Musulmonlarning Allohdan boshqa suyanchig’i yo’q

394
0

загруженное (6)

O’zlarini Suriya do’stlari deb atayotgan davlatlar Jeneva-2 konferentsiyadan maqsad Suriyada to’kilayotgan qonni to’xtatish ekanligini tinmay da’vo qilishmoqda. Biroq dunyoda kechayotgan hodisalarga nazar tashlagan kishiga o’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki, ularning barcha da’vosi soxta va ko’zbo’yamachilikdan o’zga narsa emas.

Suriya rejimi va milliy koalitsiya vakillari Suriya masalasiga echim topish uchun Jenevada o’zaro uchrashuvlar olib borayotgan bir paytda Asad kuchlari tinch fuqarolarga hujum qilishni davom ettirdi. Kecha Suriyaning har erida uyushtirilgan hujum oqibatida 72 kishi hayotdan ko’z yumdi.

images (6)

Damashq va uning atrofida 24 kishi, Dar’oda 8 kishi, Idlibda 4 kishi, Dayruz Zurda 4 kishi, Halabda  28 kishi, Hasakida 1 kishi va Hamada 3 kishi Asad kuchlari tarafidan o’ldirildi. Ko’rib  turganingizdek musulmonlarni qatl qilish Suriyaning har tarafida har doimgidek davom etmoqda.  Vaholangki Suriya tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Faysal Miqdad Jenevadan turib Suriyadagi  qon to’kilishining olidini olish uchun konferentsiyaga kelganligini va buning uchun bor kuchini  sarflayotganligini e’lon qildi.

 

 

Resim_1390834273-300x214 Shuningdek, Faysal Miqdad o’zlari tomondan qamal qilinib ochlikdan aziyat chekayotgan aholiga  oziq ovqat maxsulotlarini etkazish borasida kelishimga erishish uchun ham bor kuchlarini  sarflayotganini bildirdi. Miqdadga ko’ra, o’tgan davr ichida ochlikdan aziyat chekayotgan aholiga  4 million savat oziq ovqat kirgizilgan. Biroq shu bugunning o’zida 5 kishi ochlikdan vafot etdi. Bu  holat har kuni takrorlanayotganiga dunyo guvoh bo’lib turipti.

 

 

Musulmonlar u bilan himoyalaniladigan va uning ortida turib jang qiladigan o’z Xalifalarini tiklamas ekan, bunday konferentsiyadan yuzlab o’tkazilmasin, aslo hayotlarida o’zgarish bo’lmaydi. Aksincha, zulmatga cho’mib boraveradi. Chunki musulmonlarning azizilik manbai va uyg’onish yo’li mana shu Islom davlatidir. Uni qayta tiklash uchun musulmonlar qanchalik suskashlik qilsa, Islom dushmanlarining jur’ati shunchalik oshib boraveradi.

Qiyomuddin

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.