Matbuot bayonoti
Rohingiya muslimalari va go’daklari qirg’inining davom etishi ularni himoya qiladigan Xalifalik davlatiga g’oyat muhtojligimizni ta’kidlamoqda
2014 yil 16 yanvarda «al-Jazira», «Assoshieyted Press» va boshqa axborot vositalari guvohlar va «Arakon loyihasi» inson huquqlari tashkilotidan naql qilgan holda tarqatgan xabarga ko’ra, 14 yanvar kuni G’arbiy Raxindagi Du Char Yar Tan qishlog’ida 12 muslima ayol va go’dak qirib tashlangan. Hujjatda aytilishicha, Rohingiya musulmonlari tobora ko’p qirg’in qilinayotganidan xavotirlar ko’payayotgan bir vaqtda, o’ldirilgan ayollar va bolalar butparast jinoyachi to’dalar qo’lida avval a’zolari kesib tashlangan, so’ng o’ldirilgan. Bu qirg’in Roxin butparastlari va Myanma xavfsizlik kuchlari tomonidan ta’riflashga til ojizlik qiladigan darajada Rohingiya muslima ayollari va bolalari boshlariga solingan vahshiyliklar oldida dengizdan bir tomchi, xolos. U erdagi musulmonlarga qarshi etnik tozalash sifatida sodir etilayotgan bunday jinoyatlar sirasiga mash’um Yan Tei qatli omi ham kiradi. Unda 70 nafar Rohingiya musulmonlari qirib tashlandi, ulardan 28 nafari go’daklar edi. Bunday vahshiylikdan qo’shni davlatlarga qochib o’tgan ayollar va bolalar repressiya va terrorning navbatdagi bosqichiga duch kelmoqdalar. Ular yo o’sha qo’shni davlatlarga kirishdan man qilinmoqda yoki jonlarini saqlab qolishlariga yordam beradigan asosiy haq-huquqlardan mahrum etilmoqda. Ular oldiga ikkita bir-biridan achchiq tanlov qo’yilgan: Yo qochqinlar bilan to’lib-toshgan, xatarli chodirlarda yashashlari yoki yurtda jismoniy, jinsiy tajovuzlar, jinsiy savdo qilinish qurboni bo’lishlari. Dekabr oyida barcha axborot vositalarida Rohingiyadagi jahannam mashaqqatlaridan qochib, qayiqda suzib ketayotgan qochqinlar Taylanddagi yashirin qaroqchilar qo’liga tushganlari haqida xabar qilingan edi. Ular qaroqchilar tomonidan kaltaklanib, zo’rlanib, immigratsiya politsiyasining qo’llab-quvvatlovi bilan odam savdosi bilan shug’ullanuvchi guruhlarga topshirib yuborilganlar.
G’arb hukumatlari esa u erdagi neft, gaz kabi o’z daromadlaridan voz kechgilari kelmay, sodir bo’layotgan qatli omlardan ko’zlarini yumib kelishyapti. Shu narsa aniq ravshanki, bu qatli om va etnik tozalashlar demokratik davlatlarning shu jinoyatlarni sodir etayotgan davlat bilan aloqalarini uzishlari uchun etarli sabab emas. Chunki Rohingiya musulmonlari chekayotgan azob-uqubatlardan yana bir bor shu narsa fosh bo’ldiki, kapitalistik demokratik davlatlar hukmron bo’lgan bir paytda, bu davlatlar nafaqat etnik ozchilik huquqlarini poymol qilishadi, balki iqtisodiy daromad yo’lida inson huquqlari va axloqiy normalardan butunlay voz kechib yuborishadi.
Bu yurtga qo’shni bo’lgan Bangladesh, Indoneziya va Malayziya kabi islomiy yurtlardagi hukmron rejimlar o’z milliy manfaatlarini himoya qilish da’vosi bilan Rohingiya muslimalari va bolalaridan butunlay voz kechishdi. Holbuki, milliy manfaatlar degan narsa Islomda bo’lmagan tushunchadir. Buning natijasi o’laroq, yurtdagi musulmonlarning xuddi Suriyada bo’lgani kabi, zolim rejim qirg’inlaridan qo’rqib, qo’shni davlatlarga qochib o’tish hollari sodir bo’lmoqda. Shubhasiz bu hokimlar ham, ularning badbo’y milliy tushunchalari ham, kapitalistik nizomlari ham, hammasi Ummatni bo’yniga solingan kishinlardan o’zga narsa emas. Shuning uchun ularni albatta ag’darish va Xalifalik davlatini barpo etish lozim. Zero, Xalifalik davlatida Islom nizomi tatbiq etiladi, musulmonlarning – qanday jinsda bo’lishlaridan qat’iy nazar – jonlari, mollari va nomuslarini himoya qilish xalifaning eng birlamchi vazifalaridan biri bo’ladi. Xalifa Valid ibn Abdulmalik shu nazariyaga asoslanib Xalifalik boshqaruvi ostida Hindiston janubidagi Sohiliya shahridagi mushrik Raja Dohirdan aziyat chekayotgan musulmonlarni xalos qilish sari Muhammad ibn Qosim qo’mondonligi ostida qo’shin safarbar qilgan va butun Sindni fath qilib, tog’ut hind mushriklari boshqaruvidan qutqargan. Biz ham bugun Rohingiya musulmonlarini qutqarish uchun shunday Xalifalikka juda muhtojmiz, qachon ushbu davlatni barpo etsak, u Alloh Subhanahu va Taoloning quyidagi amriga javoban, hech kechiktirmasdan musulmonlar qo’shinini safarbar qiladi:
«Sizlarga nima bo’ldi, Alloh yo’lida va ey Robbimiz, bizni egalari zolim bo’lgan bu shahardan ozod qil va bizga O’z huzuringdan bir do’st bergin, bizga O’z huzuringdan bir yordamchi chiqargin, deyayotgan erkaklar, ayollar va bolalardan iborat bo’lgan bechoralar yo’lida jang qilmayapsiz?!» [Niso 75]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Faks: 00961 130 75 94
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info