Rossiya Qirg’izistonga qurol etkazib berishni boshladi

363
0

images

“RIA novosti” nashri Rossiya Federatsiyasining mudofaa vaziri Sergey Shoygu xabariga tayangan holda 3- fevral kuni ma’lum qilishicha, Rossiya Qirg’izistonga qurol etkazib berishni boshlagan.

“Qirg’iziston armiyasi zamonaviy Rossiya qurollari bilan ta’minlanadi. Kerakli bo’lgan shartnomalar tuzilgan va biz avvalroq kelishganimizdek o’tgan yilning dekabr oyidan qurol etkazib berishni boshladik”, – dedi Sergey Shoygu qirg’izistonlik hamkasbi Taalaybek O’muraliev bilan muzokaralarni ochayotib.

“2014 yilda Afg’onistondan ittifoqchi kuchlarni olib chiqib ketish masalasi turgan sharoitda xal etilishi zarur bo’lgan masalalar borligini belgilab o’tishni xohlar edim. Bu erda biz KXShTdagi sheriklarimiz va hamkasblarimizning xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlash uchun barcha choralarni ko’rishligimiz zarur”, – dedi Rossiya mudofaa vaziri.

Rossiya mudofaa vazirining belgilashicha, Rossiya Federatsiyasi Qirg’izistonga o’z xavfsizligini ta’minlashida har tomonlama ko’mak ko’rsatish niyatida. “Afg’onistonda sodir bo’layotgan voqealar jarayonida bu muhum axamiyat kasb etadi”, – dedi Shoygu.

Shu o’rinda, Rossiya Qirg’izistonga 1milliard 100 million dollarlik qurol ajratishga va’da qilganini eslatib o’tish kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.