Karzay AQShdan tolibonlar bilan muzokara boshlashni talab qilmoqda

456
0

images (2)

Afg’oniston prezidenti Xomid Karzay agar Amerika harbiylari Tolibon harakati vakillarini muzokaralar stoliga o’tkazmasa, AQSh bilan erishilgan xavfsizlik kelishuvini buzish bilan tahdid qilmoqda.

Karzayning so’zlariga ko’ra, Afg’onistondagi tinchlik AQSh va Pokistonga bog’liq va shuning uchun aynan Vashington va Islomobod tolibonlar bilan muzokaralar o’tkazishlari kerak.

AQSh va Afg’oniston xavfsizlik kelishuviga o’tgan yili erishishgan edi, biroq Karzay bu hujjatni imzolashdan bosh tortib kelmoqda.

Agar hujjat imzolanmasa shu yilda Amerika va NATOning asosiy kuchlari Afg’onistondan olib chiqib ketilganidan so’ng, Pentagon mamlakatda qo’shin qoldirish niyatida emas.

Turkiston: “ Echkiga jon qayg’usi, qassobga yog’ qayg’uvsi”, – deyilganidek, Karzay qiyin axvolda qoldi. AQSh xoxlaganida xam Tolibon rasman muzokaraga bormaydi. Bunga ko’zi etib turgan AQSh, Afg’onistonni bir necha bo’laklarga bo’lib yuborib, xar birini o’z chegarasini ximoya qilish bilan avvora qilib qo’ymoqchi. Uning re’jasiga ko’ra, O’zbekiston tomondan general Do’stumga, Pokiston tomondan Tolibonga, Qobul va uning atrof xududidan Karzayga mintaqalar bo’lib beriladi. AQSh Tolibon bilan muzokara stoliga o’tirganida xam, Afg’onistonni unga to’laligicha bermoqchi emas edi. U Afg’onistonda osoishtalik xukm surib qolishidan xavsiraydi. AQSh Tolibonni demokratik saylovga olib kelib, yuqorida kelgan boshqa guruhlar bilan fitna o’chog’ida birga kuydirib yuborgan bo’lar edi. Shuning bilan AQSh o’zini dunyo xamjamiyati oldida, Toliblarni demokratik tariqat bo’ylab yurgiza olgani bilan g’olib bo’lgan qilib ko’rsatib olgan bo’lardi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.