Kazino – qimorxona, qimor esa haromdir

333
0

Matbuot bayonoti

Kazino – qimorxona, qimor esa haromdir

 21-aprel kuni parlament Issiqko‘l viloyatida qimorxonalar ochishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. 68 deputat yoqlab, 23 nafari qarshi ovoz berdi. Yanglishib ovoz berganlarning qayta ovoz berish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlanmadi. Prezident qonun loyihasini yoqlab bayonot berdi. Bunga nisbatan musulmon kishi qanday movqeda (pozitsiya) turishi kerak? 

 Har bir musulmon shaxs biror ishga kirishishdan oldin uning shar’iy hukmini bilishi farz. Shu sababli, dastlab qimor o‘yinlari haqidagi shariat hukmlarini bayon qilamiz.

 Qimor Alloh taoloning quyidagi oyati bilan qat’iy harom qlingan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ * إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَعَنِ الصَّلَاةِ فَهَلْ أَنْتُمْ مُنْتَهُونَ

 “Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, maysir (qimor o‘ynash), butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydir. Endi to‘xtarsizlar?!” [5:90-91]

 Buni eshitgan sahobalar (roziyallohu anhum) “to‘xtadik, to‘xtadik, yo Robbim” deb yuborishgan.

 “Maysir” so‘zi “engillik”, “osonlik” degan ma’nolarini anglatadi. Demak, qimor o‘zgalar mulkiga engil va osonlik bilan ega chiqish. Barcha qimor o‘yinlari maysirga kiradi.

 Hozir prezident bosh bo‘lgan ba’zi deputatlar ko‘krak kerib aytayotgan “foydalar” qimorni haromlikdan chiqarib qo‘ya olmaydi. “Ish o‘rni yaratiladi, byudjetga daromad bo‘ladi” degan so‘zlar hech qanday ahamiyatga ega emas.

 Johiliyat davrida keng tarqalgan qimor quyidagicha bo‘lgan: Bir necha kishi so‘yiladigan hayvoning narxini kelishib, sotib olishgan. Keyin bir nechta o‘q yasab, har bir o‘qqa ma’lum bir ulushning bildiruvchi belgi qo‘yishgan. Masalan, bir o‘qqa bir ulush, boshqa o‘qqa ikki ulush, uchinchisiga esa hech qanday ulush yo‘q qilib belgi qo‘yishar edi. So‘ngra o‘qlarni o‘qdonga solishar, bir kishi o‘qdonga qo‘lini solib, o‘qlarni ikki yoki uch marta aralashtirar edi. Shundan so‘ng o‘qlarni birma bir olib berardi. Har bir kishi qanday o‘q chiqqaniga qarab ulush olar edi. Hech qanday ulush belgilanmagan o‘q chiqqan odam hech narsa olmas, biroq, so‘yilgan hayvoninng pulini to‘lar edi.   

 Yutuqdan kambag‘allarga ham berilar edi. Hatto, ba’zi qimorbozlar yutgan go‘shtni o‘zlari emagan. Hammasini kambag‘allarga berib yuborishgan va shu ishlari bilan faxrlanib yurishgan. Bunday qilmaganlarni malomat ham qilishar edi. Shunday bo‘lsada qimor harom qilingan.

 Islom davlatida qimor bilan shug‘ullanganlar ta’ziriy jazoga tortiladi. Toki boshqalar ushbu jazoni ko‘rib, bu jinoyatni qilishdan tiyilishsin. Bundan tashqari, kimki qimor orqali mol topgan bo‘lsa, bu uning mulki hisoblanmaydi va egasiga qaytariladi. Agar egasi tayinsiz bo‘lsa Baytulmolga qo‘yiladi.

 Ikkinchi masala, ushbu qonun loyihasini mubork Ramazon oyida ko‘rib chiqilishi. Bu narsa hokimiyatni kofir xo‘jayinlariga ko‘rlarcha itoat qilib, Islomga qarshi kurashning yangi bosqichiga qadam qo‘yilganidan dalolat qiladi. Bu musulmonlarga qarshi fitna (provokatsiya)dan boshqa narsa emas. Shu sababli biz hokimiyat egalarini ogohlantiramiz:

 Ey hukmdorlar, siz bunday harom amalinglar va makkor hiylalaring bilan hech qachon kofir xo‘jayinlaringizni rozi qila olmaysiz, xizmatga yaramay qolgan kuningiz sizlarni uloqtirib tashlashadi. Allohning qaxriga qolishinglar esa aniq.

Alloh taolo aytadi:

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo‘lmaydilar” [2:120]

 Shu o‘rinda musulmon birodarlarimizga ham murojjat qilmoqchimiz. Ey musulmonlar, sizlarning har biringiz – fikriy va siyosiy kurash orqali – bor imkoniyatinglar bilan bunday harom amallarga qarshi turishinglar vojib.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar:

 “Alloh azza va jalla to omma munkarni o‘zgartishiga qodir bo‘la turib, uni o‘z oralarida (yoyilishiga) qarab turadigan holda bo‘lmagunlaricha xos kishilarning amali sababli ularga azob tushirmaydi. Endi agar shunday qilsalar, Alloh xosu omni barobar azoblaydi”. (Imom Ahmad “Musnad”, Abu Dovud “Sunan”).

 Ey musulmonlar, ayrim deputatlar namoz o‘qigan va ro‘za tutgan holda ushbu qonunga ovoz berishdi. Ular buni “dunyoviy” davlat, undagi kofir tiqishtirgan “an’anaviy islom”ni niqob qilib qilishdi. Sizlargachi, sof Islomga yuzlanish vaqti kelmadimi? Mana, hokimiyat egalari oxiratlarini dunyoga almashtirishayotganini ko‘rib turipsiz. Haromga yo‘l ochish orqali ochiq gunohga botishmoqda. Bas, qachongacha ularni “xudo” qilib yurasizlar?

 Adiy ibn Hotim roziyallohu anhu aytadi: “Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldiga kelganimda u kishi “Baroat” surasidagi quyidagi oyatni o‘qidilar:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

“Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar”. [9:31]

 Yana u zot bunday dedilar:

«أَمَّا إِنَّهُمْ لَمْ يَكُونُوا يَعْبُدُونَهُمْ، وَلَكِنَّهُمْ كَانُوا إِذَا أَحَلُّوا لَهُمْ شَيْئاً اِسْتَحَلُّوهُ، وَإِذَا حَرَّمُوا عَلَيْهِمْ شَيْئاً حَرَّمُوهُ»

“To‘g‘ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan”.

 Ey musulmonlar, afsuski, bugungi kunda bunga o‘xshash munkarlarni son-sanog‘iga etolmaymiz. Bularning barchasini yo‘q qilish uchun Islom davlatini barpo etish orqali islomiy hayot tarzini qayta olib kelishimiz zarur. Islom Davlati esa fikriy va siyosiy kurash olib borish bilan barpo bo‘ladi. Shu sababli ushbu kurashga kelib qo‘shiling!

 Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

 24. 04. 2021

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.