“Adolat ittifoqi” faoli Abdulloh Gappaevning dafn marosimi

490
0

000

Alhamdu lillahi Robbil a’lamin. Va ashabil ajma’in. Ammo ba’d. Hurmatli birodarlar! Bugun biz eng yaxshi musulmonlardan biri bo’lgan birodarimizni so’nggi yo’lga kuzatdik. U o’z xarakati va tirishqoqligi bilan bu Ummatga yaxshilik qilish yo’lida hamda jamoatchilik tadbirlarini o’tkazishlikda yordamlashar edi. “Adolat ittifoqi” o’tkazgan tadbirlarda ham yordam berishlikka xarakat qilar edi. Maxachkalada bo’lib o’tgan Qurbon xayiti va yaqida bo’lib o’tgan Ramazon xayitida va boshqa tadbirlarda juda tirishqoqlik ko’rsatar edi. Hamda ko’p vaqtini dinga, dinni o’rgananishga va unga da’vat qilishga bag’ishlar edi. Doimo ochiqko’ngil,mexmondo’st, o’ziga xos kamyob hususiyatlaridan biri har doim o’z muammolaringizni ko’tarib kelishingiz mumkin edi. Biz uning tabassumini umrimizni oxirigacha unutmaymiz, Insha Alloh. Biz uni unutmaymiz va boshqa birodarlarimizni sog’ingan kabi uni ham sog’inib yashaymiz. Ammo Buyuk Alloh Subhanahu va Taolloh barchasini O’zi hal etadi. Biz faqat Unga itoatkor qullarmiz. U har birimizga ajal muddatini belgilab qo’ygan.

Oyat:” Har bir jamoat uchun ajal bordir. Bas, qachonki ularga ajallari kelsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar”.

Shuning uchun ham biz Allohning irodasiga rozilik bilan itoat qilamiz va aytamizki;

Oyat; “Barchamiz Allohnikimiz va Uning xuzuriga qaytuvchilarmiz. Va yana aytamizki Bizlarga yolg’iz Allohning O’zi kifoya qilguvchidir va zolimlarga, dushmanlarga qarshi Allohni O’zi kifoya qiladi”.

Bu jirkanch qotillikni faqatgina Buyuk Allohdan, Uning qudratidan va xisobidan qo’rqmaydigan, ehtimol dinsiz qo’llargina amalga oshirishligi mumkin. Lekin musulmonlarni o’ldirayotgan, nima uchun o’ldirayotgani tushunarsiz, balki ular Haqqa chaqirgani va haqiqatni aytishdan qo’rqmaganliga uchun o’ldirishayotgandir. Agar bu musulmonlarni o’ldirayotganlar onalar yig’isini va bu odamni yo’qotgan do’stlarini nolalarini eshitishganda hamda eng asosiysi ular o’zlari sodir etgan inoyatlari uchun Allohni jazolashini bilishganida edi, ular hech qachon bunday ishni qilishmas edi, Vallohu. Ammo bugun shunday zamonki, bu fitna vaqti.

Ammo biz payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning oxirgi zamon belgilaridan bashorat bergan hadisi;” O’ldirilgan musulmon nima uchun o’ldirilganini o’zi ham bilmaydi” deganini anglab etmayapmiz. Haqiqatda xozir shunday vaqt keldi.

Buyuk Alloh Qur’onda O’zining haqiqiy erkaklari va qullari haqida aytadi, a’uzu billahi minashshaytonir rojim: “Alloh bizni robbimiz degan va so’ngra haq din ustida sabot bilan turganlar Alloh farishtalarini nozil qiladi va ular aytadiki “qo’qmang va g’amgin bo’lmang, ularga va’da qilingan jannat xush xabarini etkazing”. Ey birodarim bu so’zlar bugun senga atalgan. Bugun senga Alloh farishtalarini jshnatdi va ular senga “qo’rqma va g’amgin bo’lma” deyishdi, sen shahidsan, hamda seni jannat yaxshiliklari kutib turipti va sen yaxshi holatdasan insha Alloh. Biz sen uchun xursandmiz. Allohning, Islomning va musulmonlarning dushmanlari bilib qo’yishsinki ular mana shunday ishlari bilan Allohning ustidan g’alaba qilamiz deb o’ylashyapti.

Ammo Alloh aytadiki “Vallohu xoyrun makirin” – Alloh makr qilguvchilarni yaxshirog’idir. Ammo ular o’zlarini tor fikrlari bilan qarashadi va barchasini qamrab olganmiz deb o’ylashadi. Lekin ular Allohning qudrati va hikmatini anglab etishmagan. Barcha narsani U hal etadi. Aksincha Alloh uning o’rniga undan ham yaxshiroq, Islom Ummatini g’amini eydigan odamlarni keltirib qo’yadi, insha Alloh. Ular bizni yana ham ko’proq jipslashtirishadi. Ular bizni silkitib yuborishadi va uyqudan uyg’otishadi, insha Alloh. Chunki bu va boshqa birodarlarimizni o’limi bizlarga bu hayotni o’tkinchi va qisqaligini eslatib turipti. Yaqindagina biz u bilan uchrashgan, kulishgan, din va Ummat muammolari va bundan keyin nima qilish hususida gaplashgan edik. Bugun esa u bizlarni oramizda yo’q. Birodarlar barchamiz o’lim sharbatini totguvchidirmiz.

Buyuk Alloh aytadi” Har bir jon o’lim sharbatini totguvchidir”.

Hamda qabristolarga kelishlik o’zi uchun o’lim haqida ibrat olishlikdir. Shuning uchun ham bizlar bundan o’zimiz uchun saboq olishimiz kerak. Bizlarni birlashishlik, dinni maxkam ushlashlik va avvalgidan ham ko’proq din uchun vaqt ajratishlik vaqti kelmadimi!? Bizlarni ham o’lim kutib turipti. Ammo bu birodarimiz vaqt ajratganligani va vaqtni yo’qotib qo’yishlikdan qo’rqqanligini men bilaman. U xatto uyida biror ish qilishga ham ulgurmas edi. Shuning uchun ham bundaylarni Alloh bunday fitna zamonidan O’z xuzuriga chaqirib oladi. Agar bizlar ham go’zal oqibatni xohlaydigan bo’lsak Alloh yo’lida yanada ko’proq xarakat qilishligimiz zarur. Aks holda Alloh bizlarni bu dunyoda ham, Oxiratda ham xor qilib qo’yadi. Alvido bizlarni qadirdon birodarimiz. Biz seni unutmaymiz. Alloh bizlarni sen bilan birga jannatda payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va taqvodorlar bilan birga qilsin, Amin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.