“Konstitutsiyaning manbasi Qur’ondir”, degan modda olib tashlandi

658
0

загруженное (5)

Tunis deputatlari ta’sis milliy majlisida yangi konstitutsiya ustida ish olib borar ekan, konstitutsiyaning 1 moddasi, ya’ni “Tunis konstitutsiyasining manbasi Islomdir”, degan moddani olib tashlashdi va bundan buyon Qur’on Tunis Konstitutsiyasi uchun manba sifatida qo’llanilmasligini bildirishdi. Deputatlarga ko’ra, Konstitutsiyasi uchun Qur’onning manba sifatida qabul qilinishi demokratiyaga ziddir.

Shanba kuni amalga oshirilgan yig’ilishda konstitutsiyaning tayyorlanishiga Islomning manba bo’lmasligiga qaror qilgan deputatlar “Tunis davlatining rasmiy dini Islomdir”, degan moddaga tegmadilar. Ammo Musulmon bo’lmagan fuqarolarning yangi erkinliklari tan olinishiga urg’u berishdi.

Ba’zi deputatlar Islom qonunlaridan dastak olishni olishni olg’a surishdi. Ammo demokrat deb tanilgan boshqa deputatlar “Islom qonunlari zamonaviylikka zid” ekanligini da’vo qilib, buni rad etishdi.

146 bo’limdan iborat yangi konstitutsiya 14 yanvar kuni tasdiqlanishi kutilmoqda. 14 yanvar kunida Tunisning sobiq prezidenti Bin Ali Arab bahori tufayli Saudiyaga qochgan edi.

Islomning konstitutsiyadan chiqarib tashlanishligi demokratiya sari tashlangan qadam sifatida ko’rilmoqda.

Yangi konstitutsiya qabul qilinishi uchun majlisning uchdan ikki qismi, ya’ni 217 deputat ma’qullashi lozim. Aksincha, buning uchun xalq orasida referendum o’tkaziladi. Ammo shu onga qadar kuzatilgan siyosiy vaziyatga ko’ra, deputatlarning aksariyati yangi konstitutsiyani ma’qullaydilar.

Turkiston: Tunis deputatlarining tashabbusi bilan Islomiy qonunlarning asosi bo’lgan Qur’on va sunnat bundan so’ng Tunis konstitutsiyasining manbasi sifatida qo’llanilmaydigan bo’ldi. Aslini olganda Tunis konstitutsiyasining 1 moddasida “Tunis konstitutsiyasining manbasi Islomdir”, deb yozilganiga qaramay, shu vaqtgacha bu moddaga zarracha amal qilingan emas. Bugunga kelib bu modda ochiq suratda olib tashlandi.

Bu majlis Ummat hazoratiga begona bo’lgan va Ummat talablariga javob bermaydigan bir konstitutsiyani ishlab chiqdi. Bu konstitutsiya siyosiy, saqofiy va iqtisodiy mustamlakachilikni yanada mustahkamlaydi. Tunisning islomiy o’zligiga qaytishiga, islomiy aqida hayot asosi bo’ladigan, ishlar o’lchovi halol va harom bo’ladigan farovon islomiy hayotga to’siq bo’ladi.

Demak, yangi konstitutsiyaga ko’ra, muslima ayol uchun kofirga turmushga chiqish huquqi beriladi hamda ota­onani o’z farzandlariga odob berishdan man qilinadi. Chunki yangi konstitutsiya shaxs erkinligini himoya qiladi va hokazo…

Muborak qo’zg’olonlar Tunisda boshlandi, unda Ummat Bin Ali boshqaruviga chek qo’yish uchun duch kelgan qatl va qiynoqlarga qaramay ko’chaga chiqdi. Diktator Ben Ali kursini tashlab qochishga majbur bo’ldi. Lekin uning ketishiga qaramay rejim o’zgarmadi. Ben Alini o’rnini egallagan izdoshlari o’z qiyofalarini o’zgarib, Ummatni fuqarolik davlati bilan aldamoqda.

Ummat biror g’alabaga erishdi deguncha, G’arb va uning malaylari unga chirmovuqday yopishib olishib, bu g’alabasini zaharlashga kirishadi. Arab bahori musulmonlar foydasiga hal bo’lishiga ko’zi etgan G’arb bu qo’zg’alonni o’g’irlash payiga tushdi va Tunis, Misr va Liviyada buni epladi.

Ummat aldanmasligi va fuqarolik davlati – bu bir necha yillardan beri Ummatni zulmda ushlab kelayotgan rejimlar kiyib olgan niqob ekanini anglashi lozim. Islomiy Ummat xaqiqiy ozodlik insonlar boshqaruvidan ozod bo’lib shariat boshqaruviga bo’ysunishda ekanini anglamog’i lozim. Musulmonlar xaqiqiy adolatga faqat Allohning shariatini tatbiq qilish bilan etadi va izzat-sharaf yo’liga Allohga bo’ysunish orqali erishadi. Adolat, baxt-saodat va barqarorlik faqat bitta ish bilangina, ya’ni Islom dasturini amalda tatbiq qilish, Tunis yo Misrning eski dasturlarini esa uloqtirib, Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritish bilan amalga oshadi.

Qiyomuddin

06/01/2014

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.