Muxolifat birlashdi va o’ziga etakchi sayladi

413
0

загруженное (6)

12-fevral kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkekda turli siyosiy xarakalar etakchilarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilishda muxolifatdagi xarakatlarning barchasi bir joyga birlashtirilib, bu ”Birlashgan muxolifat xarakati”ga Qirg’iziston parlamenti deputati Ravshan Jiyanbekov etakchi etib ta’yinlandi.

Ravshan Jiyanbekovga ko’ra, Birlashgan muxolifat safiga O’sh shahrining sobiq hokimi Melis Mirzakmatov va uning “Uluttar Birimdigi” (Millatlar Hamdo’stligi) partiyasi, Omurbek Suvanaliev, Kamchibek Tashiev, Azimbek Beknazarov va Artur Madedbekov boshchiligidagi “Qirg’iziston Xalq demokratik partiyasi” va boshqalar qo’shilishgan.

Ravshan Jiyanbekovning bildirishicha, bu birlashuvning asosiy uch maqsadi bor; “Birinchisi-amaldagi Konstitutsiyani qayta jonlantirish. Aslida, bu Konstitutsiya yomon emas. Biroq, prezident unga umuman amal qilmadi. Xozir bizda bosh qonunda ko’rsatilganidek, Parlamentlik Respublika yo’q. Hokimiyatning hamma sohasini prezidentning o’zi egallab olgan. Bosh vazir ham, sud ham, boshqasi ham uning o’zi. Ikkinchi maqsadimiz parlamentlik tizimini mustaxkamlash, uchichisi-hokimiyatni o’zlashtirib olishga qarshi kurashdan iboratdir. 4 yil ichida prezident xech qanday ish qilgani yo’q. Uning va’dalari va bizlarning umidlarimiz bahorgi qordek erib ketmoqda. Hukumat jinoyatchilar bilan opoq chapoq bo’lmoqda. Bu Saruuda va Oshda Melis Mirzakmatovni hokimlik lavozimidan qulatishga urinish bo’lgan paytda ko’rinib qoldi. Biz bu yangi xarakatni tashkil etish bilan davlat rejimiga qarshi turamiz va mamlakatni rivoji uchun o’zimizning rejalarimizni ma’lum qilamiz”.

Birlashgan muxolifat xozircha tashkiliy ishlar bilan shug’ullanib, yaqin kunlarda amalga oshiriladigan rejalar ustida ish olib bormoqda.

Turkiston:

Ha Jiyanbekovning gaplari xaqiqat. Lekin uning fikriy etakchiligida, rial voqe’likka mantiqiy qarash ko’rinmaydi. Bu muxolif guruh ham, amaldagi hokimiyat bilan bir siyosiy doiradan. Ular Qirg’iziston muammolarining asosi, ichki boshqaruv sistemasidagi nosog’lomlikdan degan fikriy yo’nalishni ilgari surishadi. Tashqi faktorlarga esa, xalqaro siyosatdagi katta davlatlar o’rtalarida qay biri bilan ittifoq bizlarga xavfsiz va manfaatliroq degan fikrdan nariga o’ta olishmaydi. Ular dunyo sistemasi tomonidan o’z davlatlariga nisbatan ochiq olib borilayotgan zulm va mustamlakachiliklarga qarshi kurashish o’rniga, bir birlariga qarshi o’sha mustamlakachilikni qurol qilib foydalanishadi. Misol uchun Atambaev Bakievni quvib solishda Rossiyadan foydalandi, lekin shuning oqibatidan xozir butun Qirg’iz davlati Rossiya manfaati uchun “bojxona ittifoqiga” majburlanmoqda. Qirg’izGaz Rossiyaga berildi. Elektr energetikasi navbatda turibdi. Qumtor masalasi Qirg’izistonga juda katta ziyon keltiradigan qilib imzolandi va tasdiqlandi.

Akaevdan shu kungacha qancha xokimiyat almashgan bo’lsa, xalq va davlat uchun xalokatli darajada ortga ketish kuzatilmoqda. Bu esa, Qirg’izistonni Xalqaro siyosatdagi vaznining bira to’la yo’qotib yuborishi mumkin, agar ozgina bo’lsa ham qolgan deb gumon qilsak albatta.

Bu siyosiy doira vakillarini, siyosiy dunyoqarashda ozroq yuqoriga ko’tarilib, o’zlarining shaxsiy manfaatlaridan umum xalq manfaatlarini ustun qo’yishga chaqirar edik. Shunda ular, Atambaevni dunyo zo’ravonlari oldida zaifligidan, ularning ko’rsatishayotgan bosimlariga chidamay ichi achishgan xolatda, Qirg’izistonni asta sekin bo’lib berayotganini balki tushunisharmidi! Atambaevga bosim esa, muxolifot tomonidan uyushtiriladi albatta, buni Atambaev o’z xayotiy tajribasidan juda yaxshi biladi. Bu hokimiyat almashtirish zanjirini to’xtatib, butun siyosiy elita birlashib, dunyo boshqaruv sistemasidagi nosog’lom va adolatsizliklarni fosh qilib, shu zulmlar ostida bizlarni va biz kabi zaif davlatlarni qarzlarga botirib, hom ashyolarimizni qoqi baxasiga sotib olib chiqib ketayotganlari uchun bu sistemani noqonuniy deb tan olishlarini e’lon qilishlari lozim. Butun qarz va boshqa ta’ziqlarini bekor deb e’lon qilib, qolgan qo’shni davlatlarni ham shu aktsiyaga tortishlari kerak. Aks xolda hokimyatga Ali ketib Vali kelaveradi. Hech narsa ijobiy tomonga o’zgarmaydi.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.