Konferentsiyalar, forumlar, norozilik namoyishlari va yurishlari to’g’risidagi hamda Hizb ut-Tahrir o’z tariqatini o’zgartirdimi? – degan savoliga savolga javob

833
0

images (27)

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Wassim Kordoghli – Nona Amer – Ummu Akkoshalarning konferentsiyalar, forumlar, norozilik namoyishlari va yurishlari to’g’risidagi hamda Hizb ut-Tahrir o’z tariqatini o’zgartirdimi? – degan savoliga savoliga javob

Savollar: a) Ummu Akkosha:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Qadrli shayx Ato ibn Xalil Abu Roshta. Alloh sizning Islom va musulmonlarga qilayotgan buyuk mehnatlaringizga madadkor bo’lsin va ushbu mehnatlaringiz nihoyasini sizning qo’llaringiz orqali tez orada Xalifalik davlati barpo etilishi bilan yakunlasin, Allohumma omin, omin.

Ammo ba’d, ba’zilar Hizb tariqatini o’zgartirdi, chunki konferentsiyalar o’tkazish unga – fikriy hizb sifatida – to’g’ri kelmaydi, degan da’volarni qilmoqda. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

b) Nona Amer:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Menda savol bor va unga javob berasiz degan umiddaman: Olim Taqiyyuddin Nabahoniy rohimahullohning tabanniy qilgan kitoblarida u kishi namoyishlarni rad etgani aytilgan… Ammo bugun biz g’oyat ko’p namoyishlar bo’layotganini va sizlar o’zlaringiz ularni uyushtirayotganingizni guvohi bo’lmoqdamiz. Ushbu amalingizga biror shar’iy dalil bormi??

Vassalamu alaykum.

v) Wassim Kordoghli savoli: Assalamu alayka va rohmatullohi va barokatuh, qadrli amirimiz! «Islom davlati» kitobida bunday so’zlar kelgan: «Shuning uchun Xalifalik yo’lida konferentsiyalar o’tkazish Islom davlatini barpo qilish vositasi emas». Qadrli shayx, savolim shuki, nega Hizb o’z kitoblarida konferentsiya va forumlarni rad eta turib, ularni o’tkazmoqda? Bizdagi ushbu noaniqlik ko’tarilishi uchun ayni masalani yoritib berasiz degan umiddamiz.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Savollaringiz mavzu jihatidan bir-biriga o’xshash. Ya’ni mavzu konferentsiyalar, namoyishlar va yurishlar hamda Hizb tariqatini o’zgartirdimi kabi savol to’g’risida.

Qadrli birodarlar, bularga javob shuki, Hizb tariqatini o’zgartirmaydi, chunki uning tariqati Alloh Subhanahuning Kitobi, Nabiysi Aning Sunnatlaridan to’g’ri istinbot qilingan tariqat bo’lib, Hizb kitoblarida hech noaniqlik qoldirmaydigan tarzda batafsil ochiq yoritilgan, chunki kitoblarimizda saqofat berish ham, ta’sir qilish masalasi ham, Xalifalik davlatini barpo etish ham dalillar bilan keltirilgan.

Biz odamlarni da’vatimizni o’z zimmalariga olishlari uchun da’vat qilamiz, kim uni qabul qilsa, uni Hizbga qo’shamiz va u Hizb a’zolaridan biriga aylanadi. Shuningdek, umumiy ongdan balqib chiqqan afkori ommani vujudga keltirish uchun ommaviy tadbirlar ham o’tkazamiz va quvvat ahlidan nusrat talab qilib, Allohning izni ila, Xalifalik davlatini barpo etamiz.

Yuqorida aytganimizdek, davlat barpo qilishning ushbu tariqati to’g’ri tarzda istinbot qilingan, insha Alloh. Bunda Rosululloh A o’zlariga vahiy nozil bo’lgandan to Madinai Munavvarada davlat barpo etgunlariga qadar bosib o’tgan yo’lga ergashilgan. Boshqacha aytganda, bu Hizb jismini qurish uchun saqofatlantirish hamda umumiy ongdan balqib chiqqan afkori ommani paydo qilish yo’lida ommaviy tadbirlar o’tkazish orqali Ummatga ta’sir qilish, keyin nusrat talab qilish, keyin esa davlat barpo etishdir.

