O’zbekiston taqdiri uchun kimlar ot solishmoqchi!

888
0

images (10)

G’olibbek Xolnazarov ham muammoning echimini voqelikdan qidirmoqda. Chunki bu fikr ham Karimov o’rtaga tashlayotgan echimlardan hech farq qilmaydi. U ham boshqaruv yomon, soliq masalasi, chet el investorlariga suyanish va uskunalar eskirishi muammosini oldinga surmoqda.

Birinchidan; boshqaruvning yomonligi, axir qandoq qilib mulkchiligi aniq bo’lmagan korxonaning boshqaruvini o’nglash mumkin? Buning o’rniga korxonalarni ishlariga davlat aralashmasdan, aksincha mulkchilik huquqini himoya qilib berish kerak.

Ikkinchidan; soliqqa tortish muammosi, bu – ishlab chiqarishni bo’g’ish uchun etakchi davlatlar tuzgan loyihadan iborat. Davlat soliqni yig’ish o’rniga, korxonalar ishlab chiqargan maxsulotga xorijdan bozorlar ochish uchun bitimlar tuzmog’i kerak.

Uchinchidan; chet el investorlariga suyanish ularning daromadini O’zbekiston xalqi evaziga ko’paytirishdan boshqa narsa emas. O’zbek xalqi muhojirlikda yiliga vataniga kamida besh-olti milliard dollar beg’araz investitsiya kirgizmoqda. Afsuski bu pullar yana qaytib Xitoy, AQSh va Yevropa davlatlariga ketmoqda. Qolgani esa uylar qurish uchun ishlatilmoqda. To’g’ri uy qurish yaxshi ish lekin, avvalam bor bu pullarni og’ir sanoat va yuqori texnologiyaga yo’naltirilgan bo’lganida, ana undan keyin mashina ishlab chiqarish oddiy hol bo’lar edi. Uylar qurish, yo’llarni o’nglash o’z-o’zidan bo’ladi.

Uskunalarni eskirishiga kelsak, o’zida og’ir sanoati yo’q davlatning uskunasi hech qachon yangilanmaydi, chunki, stanok ishlab chiqaruvchi davlat yangisini sotmaydi.

Xulosa shuki, bularning ikkisi ham hatto isloxotchi ham emas balki, G’arb kapitalistlarining malayi va himoyachisi xolos. O’zbekiston xalqi samarali fikrlamas ekan, qiynalib topayotgan daromadlari yana va yana qaytib G’arb kapitalistlarining cho’ntagini qappaytiraveradi. Keyin sizlar ham arab boylari kabi hatto gugurt ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish o’rniga, restoran, mexmonxona va osmon o’par binolar qurishdan nariga o’tolmaysizlar.

Kelajaginglar o’z qo’lingizda. Ota-bobolarga nazar solish, g’ururlanish uchun emas, balki namuna olish uchun kerak.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.