kuni AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvi ham bo’lib o’tgan edi.
Nazarboev bu sammitdan qaytib kelgani hamon Qirg’iziston prezidenti Atambaevni ko’rgisi kelib qoldi. Chunki hozircha Qozog’iston va Qirg’iziston Qrimda bo’lib o’tgan referendum natijalarini tan olgan dunyodagi yagona davlatlardan bo’lib turibdi.
Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Nazarboevni Obama bilan Gaagada bo’lib o’tgan uchrashuvida Qozog’iston va Qirg’izistonni referendum natijalarini ijobiy baholashi masalasi muxokama qilingan. Ikki o’t orasida qolgan Nazarboev va Atamboevlar esa nima qilishni kelishib olish va bundan buyon qanday harakat qilish zarurligini kelishib olish uchun Almatida uchrashishga majbur bo’lishdi.
Chunki, Rossiya hukumatini har qanday xalqaro huquqiy me’yorlarni mensimay Qrimni anneksiya qilib olishi Rossiya o’zining ekinzori sifatida ko’radigan “mustaqil” respublikalar rahbarlarini “paytavasiga qurt tushirib” qo’ydi.
Bu ishdan ayniqsa o’zining Rossiya bilan tutash shimoliy mintaqalarida istiqomat qiladigan aholining aksar qismini rusiyzabonlar tashkil etadigan Qozog’iston prezidenti Nazarbaev juda shoshib qoldi. Shu sababli u Putinni g’ashiga tegmaslik uchun Qrimda bo’lib o’tgan referendum natijalarini Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo’lib tan oldi.
O’z tabiatiga munosib ayiqcha siyosat yuritadigan Rossiya uchun “rus tilida so’zlashuvchi o’z fuqarolarini himoya” qilish bahonasi yaxshigina dastak bo’lib qoldi. Agar Rossiya Ukraina masalasidan qo’li bo’shab, AQSh va YeI bilan kelishuvga erishsa uning uchun navbatdagi nishon Markaziy Osiyo respublikalari bo’ladi. O’zinig bu ishini amalga oshirishi uchun eng maqbul yo’l butun sobiq Sho’rolar mamlakati bo’ylab sochilib ketgan “buyuk rus xalqini” himoya qilish bo’lib hisodlanadi.