Aftidan, savol bergan birodarlardagi chalkashlik ta’sir qilish bosqichidagi afkori omma ishlari bilan davlat barpo qilish o’rtasini aralashtirib yuborish oqibatida kelib chiqqan ko’rinadi. Bunday aralashtirib yuborish masalasi quyidagilardan aniq ma’lum bo’ladi:

1 – Ta’sir qilish bosqichi mobaynidagi afkori omma ishlari nima o’zi? – deyiladigan bo’lsa, buning javobi shuki, u Ummatga ta’sir o’tkazadigan, Islom fikrlari va ahkomlariga asoslangan har bir ishdir. Masalan, yig’in, forum, ommaviy konferentsiya, namoyishlar, kabi. Biz bularga etakchilik qilamiz va ularni o’z bayroqlarimiz, xitoblarimiz va boshqa tadbirlarimiz bilan qodir bo’lganimizcha harakatlantiramiz. Masalan:

a) Rosululloh A Safoda odamlarni yig’dilar va ularga xitob qildilar:

– Buxoriy Ibn Abbos Gdan rivoyat qiladi: «Allohning:

«Yaqin qarindoshlaringizni (Allohning azobidan) ogoh eting» [Shuaro 214] oyati nozil bo’lgach, Nabiy A Safoga ko’tarilib, Quraysh urug’lariga qarata: «Ey Bani Fihr, ey Bani Adiy», deya nido qildilar. Nihoyat ular yig’ildi, yig’ilishga kelolmagan kishi u erda bo’lgan ishni ko’rish uchun o’zidan vakil yubordi, Abu Lahab Quraysh zodagonlari bilan keldi. Shunda Rosululloh A bunday dedilar: «Nima deysiz, agar shu vodiyda otliqlar sizga qarshi urush ochmoqchi, desam ishonasizmi?» Yig’ilganlar: ha, sizdan rostgo’ylikdan boshqa narsa ko’rmaganmiz, deyishdi. U kishi bunday dedilar:

«فَإِنِّي نَذِيرٌ لَكُمْ بَيْنَ يَدَيْ عَذَابٍ شَدِيدٍ»

«Albatta men sizlarga qattiq azob oldidan (yuborilgan) ogohlantiruvchiman». Shunda Abu Lahab: Qo’ling qurigur, bizni shunga to’pladingmi? – dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo’ldi:

«Abu Lahabning qo’llari qurigay-halok bo’lgay! (Aniqki) u quridi-halok bo’ldi! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo’q!» [Masad 1-2]

– Muslim Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: «Allohning:

«Yaqin qarindoshlaringizni (Allohning azobidan) ogoh eting» va qabilangiz orasidagi pokiza kishilarni ham ogohlantiring oyati nozil bo’lgach, Rosululloh A Safoga chiqdilar, so’ng «yo sabohohu» (arablar omma odamlarga muhim bir ish haqida xabar berish maqsadida qiladigan nido), deya nido qildilar. Odamlar: bu nido qilayotgan kim, deyishdi. Muhammad, deyishdi va u kishining oldiga yig’ilishdi. Shunda Nabiy A: «Ey Bani falon, ey Bani falon, ey Bani falon, ey Bani Abdumannof, ey Bani Abdulmuttalib», dedilar. Ular u kishining atrofiga yig’ilishdi. U kishi: «Nima deysiz, agar shu tog’ yon bag’rida otliqlar sizga qarshi urush ochishmoqchi, desam ishonasizmi?» dedilar. Ular: sizdan yolg’on gapni eshitmaganmiz, deyishdi. U kishi:

«فَإِنِّي نَذِيرٌ لَكُمْ بَيْنَ يَدَيْ عَذَابٍ شَدِيدٍ»

«Albatta men sizlarga qattiq azob oldidan (yuborilgan) ogohlantiruvchiman», dedilar. Shunda Abu Lahab: Qo’ling qurigur, bizni shunga to’pladingmi? – dedi. Keyin u kishi o’rinlaridan turdilar va:

«Abu Lahabning qo’llari qurigay-halok bo’lgay! (Aniqki) u quridi-halok bo’ldi! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo’q! Yaqinda u va uning o’tin orqalagan, bo’ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo’lgan xotini (lovullab turgan) alangali do’zaxga kirajak!» [Masad 1-5] oyati nozil bo’ldi.

– Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud Balozuriy (vafoti 279h.) o’zining «Jumal min ansobil atrof» kitobida bunday rivoyat qiladi: Menga Muhammad ibn Sa’d va Valid ibn Solih aytib berdi, Muhammad ibn Umar Voqidiydan, u Ibn Abu Sabradan, u Umar ibn Abdullohdan, u Ja’far ibn Abdulloh ibn Abu Hakamdan rivoyat qildi: Nabiy Aga:

«Yaqin qarindoshlaringizni (Allohning azobidan) ogoh eting» oyati nozil bo’lgach, bu ish u kishiga og’ir va qiyin bo’ldi… Tong otgach, Rosululloh A Bani Abdumannofga elchi yubordilar, ular Bani Abdulmuttalibdan bir necha kishilar bilan birga kelishdi, hammalari qirq besh kishi edi. Rosululloh A ularni bir soniya to’plab turdilar, so’ng bunday dedilar:

«الْحَمْدُ لِلَّهِ أَحْمَدُهُ، وَأَسْتَعِينُهُ وَأُومِنُ بِهِ وَأَتَوَكَّلُ عَلَيْهِ، وَأَشْهَدُ أَنْ لا إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لا شَرِيكَ لَهُ»

«Hamd-sano Allohga xos, Unga hamd aytaman, Undan yordam so’rayman, Unga imon keltirib, tavakkal qilaman, Allohdan o’zga hech iloh yo’qligiga, Uning sherigi yo’qligiga guvohlik beraman». Keyin dedilar:

«إِنَّ الرَّائِدَ لا يَكْذِبُ أَهْلَهُ. وَاللَّهِ لَوْ كَذَبْتُ النَّاسَ جَمِيعًا، مَا كَذَبْتُكُمْ. وَلَوْ غَرَرْتُ النَّاسَ، مَا غَرَرْتُكُمْ وَاللَّهِ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ، إِنِّي لَرَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ خَاصَّةً وَإِلَى النَّاسِ كَافَّةً. وَاللَّهِ، لَتَمُوتُنَّ كَمَا تَنَامُونَ، وَلَتُبْعَثُنَّ كَمَا تَسْتَيْقِظُونَ، وَلَتُحَاسَبُنَّ بِمَا تَعْمَلُونَ، وَلَتُجْزَوُنَّ بِالإِحْسَانِ إِحْسَانًا وَبِالسُّوءِ سُوءًا. وَإِنَّهَا لَلْجَنَّةُ أَبَدًا، وَالنَّارُ أَبَدًا. وَأَنْتُمْ لأَوَّلُ مَنْ أُنْذِرُ»

