Dushanbe ham Kiev yo’lini tanlamoqda

574
0

Душанбе Киев

Qirg’iziston ortidan Tojikiston ham Bojxona ittifoqiga (BI) a’zo bo’lishda shoshilmaslikka qaror qildi. Bunga ro’y berishi mumkin bo’lgan iqtisodiy va siyosiy xavf-xatarlar asosiy sabab bo’ldi. Taxlilchilarni hisoblashicha esa, aslida O’rta Osiyo davlatlarini ittifoqqa qo’shilishda shoshilmasliklari va ikkilanishlariga shunchaki extiyot chorasi ko’rish emas, balki ittifoqdan imkon qadar ko’proq daromad undirish istagi sabab bo’lmoqda.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichlar tomonidan erishilgan kelishuv Bojxona ittifoqi atrofidagi vaziyatni o’zgartirib yubordi. Rossiya sobiq sho’rolar respublikalari bilan yaqinlashish uchun moliyaviy qurbonliklarga (ma’lumki Ukraina uchun gazni narxi sezirarli tushirildi va 15 milliard dollarlik imtiyozli kredit oldi) tayyor ekanligiga ishonch xosil qilgan, avval BI qo’shilish harakatida bo’lgan Bishkek va Dushanbe o’z mavqelarini qayta ko’rib chiqdilar.

Tojikiston ham xuddi Qirg’iziston singari BI qo’shilish uchun arizani ikki yil oldin bergan edi. Ammo, faqat ittifoqqa Qirg’iziston qo’shilganidan so’ng Tojikiston ham Rossiya, Belorussiya va Qozog’iston iqtisodiy birlashmasiga to’laqonli a’zo bo’la oladi. Tashkilot talablaridan biri ittifoqqa a’zo davlatlar bilan umumiy chegaralarni bor bo’lishligidir. Xozircha Armaniston uchun imtiyoz berilgan. Biroq, xozirgi vaqtda Qirg’iziston ham, Tojikiston ham BI qo’shilishda ayrim imtiyozlar olishni xohlashayotganini bildirishmoqda. Birinchi navbatda iqtisodiy. Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev, “Qirg’izistonni Bojxona ittifoqiga qo’shilishida milliy manfaatlarni e’tborga olish zarurligini” ochiq aytdi. Xuddi shunday fikrlar Dushanbe tomonidan ham bildirilmoqda. Tojikiston parlamenti deputati Suhrob Sharipov, Tojikiston uchun BI a’zo bo’lishda shoshilish kerak emasligini ma’lum qildi. Uni so’zlariga ko’ra, buni bosh sababi shundaki, mamlakat byudjetini katta qismi bojxona yig’imlari hisobiga to’g’ri keladi. “Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari: YevroOsiyo integratsiyasini siyosiy, iqtisodiy va gumanitar jihatlari” nomli konfeentsiyada so’zga chiqqan Sharipov “Shoshlish respublika ziyoniga bo’lishi mumkin. Bizda Qirg’izistonni Bojxona ittifoqiga qo’shilish jarayonini baxolash va uni tajribasini o’rganish imkoni bor”, – dedi. Uning so’zlariga ko’ra, Tojikistonda xujjatlarni tayyorlash uchun bir necha yil qo’shimcha vaqt bor. Bu vaqt mobaynida respublika Tojikistonni boshqa mamlakatlar bilan bog’lovchi temir yo’l qurishi zarur. “Bizlar bundan buyon ko’zlarni yumib olib har xil birlashmalarga qo’shilishimiz kerak emas. Dushanbe har qanday ittifoqlarga a’zo bo’lganida kelishi mumkin bo’lgan barcha tahdid va xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur. Oddiy bir rossiyalikni (“Nasha Rasha”dagi Jamshid va Ravshan obrazini nazarda tutib) Tojikistonga nisbatan munosabatini ko’ring. Rossiyaliklar bizni u erda quchoq ochib kutishyaptimi? Albatta yo’q”,- dedi Sharipov. Uning fikriga ko’ra, “Rossiya o’zi hukmronlik qilayotgan joyda barcha narsa yaxshi bo’lishini isbotlashi kerak”. Sharipov, “Markaziy Osiyo davlatlarida integratsiya jarayoni uch yoqlama va to’rt yoqlama yo’nalishda rivojlanmoqda, bu erda Xitoy, Pokiston, Xindiston va Eron davlatlari ham bor”ligini eslatib o’tdi. “Ko’plab davlatlar Markaziy Osiyoni turli ittifoqlarga tortishlikka harakat qilmoqdalar”, – dedi deputat.

Mana shu konferentsiyada ishtirok etgan Rossiyani Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov, Moskva Markaziy Osiyodagi o’zining hamkorlarini BI qo’shilishga majburlamasligini ma’lum qildi. YevroOsiyo integratsiyasi loyihasini tanqid qilgan mahalliy taxlilchilarga javoban elchi, Tojikistonga iqtisodiy samaralarni baxolash uchun uni barcha salbiy va ijobiy tomonlarini o’rganib chiqishni taklif qildi. “Rossiya, Qozog’iston va Belorussiya bilan birlashishni xohlamaysizlarmi, bu sizlarni huquqlaringiz”, – dedi Lyakin-Frolov Tojikistonni Bojxona ittifoqiga qo’shilish masalasida g’azabga to’lgan taxlilchilarni tinchlantirib.

Markaziy Osiyo va O’rta Sharq bo’yicha taxlilchi Aleksandr Knyazev Tojikiston deputati Suhrob Sharipov bayonotini, Bishkekda prezident Almazbek Atambaev va iqtisodiyot vaziri Temir Sarievni Bojxona ittifoqiga qo’shilish to’g’risida bergan bayonotlari bilan bir qatorga qo’ydi. “Bu Rossiyaga qarshi umumiy zarba. Deputatlar, vazirlar va prezidentlar bilan bir qatorda Qirg’izistonda ham, Tojikistonda ham G’arb grantlari hisobiga yashovchi ko’plab jamoatchi arboblar bor. Meni o’ylashimcha, garchi u erda vaziyat to’la xal bo’lmagan bo’lsada, biz Ukraina uchun qasos olish ishi bilan to’qnash kelib turibmiz. Kievda kurash nihoyasiga etganini tushinmay, Bishkekda va hatto Dushanbeda evaz olish o’yini boshlanib ketdi”, – dedi Knyazev “Nezavisimaya Gazeta”ga bergan intervyusida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.