Devor azizmi yoki odam?

407
0

 

Bundan bir hafta oldin melodiy hisob bo’yicha 2014 yil kirib keldi. Dunyoda mavjud boshqaruv sistemalarining odatiga kӯra, har yilning oxirida idora va korxonalar, ijtimoiy muassasa va davlat hamda nodavlat tashkilotlar yillik hisobotlarini ӯzlariga tegishli mahkamalarga topshiradilar. Matbuot va axborot vositalari xodimlari esa ham ӯz boshliqlari va ham el oldida bir yil davomida qӯlga kiritilgan yutuqlar va erisha olmagan ishlari hususida ma’lumot beradilar. Amerikaning maskarad niqobi bӯlmish “EvroNews” telakanali ham bir yil mobaynida sodir bӯlgan hodisa va voqealar tӯg’risida gapirib ӯtdi. Avval siyosat bobi boshlandi, unda ikki ayol galma galdan vaziyatlar xususida sharh berishdi. Ulardan biri dedi:- “Ӯtgan 2013 yil insoniyat uchun eng qayg’uli yillardan biri bӯldi. Chunki ӯtgan yilda dunyoning turli burchaklarida terroristik-ekstremistik guruhlar aybi bilan qonli tӯqnashuvlar bӯli ӯtdi. Eng achinarlisi bu urushlarda asosan oddiy xalq, ya’ni asosiy qismi bolalar, ayollar va qariyalardan iborat odamlar azob chekishdi. Hususan Yaqin Sharq davlatlarida bir necha guruh ӯz manfaati yo’lida bir qancha shaharu qishloqlarni er bilan yakson qilishdi. Bu juda ham achinarli hol bӯlib kelgusi yilda vaziyat ijobiy tomonga buriladi deb umid qilamiz….”, – dedi xolos!

Kӯrsatuvni madaniyat sahifasida bӯlsa Italiyadan turib bir jurnalist qiz qӯlida mikrofon, kӯzlari yoshga tӯlib (xoh ishoning, xoh ishonmang) bir yiqilay-yiqilay deb turgan devor ostida turib baland ovozda faryod soldi:- “ Ey dunyo ahli , siznig yordamingiz kerak, biz fursatni boy beryapmiz. Mana bu bizning sharafimiz bӯlmish tarixiy obida tamomila qulab tushishiga oz qoldi. Tez muddatda hammamiz bir bӯlib chora kӯrmasak bӯlmaydi…Agar mabodo devor qulab tushgudek bӯlsa, hech ӯylab kӯrdingizmi biz kelajak avlod oldida nima degan odam bӯlamiz. Biz bunday buyuk narsamiz, tariximizning bir parchasi bӯlmish ushbu obidani saqlamasak, farzandlar bizlarni aslo kechirmaydilar… Kimki tarix xazinasiga ӯz salmog’ini qӯshmoqchi bӯlsa va bolalarimiz kelajagi uchun befarq bӯlmasa, iltimos ӯzining hissasini qӯshsin. Mana shu adresga yordam pullarini jӯnatishingiz mumkin…..”

Agar islomiy dunyo qarash va aqidaga asoslanib baho beradigan bӯlsak, bu ikki xabar naqadar adolatsizdir. Musulmon odam bir muammoga yӯliqgudek bӯlsa, yoki ikki yo’l oldida turib unga birini tanlash imkoni ixtiyori berilsa, darhol Shar’iy hukm, ya’ni Qur’onu Sunnatdan echim izlaydi. Mazkur devor tarixda ӯtgan ayonu ashrofning eskirgan imorati ekan, ya’ni bir oddiy toshdan iborat devor. Toshlarning eng afzali va azizi bӯlmish Ka’baning oldiga borib, Payg’ambar alayhissalom unga muborak peshonalarini qӯyib, ӯpib: – “Ey qora tosh, sen naqadar buyuksan va naqadar xushbӯysan. Lekin bir mӯminning daxlsizligi Alloh nazdida sendanda buyukrog’u azizroqdir”, – deganlar.

Dunyoda bir mӯmin emas, balki millionlab e’tiqod ahli kufr iskanjasida azob chekishmoqda. Xoh Mashriqu xoh Mag’ribga qarang, musulmonlar kӯz kӯrib quloq eshitmagan qiynoqlar bilan zulmlanishmoqda. Mӯ’tasim bir muslima ayol nomusini himoya qilish uchun lashkar torgan bӯlsa, bugungi kunda bizlarning son-sanoqsiz onalarmiz, opa-singillarimiz nomahramlar tomonidan tahqirlanmoqdalar. Holbuki ular (ayollar) musulmon er kishi asrab avaylaydigan nomus hisoblanadi. Bizlar turli fitnalarga aldanib, bir-birlarimizdan uzoq bӯlmasligimiz lozim. Chunki Payg’ambar (sollallahu alayhi va sallam) – “Avvalgi ummatlarning bir-birini yomon kӯrish kasalligi sizlargacha ӯrmalab kelgan. Bir-birini yomon kӯrish holiqadir, ya’ni olib, qirib tashlovchidir. Men sochni olib, qirib tashlovchi deyayotganim yӯq, men dinni olib, qirib tashlovchi deyapman”-deganlar. (Zubayr r.an. rivoyati). Biz Rasulalloh(sollallahu alayhi va sallam) buyurgan narsaga amal qilib, qaytargan narsalaridan qaytsak, albatta ikki dunyoda ham aziz bӯlamiz. Bӯlmasa, dushmanlarimiz bizlarga och qolgan vaxshiy ‘ayvonlardek tashlanib, ham dunyo va ham dinimizga zarar keltiradilar. Chunki tarqoqlikda yaxshilik yӯq. Mana bu ahli kufrning maskarad niqobida tabassum qilib va yo hamdardlik bildirishidan foyda yӯq. Biz vaqtimiz, ilmimiz, molu jonimiz bilan Allohning dinini oliy bӯlishligiga haris bӯlmog’imiz shart. Islom dini saltanatsiz, Xalifalik davlatisiz aslo oliy bӯlmaydi. Agar shu hol davom etaversa, kufr ahli ӯzining zug’umini yanada kuchaytiradi-da, bizlarni hatto bir toshchalik ham qadrimiz qolmaydi.

Endi aziz muxlis, ӯzingiz xulosa qiling, ayni paytda odam azizmi yoki devor!?

Siddiqa.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.