Diniy kitoblarni O’zbekistonga ekspetrizadan o’tkazilganidan so’nggina olib kirish mumkin

537
0

загруженное (4)

“Ozodlik” radiosi tarqatgan xabarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 20 yanvar kuni qabul qilgan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, mamlakatga olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyat tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida” qaror bilan shu masalaga oid ikki nizomni tasdiqladi.

Nizomlarning birinchisi bilan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, mamlakatga olib kirish va tarqatish tartibi belgilansa, ikkinchisi bilan diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o’tkazish tartibi belgilab qo’yilgani xabar qilindi.

Birinchi nizomga binoan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, mamlakatga olib kirish va tarqatishga o’sha materiallar davlat dinshunoslik ekspertizasidan o’tkazilganidan keyingina ruxsat beriladi.

Aytilishicha, diniy mazmundagi materiallarda (masalan, kitobning unvonida) uning to’liq nomi va mundarijasi, muallifi to’g’risida ma’lumotlar, noshir, material qachon va qaerda chop etilgani, adadi va boshqa ma’lumotlar davlat tilida berilgan bo’lishi lozim.

Turkiston: Karimov ko’rsatmasi asosida ishlab chiqilgan va faqatgina Karimov hamda uning atrofidagi bir guruh shaxslar manfaatini himoya qiluvchi, Karimov tomonidan xohlagan vaqtda o’zgartirilib va qo’pol ravishda buzib kelinayotgan O’zbekiston konstitutsiyasining 61-moddasida “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” deb yozib qo’yilgan bo’lsada, rasmiy hukumat va maxsus kuchlar tomonidan O’zbekistondagi har qanday diniy birlashmalar kuchli nazorat ostida ushlab turilishi hamda hukumat olib borayotgan siyosatga mos kelmaydigan barcha diniy birlashma a’zolari ta’qib va tazyiqqa olinayotgani va uzoq yillardan buyon qamoqda qolayotgani hech kimga sir emas.

Mazkur joriy etilgan yangi qonun esa shu vaqtga qadar amalda bo’lgan hamda dindorlarni barcha haq-huquqlarini poymol qilinishini hamda dindorlarni yanada kuchliroq nazorat qilinishini qonuniylashtirib berishga xizmat qiladi xolos. Shu vaqtga qadar O’zbekistondan qanday diniy adabiyotlar taqiqlangani to’g’risida birorta ham ro’yxat ommaga oshkor etilmagan. Shu sababli hukumat har qanday diniy adabiyotni o’zi xohlagan vaqtda taqiqlangan adabiyot sifatida– joynamoz saqlash rasman ta’qiqlanmagani holda bitta joynamoz topilgani uchun jarimaga tortgani kabi – baholashi mumkin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.