«Albatta, etakchi o’z ahliga yolg’on gapirmaydi, Allohga qasamki, men hamma odamlarga yolg’on gapirgan taqdirimda ham, sizga yolg’on gapirmayman, odamlarni aldagan taqdirimda ham, sizni aldamayman, Undan boshqa hech iloh yo’q bo’lgan Allohga qasamki, men Allohning xususan sizga va barcha insonlarga yuborgan rosuliman, Allohga qasamki, siz xuddi uxlaganingiz kabi albatta o’lajaksiz va xuddi uyg’onganingiz kabi albatta qayta tirilajaksiz, qilgan amallaringizga albatta hisob berajaksiz, yaxshi amal bo’lsa yaxshilik bilan, yomon amal bo’lsa yomonlik bilan taqdirlanajaksiz, albatta jannat ham abadiy, do’zax ham abadiy, men birinchi bo’lib sizlarni ogohlantiryapman». Shunda Abu Tolib bunday dedi: «Sizning bizga bo’lgan yordam va ko’magingiz naqador yaxshi, qilgan nasihatingiz naqadar qabulga loyiq, so’zlaringiz naqadar rost! Ana, otangiz avlodi yig’ildilar, men ham ularning biriman, biroq men ulardan ko’ra siz istagan ishga tezroqman, bas, o’zingizga buyurilgan ishda davom etavering, Alloh qasamki, men sizni ihotalab doim himoya qilganim bo’lsin. Biroq men to o’lgunimcha Abdumannof dinidan ajralishni xohlamayman». Qavm yumshoq so’zlarni aytdi, faqat Abu Lahab bunday qilmadi. Balki u: ey Bani Abdulmuttalib, bu Allohga qasamki, yomon narsa, uni boshqalar qo’lidan tutib qolishlaridan oldin siz qo’llaridan ushlab tiyib qo’ying. Chunki sizlar uni boshqalar qo’lidan tutib qolgan vaqtda topshirib qo’ysangiz, xor bo’lasiz, himoya qilsangiz o’lib ketasiz, dedi. Shunda Abu Tolib: Allohga qasamki, to tirik ekanmiz, uni albatta himoya qilamiz, dedi».

Shunday qilib, odamlarni yig’ish va ularga xitob qilish ado etilishi lozim bo’lgan ommaviy tadbirlardan biridir.

b) Rosululloh A musulmonlarni ikki safda – birinchi saf boshida Umar turdi, ikkinchi saf boshida Hamza – boshlab chiqdilar.

– Abu Nuaym Ahmad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Ishoq ibn Muso ibn Mihron Asbahoniy (vafoti 430h.) «Hilyatul avliyo va tabaqotul asfiyo» kitobida Ibn Abbos Gdan rivoyat qiladi: Men Umar Gdan: qaysi ishingiz uchun Foruq deb nomlangansiz? – deb so’radim. U kishi aytdi: Hamza mendan uch kun oldin Islomga kirgan edi, so’ng Alloh qalbimni Islomga ochdi… Men Rosululloh A qanilar? – deb so’radim. Singlim: u kishi Arqam ibn Arqamning hovlisidalar, dedi, men o’sha hovliga bordim va: «Ashhadu an la ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rosuluh» dedim, shunda butun hovli ahli shu darajada Allohu akbar, deb yubordilarki, hatto buni masjid (Ka’ba) ahli ham eshitdi. Men: yo Rosululloh, biz o’lsak ham, tirik bo’lsak ham, haq ustida emasmizmi? – deb so’radim. U kishi:

«بَلَى وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، إِنَّكُمْ عَلَى الْحَقِّ إِنْ مُتُّمْ وَإِنْ حَيِيتُمْ»

«Ha, jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, sizlar o’lsangiz ham, tirik bo’lsangiz ham albata haq ustidasiz», dedilar. Men: u holda nega yashirinamiz? Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, siz albatta chiqishingiz kerak, dedim. Shunda, u kishini ikki saf orasida olib chiqdik, bir safga Hamza, ikkinchi safga men boshchilik qildik, biz yurganimizda (jamoatning ko’pligidan) yo’ldan chang ko’tarilar edi, yurishimizda oxir borib masjidga kirdik. Quraysh menga va Hamzaga qarashdi, shunda avval hech uchramagan g’am-tashvishga duchor bo’lishdi, shunda meni Rosululloh A Foruq (ajratuvchi) deb atadilar va Alloh haq bilan botil o’rtasini ajratdi».

Demak, namoyish-yurishlar odamlarni harakatga keltirish, Islom fikrlari va ahkomlari haqida ong bilan boyitish uchun afkori omma tadbirlariga kiradi, biz ularni bayroqlarimiz, xitoblarimiz va fikrlarimizni olib chiqish sharti bilan uyushtiramiz. Biroq boshqalarning ommaviy tadbirlarida ishtirok ham etmaymiz, ularga etakchilik ham qilmaymiz, chunki Rosululloh A o’sha yurishda musulmonlarga etakchilik qilganlaridan so’ng, musulmonlar turli etakchilikdagi boshqa harakatlarda ishtirok etmadilar, balki Rosululloh A etakchiligidagi yurishda ikki saf bo’lib chiqdilar.

