AQSh Isroilni dastaklashda davom etadi

386
0

images (2)

Amerikaning Isroildagi elchisi Dan Shapiro Amerika Qo’shma Shtatlari yahud rejimini turli jihatlarda, xususan, harbiy va xavfsizlik jihatidan doimo dastak berish siyosatiga bog’liq ekanligini yana bir bor takrorladi.

Isroil axborot agenligi tarqatgan xabarlarda aytilishicha, Amerika elchisi Shapiro o’z bayonotida AQSh idorasi Isroilni har taraflama dastaklash siyosatini davom ettirishini va Isroil o’zini mudofaa qilishga haqli ekanligiga ishonishligini bildirgan.

AQSh elchisi so’zida davom etar ekan, ba’zi doiralarning AQSh tashqi ishlar vaziri Jon Kerrini antisemitizm va yahud rejimini xalqaro arenada baykot qilinishida ulushi borlikda ayblashlari qabul qilib bo’lmaydigan hol ekanligini ta’kidladi.

Shapironing fikriga ko’ra, bu hil bayonotlardan faqat Kerrining shaxsi va pozitsiyasini qoralash ko’zda tutilgan.

Isroil va Falastin o’rtasida davom etayogan muzokaralar haqida gapirgan elchi mintaqa rahbarlari o’zaro ittifoq tuzish uchun jiddiy va mushkul qarorlar qabul qilishlari kerakligini tilga oldi. Elchiga ko’ra, ikki taraf ham bu borada bosh qotirmoqda va AQSh idorasi bundan qanoat hosil qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.