Noma’lum va shubhali doiralar tomonidan Hizb ut-Tahrirga qarshi tuhmatlar bilan to’la maqolalar tarqatilmoqda

530
0

загруженное (13)

«Ey muminlar, agar sizga bir fosiq xabar keltirsa, siz bilmagan holingizda, biron qavmga musibat etkazib qo’yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasligingiz uchun aniqlab-tekshirib oling!»

O’z dini, Ummati va birodarlariga g’ayur, taqvoli har bir musulmon birodarimizga Islom va uning ahliga makr qilayotgan, islomiy siyosiy loyiha yo’liga to’g’anoq bo’lishga harakat qilayotgan ayrim shubhali doiralar yolg’on va tuhmatga to’la maqola nashr qilishdi. Bu maqola zohiri Hizb ut-Tahrir bilan tanishtirish bo’lib, undan asl maqsad Hizbni xunuk ko’rsatib, u haqda soxta ma’lumotlar berishdir. Bunga sabab bu doiralar islomiy siyosiy loyihani Ummatning muborak qo’zg’oloni bilan bir vaqtda yoyishdagi Hizbning ta’siri ko’lamini yaxshi anglab etishganidir. Bu qo’zg’olon shariat xo’jayinligining qaytishi va Ummat tortib olingan saltanatini qaytarib olishi haqida xushxabar bermoqda. Hizb ut-Tahrirni tanigan har bir odam, u faqat sof Islomni ko’tarib chiqishini, chetdan, ayniqsa, bugun ko’plab siyosiy harakatlar ta’sirlanib qolgan G’arb hazoratidan kirib kelgan har qanday yot fikrni rad etishini, payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik davlatini tiklash orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun o’zining bor imkoniyat va kuch-quvvatini fido qilganini ham yaxshi biladi. Bugun qo’zg’olon etakchilari o’ngu so’ldan Shom zaminida kutilayotgan davlatga biror islomiy siyosiy loyiha qidirayotgan ekanlar, Hizb ut-Tahrirning siyosiy loyihasidan boshqasini topmayaptilar. Bu loyiha Xalifalik davlati dasturi loyihasida hamda ushbu davlat nizomlari batafsil yoritilgan kitoblar to’plamida mujassam.

Mazkur maqola shu darajada sharmandali yolg’ondan iboratki, Hizb ut-Tahrir bilan nomigagina tanish bo’lgan kishi ham uning yolg’on va bo’htonlarini anglab etadi. Biz buni rad etishga va bizdan bu haqida izoh talab qilishga shoshilgan birodarlarga tashakkur bildiramiz. Biroq afsuski, ayrim sodda musulmonlar musulmonning o’z musulmon birodariga bo’hton qilishi harom ekaniga diqqatlarini qaratmay, mazkur maqolani qayta nashr qilishdi. Rosululloh A:

«بِحَسْبِ امْرِئٍ مِنَ الشَّرِّ أَنْ يَحْقِرَ أَخَاهُ الْمُسْلِمَ كُلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ دَمُهُ وَمَالُهُ وَعِرْضُهُ»

«Kishi o’z musulmon birodarini haqir sanashi uning yomonligiga kifoya qiladi. Har bir musulmonning musulmonga qoni, moli va nomusi haromdir», dedilar. Shuning uchun maqolaning nashr qilinishiga bilmay yoki yomon qasd qilmay hissa qo’shib qo’ygan har bir kishini ushbu raddiyamizni nashr qilish orqali xatosini tuzatishga da’vat qilamiz. Toki, avvalo Alloh Taolo oldidagi, qolaversa, mo’min birodarlari oldidagi javobgarlikdan forig’ bo’lsin.

Mazkur maqola tuhmatlarga to’la bo’lib, mutlaqo asossiz, noto’g’ri, Hizb kitoblarida kelgan narsalar bilan isbotlanmagan dalilsiz fikrlar Hizbga nisbat berilgan. Bu maqolani rad etish va yolg’onini fosh qilish uchun shuning o’zi kifoya. Biz maqolani yozgan va ijtimoiy tarmoqlarga qo’ygan kimsani – agar o’z da’volarida rostgo’y bo’lsa – o’zini ochiq namoyon qilishga hamda o’z dav’olarini Hizb nomidan chiqarilgan kitoblar va nashralar bilan isbotlab berishga chaqiramiz. Shuningdek, ushbu matbuot bayonotimiz bilan birga mazkur yomonlik maqolasiga imkon qadar qisqa shaklda raddiya ham berib, uni qoralaymiz va raddiyamizni Hizb kitoblaridan iqtiboslar keltirib quvvatlaymiz, shuning uchun oldin maqolada kelgan tuhmatni, so’ng unga raddiyamizni keltiramiz.

Ahmad Qasos Hizb ut-Tahrirning Livandagi matbuot bo’limi raisi

Telefon: 009616629524

Faks: 009616424695

Elektron pochta: ht@tahrir.info

Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi sayti: www.hizb-ut-tahrir.info

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.