2 – Endi, Xalifalik davlatini barpo etish tariqati nima, namoyish qilishmi? – deyilsa, bunga yo’q deymiz, uning tariqati yig’inlar o’tkazishmi? – deyilsa, bunga ham yo’q deb javob beramiz, konferentsiyalarmi? – deyilsa, bunga ham yo’q deymiz. Chunki bu va bunga o’xshash tadbirlar afkori ommaga taalluqli bo’lib, ular tafoul bosqichida ado etiladi, ular davlat barpo etish tariqati emas, balki davlat barpo etish tariqatini mavzuimiz boshida aytib o’tdik hamda bu tariqat nusrat talab qilish va davlat barpo etish bilan nihoya topadi.

Mavzu shu va u siz uchun yorqin bo’lgan bo’lsa kerak. Shuning uchun bizning kitoblarimiz bilan ishlarimiz o’rtasida qarama-qarshilik yo’q. Kitoblarimizdagi: konferentsiyalar, forumlar, yurishlar va namoyishlar davlat tiklashning shar’iy dalillar bilan bayon qilingan tariqati emas, degan gapimiz to’g’ri. Shuningdek: bu ishlar ommaviy tadbirlar bo’lib, ularni qodir bo’lganimizcha tartibi bilan ta’sir qilish bosqichida ado etamiz, desak ham to’g’ri gapirgan bo’lamiz, kitoblarimizdagi so’zlar bilan qilayotgan amallarimiz o’rtasida hech qanday ziddiyat mavjud emas. Siz kitoblarimizdagi bu so’zlarni ishlatilgan o’z oqimi bo’yicha, ongli aql va yorqin fikr bilan o’qimog’ingiz kerak, ana shunda bu masalalar sizga oydinlashadi, insha Alloh.

Mazkur savollar ichida kelmagan, ammo ayrim kishilar zehnida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan bir masala qoldi. U ham bo’lsa: u holda, nega Hizb oldingi yillarda konferentsiya o’tkazish yoki yurishlar uyushtirish bilan shug’ullanmagan? – degan masala.

Buning javobi ham yuqoridagi so’zlardan ayon bo’lgan. Ya’ni biz konferentsiya, namoyish va yurish kabi tadbirlarni qilish bilan faqat shartli ravishda shug’ullanamiz. Ya’ni agar bu tadbirlarga bayroqlarimiz, xitoblarimiz bilan ochiq shaklda etakchilik qilishga, boshqa bayroqlarni va xitoblarni ongsiz ravishda aralashtirmaslikka, zamon va makonni biz harakat qilayotgan maqsadga munosib qilishga qodir bo’lsak, agar shularning imkonini qilolsak, ushbu tadbirni qilamiz, bularni imkonini qilolmasak, uni qilmaymiz.

Ma’lumot uchun, oldin etmishinchi yillari ham ba’zi urinishlar qilganmiz. O’shanda Burqiba yahudiylar bilan yarashishga chaqirib, Iordaniyani ziyorat qilgan edi. Shunda Hizb Abu Ibrohim rohimahulloh amirligi zamonida delegatsiyalar tuzgan bo’lib, ularning ayrimlari yurishga o’shab ketgan. Delegatlar Ammonda bosh vazirga, Quddusi sharifda munitsipalitet rahbariga, Xalilda ham merga chiqqandilar… Men ham delegatsiyada bor edim va shuning uchun o’sha voqeada guvoh bo’lganlarimni aytib beraman:

