Rossiya “Katta sakkizlik”dan haydaldi

649
0

32nd_G8_Summit-3Rossiya prezident Vladimir Putin Qrim Respublikasini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo’shib olish to’g’risidagi shartnomani imzolash to’g’risida farmoyish berdi.

Rossiya prezidenti 16 mart kuni o’tkazilgan referendumga asosan Qrimning mustaqilligini tan olish to’g’risidagi farmonga imzo chekkan edi. Rossiya prezidentining bu qaroriga javoban “Katta sakkizlik” davlatlari safidan haydaldi.

Rossiyaning G8 – “Katta sakkizlik”dagi a’zoligi to’xtatildi. Bu haqda Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Europe 1 radiostantsiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rossiyaning “Katta sakkizlik”dan haydalashiga Ukraina borasida tutgan pozitsiyasi sabab bo’ldi. Endilikda “Katta ettilik”ka aylangan xalqaro klub a’zolari bugun kechqurun yig’ilish o’tkazadi.

Joriy yilning 4-5 iyun kunlari Sochi shahrida “Katta sakkizlik” davlatlari – AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Yaponiya va Rossiya ishtirokida sammit o’tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Ukrainadagi inqiroz borasida Rossiya tutgan yo’l sabab G8 sammitiga tayyorgarlik to’xtatib qo’yilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.