Erdogan O’zbekistonga safar qiladi

521
0

images (8)Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdogan O’zbekistonga safar qilish niyatida. Bu haqida Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi Namuk Guner Erpul poytaxt Toshkentda tashkil qilingan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Turkiya davlat elchisiga ko’ra, u Rajab Toyyib Erdogan bilan ko’rishganda bosh vazir unga Toshkentga safar qilmoqchi ekanligini bildirgan.

“Bosh vazir bilan uchrashuv bo’lganda, u tez kunlar ichida O’zbekistonga safar qilish niyatida ekanligini aytib o’tdi”, dedi elchi.

Turkiya elchisi bosh vazir Rajab Toyyib Erdoganning o’tgan oy Rossiyaning Sochi shahrida O’zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan ko’rishganligini eslatib o’tdi.

Shuningdek, Elchi matbuot anjumanida taraflar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlatirish lozimligi haqida gapirdi.

2013 yilda ikki davlat orasida amalga oshgan tijorat hajmi avvalgi yilga qaraganda 8%ga oshib, 1 milliard 250 million dollarga etganligini tilga olgan elchi O’zbekistonda 450ta turk firmasi faoliyat yuritayotganligini ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.