Hizb o’z a’zolari va muayyidlariga Xalil shahrining asosiy ko’chasiga belgilangan vaqtda – ertalab 10da yig’ilishni buyurdi. Keyin hozirda buzilib ketgan Ammora munitsipaliteti chiqadigan bo’ldik. Ertalab yig’ilganimizda xavfsizlik rahbarlari etib kelishdi va o’rtamizda tortishuv yuz berdi… Muhimi, biz piyoda chiqishga qodir bo’lmadik, bizga mashinalarda chiqishga ruxsat berildi. Shunda mashinalar va avtobuslarda Ammora munitsipalitetiga bordik, sonimiz juda ko’p edi. Vazifamizni bajarib, ortga qaytdik… Shunday qilib, bu masala javobi shuki, agar bunga o’xshash tadbirlarga faqat o’zimiz etakchilik qila olsak va buni o’z faoliyatimiz uchun munosib bilsak, o’shanda ularni qilamiz, agar ularga etakchilik qilish va uyushtirishga qodir bo’lolmasak yoki ma’lum sharoitini ko’rmasak, ularni qilmaymiz.

Masalan, matbuot bo’limi tuzish ham afkori omma tadbirlaridan bo’lib, agar qodir bo’lsak qilamiz, agar qodir bo’lmasak qilmaymiz. Misol uchun, Hizb asoschisi davrida rasmiy notiq e’lon qilishimizning imkoni bo’lmagan va shu bois bu ishni qilmaganmiz. Ikkinchi amir davrida u menga Iordaniyada rasmiy notiqlik qilish vazifasini topshirdi, natijada qamoqlar mijoziga aylandim, qamoqdan chiqishim bilan tezda yana qaytib qamalardim… Biroq bugun, Allohga hamdlar bo’lsinki, bir necha bo’limlar ochdik… Bularning barchasi afkori omma tadbirlariga kiradi. Lekin kimdir bo’lim ochish Xalifalik davlatini barpo etish tariqatidanmi? – deb so’rasa, bunga yo’q, deb javob beramiz.

Endi, mavzu boshiga qaytib, quyidagi savollarni beramiz:

Yig’inlar biz ta’sir qilish bosqichida shug’ullanadigan afkori omma tadbirlariga kiradimi? Javob: ha.

Konferentsiyalar biz ta’sir qilish bosqichida shug’ullanadigan afkori omma tadbirlariga kiradimi? Javob: ha.

Biz o’z tartiblarimiz bilan boshqarayotgan namoyish va yurishlar biz ta’sir qilish bosqichida shug’ullanadigan afkori omma tadbirlariga kiradimi? Javob: ha.

Matbuot bo’limlari ochish biz ta’sir qilish bosqichida shug’ullanadigan afkori omma tadbirlariga kiradimi? Javob: ha.

Biroq quyidagi savollarni bersak:

Konferentsiyalar davlat barpo etish tariqatimi? Javob: yo’q.

Namoyish va yurishlar davlat barpo etish tariqatimi? Javob: yo’q.

Axborot bo’limlari ochish davlat barpo etish tariqatimi? Javob: yo’q.

Ma’lum bo’ldiki, birinchi savollar ta’sir qilish bosqichidagi afkori omma tadbirlari haqida, ikkinchi savollar davlat barpo qilish tariqati haqida bo’lib, ikkalasi ikkita masala, bitta masala emas va har bir masalaning javobi bor, bu ikki masala o’rtasida ham, ikkala javob o’rtasida ham ziddiyat yo’q.

Alloh Subhanahudan ushbu masalani oydin bo’lishini, hech qanday xiralik qolmasligini so’raymiz. Bu haqiqat izlab, uni topadigan va unga amal qiladigan barcha kishilar uchun, albatta. Ammo botil qidirishga urinayotgan kimsalar ham borki, ularga har qancha sharhlash va oydinlashtirishning foydasi yo’q. Chunki ular haqiqatni topish uchun botilni qidirishmaydi. Bu ikki toifa kishilar bir-birlariga batamom o’xshamaydilar.

«Alloh O’zi ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’pchiligi (buni) bilishmaydi» [Yusuf 21]

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

6 robiul-avval 1435h

7 yanvar 2014m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.