Peshovardagi Tablig’ jamoasiga qarashli markazda bomba portladi Rahil-Navoz rejimi Amerikaning yurtdagi vujudiga barham berishi lozim

378
0

загруженное (13)

Matbuot bayonoti

Peshovardagi Tablig’ jamoasiga qarashli markazda bomba portladi Rahil-Navoz rejimi Amerikaning yurtdagi vujudiga barham berishi lozim

Hizb ut-Tahrir kecha Tablig’ jamoasiga qarashli markazni nishonga olgan vahshiyona hujumni qattiq qoralaydi hamda uning javobgarligini Rahil-Navoz rejimi zimmasiga yuklaydi. Chunki aynan shu rejim Amerikaning Raymond Devis guruhiga tobe amerikaliklarni minglab vizalar bilan ta’minladi, ular esa ajnabiy kuchlar yordamida yurtning turli tomonlaridagi harbiy va fuqarolik inshootlarini nishonga olayotgan hujumlarni uyushtirishmoqda.

Bir hafta ichida Karachi va Peshovarda politsiya zobitlari va siyosatchilarga hamda Tablig’ jamoasi markaziga hujumlar sodir etildi. Biror sodiq musulmon mana shunday hujumlar sodir etish haqida hatto o’ylashi ham mumkinmi?!

Hech kim bu amaliyotni o’z zimmasiga olmaganiga qaramay, rejim jarchilari bu hodisani Qabilalar mintaqasidagi musulmonlarga bog’lashib, bu jinoyatni o’shalarga yopishtirishdi. Bundan Amerika bosqinchiligiga qarshi jang qilayotgan muxlis mujohidlarga bosim o’tkazib, ularni Amerikaning Afg’onistondan cheklangan tarzda chiqib ketish rejasiga majburan rozi qilish maqsad qilingan. Buning natijasida yurt kuchlari salibchilik urushining o’tiniga aylanib qoladilar, Amerika hukmronligi yana mustahkamlanadi. Yetkazib qo’yish istalayotgan bayonot shuki, mujohidlar bu rejani qabul qilmasalar, shunday hujum va amaliyotlar yana sodir etilishi mumkin.

Yetakchi o’z ahlini aldamaydi. Hizb ut-Tahrir qurolli kuchlar safidagi muxlis zobitlarga Pokiston va Afg’onistonda bu qonli jinoyatlarni Amerika sodir etayotganini yana ta’kidlaydi. Modomiki Amerika mintaqadan quvib chiqarilmas ekan, Amerika malaylari va tarafdorlari bo’lgan hokimlar Raymond Devis tarmog’ini qo’llab-quvvatlashda davom etaverishadi, Pokiston kuchlaridan Qabilalar mintaqasida ichki urush olovini yoqishda foydalanish bilan minglab insonlar qoni oqizilaveradi.

Ey muxlis zobitlar! Hizb ut-Tahrir sizdan bunday alamli voqe oldida qo’l qovushtirib o’tirmaslikni, kuchingizni anavi xoin hokimlarni ag’darishga sariflashni, Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishni talab qiladi. Xalifalik Amerika bazalarini darhol supurib tashlaydi, uning elchixonalari, konsulliklari va josuslik markazlarini yopib tashlaydi, NATO yordamchi kuchlari yo’lagini to’sib qo’yadi, barcha amerikalik diplomatlar, harbiylar va shaxslarni quvib soladi hamda mintaqada qon to’kilishiga chek qo’yadi.

Bas, ey zobitlar, Alloh Subhanahu va Taoloning rizosiga noil bo’lish uchun ushbu Ummatni himoya qilish, diniga nusrat berish va Islom boshqaruvini o’rnatish burchingizni ado etishga shoshiling.

«Bas, musobaqa qiluvchilar mana shunday (mangu ne’matga etish yo’lida) musobaqa qilsinlar» [Mutoffifun 26]

Shahzod Shayx

Hizbut Tahrirning Pokistondagi rasmiy notig’i o’rinbosari

Twitter: http://twitter.com/htmediapak

Facebook: http://www.facebook.com/pages/Naveed- Butt-Media-Office-HT/116266191744214

e-mail: htmediapak@gmail.com

Webpage: www.hizb-pakistan.com

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.