Markaziy Osië xalqlarini birlashtirish masalasi

426
0

images (40)

Rossiyadagi “Tojikiston mehnat muhojirlari” harakatining etakchisi Karomat Sharipov tarafidan olg’a surilgan “Markaziy Osië xalqlarini birlashtirish” tashabbusi turli bahs munozaralarga sabab bo’ldi.

Harakat etakchisi “Markaziy Osiëdagi xalqlarni Islom dinining sunniy mazhabi asosida birlashtirishni taklif qilib Markaziy Osiyoda joylashgan besh davlat, ya’ni O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Qirg’iziston prezidentlariga maktub yo’lladi.

Karomat Sharipov Xalifalik bilan emas, balki Islomga asoslangan dunëviy tuzumda birlashishni taklif qilgan bo’lsa-da, biroq bu taklifi bilan u markaziy osiyo prezidentlarini dahshatga solgani aniq. Chunki nafaqat Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari, balki butun Islom yurtlarining rahbarlari ummatning Islom asosida birlashib ketishidan dag’-dag’ titrashmoqda. Chunki ular buning oqibatini yaxshi bilishadi. Ayniqsa O’zbekiston prezidenti bu maktubni o’qib ko’zi chanog’idan chiqib ketishiga oz qolgan bo’lsa kerak. Chunki u yillar mobaynida Islomga qarshi tish tirnog’i bilan kurashib kelayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa musulmonlarni bitta bayroq ostida birlashtirish uchun faoliyatga qo’l urgan xolis musulmonlar uning zindonlarida ne-ne azoblarni tortishmadi.

Aslini olganda musulmon xalqlarni birlashtirish to’g’ri fikr va shu kundagi dolzarb masaladir. Ammo buni markaziy osiyo davlatlari prezidentlaridan kutish aqlga to’g’ri kelmaydi. Chunki bu mintaqadagi rejimlar ham, ularning yuqoridagi og’alari ham musulmonlarning birlashib ketishini aslo istamaydi. Aksincha ular musulmonlarning birlashishiga yo’l qo’ymasligini voqening o’zi ko’rsatib turipti. O’tgan asrning oxirlarida ham markaziy osiyo davlatlarini birlashtirib bitta Turkiston davlatini tiklash haqidagi mana shunday fikrlar o’rtaga tashlangan edi. Lekin o’sha paytda Farg’ona vodiysida o’zbeklar bilan turklar o’rtasida sun’iy urush chiqarildi. Undan so’ng esa Qirg’izistonning janubida, xususan O’zgen shahrida o’zbek-qirg’iz o’rtasidagi birodarkushlik urushi alanga olidirildi. Shunday qilib birlashish degan narsaga barham berildi.

Shuni unutmaslik lozimki, musulmonlarni birlashtirish faqat Xalifalik davlatini tiklash bilangina amalga oshadi. Xalifalik davlatining tiklanishi – bu faqat markaziy osiyo davlatlarining birlashishi emas, butun Islom o’lkalarining bitta davlat, bitta bayroq ostida birlashishi demakdir. Shuning uchun faqat Markaziy Osiyodagi musulmonlarni birlashtirish uchun emas, balki butun Islom yurtlarini bitta Xalifa boshqaruvi ostida birlashtirish uchun harakat qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Bu yo’lda G’arbga malay hozirgi hokimlardan ham, ularning xo’jayinlaridan ham yoki BMT kabi xalqaro tashkilotlardan ham yordam kutilmaydi, balki buning uchun ummatning o’zi harakat qilishi lozim.

Alhamdulillah ummat orasidagi muxlis kishilar ummatni kapitalizm zulmidan ozod qilib, Islomiy hayotni qayta boshlash uchun tunu-kun tinim bilmay harakat olib borishmoqda. Ammo Xalifalik davlatini tiklash bir shaxs yoki bir jamoaninggina vazifasi emas, balki u butun musulmonlarning bo’ynida vojibdir.

}لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ{ –

„Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat) uchun amal qilsinlar!“[37:61]

Qiyomuddin

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.