Och qoringa dabdaba…

632
0

Ялтада (6)

2013 yil natijalariga ko’ra, Rossiya (273,8 mln. dollar), Virgin orollari (114,3 mln. dollar) va Kipr (26,9 mln. dollar) bilan bir qatorda O’zbekiston ham Yaltaga investiya yotqizgan asosiy davlatlar qatoriga kirdi.

O’tgan yili O’zbekiston hukumati Qrimdagi “O’zbekiston” sog’lomlashtirish markazini qayta jihozlash va yangi pansionatlar tashkil etish uchun 25,4 million dollar sarflagan.

Yaltadagi “O’zbekiston” sanatoriysi Qrimda birinchilardan bo’lib ish boshlagan sog’lomlashtirish markazlaridan biridir, u o’z faoliyatini 1924 yilda Buxoro Amirligining yozgi qarorgohi hisoblanar edi. Sanatoriya O’zbekiston respublikasini shaxsiy mulki hisoblanadi.

O’zbekiston bugungi kundagi og’ir iqtisodiy holatda, aholisini aksar qismi qashshoqlik darajasida kun kechirib, qozoni oylab go’sht ko’rmay, millionlab odamlar pul topish ilinjida qo’shni davlatlariga chiqib mardikorchilik, hammolik qilib, horlik va zorliklarda kun kechirib, jasadlari tobutlarda kelayotgan bir vaqtda, ayollar esa tirikchilik uchun mardikor bozorlariga chiqib, ish izlab yurgan va hatto ilojsizlikdan o’z tanalarini sotishga majbur bo’layotgan bugungi kunda, bunday ulkan mablag’lar sarflab barpo etilgan bunday inshootlardan oddiy aholiga qanday naf bor? Oddiy aholi o’z ro’zg’oridan oshinib Yaltaga borib dam olgani yoki sog’ligini tiklash uchun borishlikka qurbi etadimi? Bunday dabdaba-yu as’asani kimga keragi bor?

Aslida har bir davlat o’z fuqarolarini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlashi, ularni o’z himoyasiga olishligi zarur bo’lgani holda, O’zbekistonda esa buni aksi bo’lmoqda. Mana shu inshootga sarflangan mablag’ evaziga zavod yoki fabrikalar qurilib, hech bo’lmaganda kundalik ehtiyojga etarli miqdorda maosh bilan ta’minlanganda, minglab odamlar ish izlab chet davlatlarga chiqishlikka, ayollar esa yo’qchilikdan foxishalik qilishlikka majbur bo’lmagan bo’lar edi. Necha yillardan beri qish oylarida elektr energiyasi yo’g’ligidan qiynalayotgan halqqa qo’shni Qirg’iziston respublikasidan elektr sotib olganda, xalqqa engillik bo’lgan bo’lar edi.

O’qituvchiyu shifokorlarni, ilm olayotgan talabayu aspirantlarni, majburiy ravishda paxta dalalariga xaydab, ularni sog’lik va ahvollariga qaramay paxta terdirib, undan kelgan daromadni o’z o’rnilariga sarflaganda, qishloq hududlarida joylashgan 60% aholi feodal tuzumi davridagidek qo’lidan ketmon, belidan etak tushmay yurmagan, o’zidan chiqqan gazni Rossiya va Xitoyga sotish o’rniga o’z halqiga berganida, qishda tug’riqxonada go’daklari sovug’dan muzlab o’lmagan bo’lar edi.

Karimovni musulmonlar elkasiga o’tkazib qo’ygan mustamlakachi davlatlar esa, moddiy manfaat turganda demokratiya, inson haq-huquqlaridan hech ikkilanmay ko’z yumishadi. Minglab odamlarni qirg’in qilinib, qamoqlarga tashlanishligi, yuzlab mahbuslarni g’ayri insoniy qiynoqlar bilan o’ldirilishligi, O’zbekistondagi tabbiy boyliklar ortida ularni ko’zlariga ko’rinmay qoladi. Demokratiya “yalovbardori” va inson huquqlari “qo’riqchisi” bo’lgan bu mustamlakachi davlatlar moddiy manfaatlarni qo’lga kiritishlik uchun o’z tamoillaridan ham voz kechishadi.

Islomda esa har-bir shaxsni asosiy ehtiyojlarini ta’minlash davlatning bo’ynidagi vojib vazifa bo’lib, jamiyatdagi barcha insonlarni asosiy extiyojlari to’la qondirilmay turib, kamoliy extiyojlariga bir tiyin ham sarflanmaydi. Ishsizlik muammosini hal qilishlikda shaxsni holatiga qaraydi, agar hunurmand bo’lsayu ammo dastmoyasi bo’lmasa baytulmoldan unga dastmoya ajratib beradi.

Xazrati Umar (r.a) Iroqdagi musulmonlarga qaytarib bermaslik yo’li bilan bug’doy bergani singari. Svet, gaz va neft singari umumahalq mulki bo’lgan boyliklariga yakka shaxslar egalik qilishlariga yo’l qo’ymaydi. Bu boyliklardan tushgan kirimni Xalifa o’z ijtihodiga muvofiq Ummatga manfaati bor deb bilgan o’rinlarga sarf qiladi.

Islom molni barcha fuqaro o’rtasida aylanib yurishini vojib qilib, bir guruh odamlardagina cheklanib qolishini taqiqlaydi. Alloh Taolo aytadi:

كَيْ لاَ يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ „

Toki sizlardan boy-badavlat kishilar o’rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo’lib qolmasin uchun”. [59:7]

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.