Bugun Jeneva-2 konferentsiyasi boshlandi

414
0

Montre

Bugun 22 yanvar. Shvetsariyaning Montryo shahrida Suriya masalasi bo’yicha Jeneva-2 konferentsiyasi boshlandi. Konferentsiyaga AQSh, Rossiya, Angliya, Xitoy, Frantsiya Turkiya, qatar, Saudiya Arabistoni va hokazo, 39 davlat vakillari qatnashmoqda. Shuningdek, Asad rejimi vakillari va unga muxolif bo’lgan milliy kolitsiya vakillari ham konferentsiya to’ridan joy olishdi. Arab ligasi, Yevropa ittifoqi va Islomiy hamkorlik tashkiloti ham konferentsiya zalida hoziru-nozir.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bu konferentsiyaga Asad rejimining hamtovog’i Eronni ham taklif qilgan edi. Ammo Suriya milliy kolitsiyasi xafa bo’lib qolgach, Pan Gi Mun so’zini qaytib oldi va Eron konferentsiyaga ishtirok etish “baxti”dan mahrum bo’ldi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa bundan arazlagan bo’yicha qolaverdi.

Jeneva-2 konferentsiyasining tashkilotchisi AQSh va Rossiyaning da’vosiga ko’ra, bundan maqsad Suriyaga tinchlik olib kelish, 3 yildan buyon qirg’in qilinayotgan insonlarni xavfsizligini ta’minlash va demokratiyaga asoslangan Suriya muvaqqat hukumatini tuzish ko’zda tutilgan. Suriya milliy kolitsiyasining ham birdan bir dardi aynan mana shu, tezroq Suriyada o’tish davri hukumatini tuzishdir.

Konferentsiya boshlanishidan bir kun avval, ya’ni kecha Britaniyaning Guardian gazetasi va SNN telekanalida 11 mingga yaqin insonning Asad kuchlari qo’lida vahshiylarcha og’ir qiynoqlar ostida qatl etilganiga oid hisobot namoyish etildi.

Suriyadagi qiynoqlar borasida hisobot va minglagan suratlar matbuotda e’lon qilinishi ortidan AQSh tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Mariya Harf bu manzaralarga boqishning o’zi bir dahshat ekanligini ta’kidlar ekan, buning uchun Jeneva-2 konferentsiyasi muhim o’rin egallashini urg’uladi.

Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdogan ham bunga jim qarab turavermaslik taklifi bilan chiqdi.

“Butun dunyo televizion kanallari orqali Suriyadagi dahshatli manzarani o’z ko’zlari bilan ko’rdi. Ertaga Jeneva-2 konferentsiyasi boshlanadi. Butun G’arb davlatlari bu borada ovozlarini baland ko’tarishmoqda. Bu vahshiylik qarshisida hammamiz qo’lni qo’lga berishga majburmiz. Endi biz ham shunday deymiz, “Ey dunyo, 150 ming kishi o’ldirilgan Suriyaga nisbatan jim qarab turaverasizmi? Ey Jeneva-2 ovozingni chiqar deyishga majburmiz” dedi u kechagi televizion chiqishida.

Italiya tashqi ishlar vaziri Emma Bonino ham Suriyadagi vaziyatni yaxshilash uchun Jeneva-2 konferentsiyasi yagona imkoniyat ekanligini qayd etdi.

“Uzun zamonlardir, qiynoqlar va azob uqubotlar davom etishiga qaramay, Suriya masalasi uchun Jeneva-2 konferentsiyasi yagona imkoniyatdir”, dedi, Parlamentda chiqish qilgan Emma Bonino.

O’z o’zidan ko’rinib turiptiki, AQSh boshchiligidagi kofir g’arb qiyinchilikdan bezigan Suriya xalqiga demokratiyaga asoslangan muvaqqat hukumatni qabul qildirish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda, buning uchun turli hiyla nayranglarni ishga solmoqda. Ular bu bilan agar Suriya xalqi Jeneva-2 konferentsiyasida o’rtaga tashlangan echimga rozi bo’lmasa ularning boshida bunday kunlar davom etaverishini, hatto bundan battar bo’lishini uqtirishmoqchi. Bu borada turli razilliklarni ishga soldi. Sun’iy ochliklar va aynan kechaning o’zida yosh bolalar va ayollar doxil 87ta tinch fuqaroning o’ldirilishi shular jumlasidan. Nima bo’lsa bo’lsin, Suriya xalqi demokratiyaga asoslangan o’tish davri hukumatini qabul qilsin. Ya’ni Shom zamini musulmonlarning qo’liga o’tib Xalifalik davlati tiklanib ketmasin. Ularning maqsadi shu.

 يُرِيدُونَ أَنْ يُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللَّهُ إِلَّا أَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

–”Ular Allohning nurini (ya’ni Islomni) og’izlari (ya’ni hech qanday hujjatsiz behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’ladilar. Alloh esa – garchi kofirlar yomon ko’rsalar-da – O’z nurini komil qilishni (ya’ni har tarafga yoyishni) istaydi“. (9:32)

Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.