Misrda muvaqqat prezident qasamyodga keltirildi

287
0

dempsi

Misr Konstitutsiyaviy sudi raisi Adli Mansur muvaqqat prezident sifatida payshanba kuni qasamyodga keltirildi. 04.07.2013 Payshanba kuni qasamyodga keltirish marosimida so’zlagan Adli Mansur prezident Mursiyni hokimiyatdan chetlatishda muhim rol o’ynagan ommaviy norozilik ishtirokchilari va harbiylarni maqtab: – Misrliklar, birgina etakchiga “sajda qilmasdan” 2011 yilgi inqilob ideallariga sodiq qolishi kerak. Inqilob ruhi davom etishining kafolati inqilob qadriyatlari saqlanib qolishiga umid qilishimizdadir. Bu qadriyatlarning asosiysi etakchiga sajda qilish va undan yarim-ilohiy mahluqni yaratishga chek qo’yishdir- dedi muvaqqat prezident. U shuningdek, Mursiy doxil Musulmonlar birodarligi tarafdorlari ham xalqning bir qismi ekani va “mamlakatni qurishda” ishtirok etishlari mumkin – deya qo’shimcha qildi.

Lekin payshanba kuni davlatga qarashli MENA agentligining xabar qilishicha, islomchi partiyaning etakchilaridan Muhammad Badie va uning muovini Xayrat al-Shater tinch namoyishchilarni o’ldirishga chaqirganlikda ayblanmoqda.

Hokimiyat almashgani to’g’risidagi e’lon Qohiraning Tahrir maydonida olqishlar bilan kutib olindi. O’tgan tunda millionlab misrlik Mursiyning hokimiyatdan ag’darilganini bayram qildi. Mursiy va u doxil Musulmonlar birodarligi partiyasi chorshanba kungi hodisani “harbiy to’ntarish”, deya atamoqda.

Abdulfattoh al-Sisi Misr konstitutsiyasi vaqtincha bekor qilinishi va mamlakatda yangi prezident saylovi o’tkazilishini e’lon qildi. Chorshanba kuni televidenie orqali qilgan chiqishida Al-Sisi: Mursiy “xalq talablariga javob bera olmadi”- deya ta’kidladi. Musulmonlar birodarligi partiyasi matbuot vakili Mursiy o’zining 12 yordamchisi bilan uy qamog’iga olinganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Qohira va boshqa shaharlarda islomchilar tarafdorlari namoyish o’tkazayotgan hududlar harbiy texnika va qo’shinlar tarafidan qurshab olingan. Shunga qaramay bir nechta shaharda to’qnashuvlar ro’y berdi. Islomchilar tarafdorlari politsiyaga qarata o’t ochgani oqibatida kamida to’qqiz kishi halok bo’lgani xabar qilinmoqda.

Mursiy 2012 yil 30 iyun kuni o’tkazilgan prezident saylovida hammani demokratiyadan yuz o’girgandan keyingi vaqtlardagi Misrning demokratik yo’l bilan saylangan birinchi rahbari bo’ldi deb baholashgan edi. U 2011 yilda arab bahori inqilobi natijasida Husni Muborak rejimi ag’darilishi ortidan prezident etib saylangan edi. Mursiyning hokimiyati mamlakatda siyosiy beqarorlik va iqtisodiy tanazzulga to’g’ri keldi deb uni oqlashga urishishyapdi.

Payshanba kuni jahon hamjamiyati Misrdagi voqealarga munosabat bildira boshladi: Parda ortidan hammma ishni boshida turgan AQSh Prezidenti Barak Obama: hokimiyat harbiylar aralashuvida almashganidan “chuqur tashvishda” ekanini bildirdi va Vashington Misrda tez orada demokratik yo’l bilan saylangan hukumat o’z ishini boshlashiga umid qilishini bayon qildi. Obama o’z ma’muriyati Misrga ko’rsatiladigan yordam masalasini ko’rib chiqayotganini qo’shimcha qildi. Bu bilan demokratiyaga odamlarni qaytarishni, hamda Misr xalqida e’tibori pastlab ketgan muxolifat etakchisi Muhammad Baradiyni “qahramon”ga aylantirishni maqsad qilgan Obama yana bir bor Misr xalqini aldamoqchi.

Demokratiyadan hammani yuz o’girganini xis qilayotgan Devid Kemeron misrliklarni demokratiya yo’lidan borishga chaqirdi: – Biz hech bir mamlakatda harbiy aralashuvni qo’llab-quvvatlamaymiz. Lekin hozir Misrda demokratiya ravnaq topishi va haqiqiy demokratik hokimiyat almashinuvi amalga oshishini istaymiz. Bu jarayonda barcha taraflar ishtirok etishi kerak, Britaniya va ittifoqchilarimizning misrliklarga aniq aytadigan gapi shu – dedi, Britaniya rahbari. BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun tomonlarni “tinchlik, zo’ravonlikdan tiyilish, muloqot va bosiqlikka” chaqirdi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo’yicha oliy komissari Ketrin Eshton barcha taraflarni “zudlik bilan demokratik jarayonga qaytishga” chaqirdi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Guido Vetservelle o’z mamlakati Misrdagi vaziyatni “yaqindan katta tashvish bilan” kuzatayotganini bildirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi barcha misrliklarni “bosiqlik va zo’ravonlikdan tiyilishga” chaqirdi.

Arab davlatlarining aksari Mursiyning hokimiyatdan chetlatilishini olqishladi.

Isroil Misrda ro’y bergan hodisalar borasida munosabat bildirishdan tiyilib turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.