Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati yurtning turli tomonlarida «Amerika hukmronligiga chek qo’ying, uning bazalari va elchixonalarini yopib tashlang» nomli namoyishlar o’tkazdi

347
0

01

Matbuot bayonoti

 

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

 

Amerikaning mintaqa ustidagi hukmronligiga chek qo’yishga da’vat qilish uchun Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati yurtning turli tomonlarida namoyishlar o’tkazdi. Namoyishlarda yuzlab odamlar qatnashdilar hamda «Yurtimizdagi qator portlashlar, xavfsizlik va barqarorlikning buzilishi… kabi ishlar ortida Amerika va xoin hokimlar turishibdi, birdan-bir echim Xalifalik davlati», «Amerika hukmronligiga chek qo’ying, uning bazalari va elchixonalarini yopib tashlang» kabi shiorlar yozilgan plakatlar ko’tarib chiqildi.

Namoyishchilar yurtda tobora mustahkamlashib borayotgan Amerika hukmronligiga bo’lgan nafratlarini izhor qildilar hamda qurolli kuchlardagi muxlis zobitlardan Amerikaga qarashli barcha elchixonalar, konsulliklar, bazalar va josuslik idoralarini yopib tashlash, amerikalik mas’ullar, diplomatlar, harbiylarni quvib chiqarish bilan Amerikaning bunday fitna urushiga chek qo’yishni talab qildilar.

Shuningdek, namoyishchilar zobitlardan Alloh Subhanahuni va Rosuli Ani rozi qiladigan o’z shar’iy burchlariga vafo qilishni talab qildilar. Zero, ularning shar’iy burchlari yurt va uning ahlini himoya qilish, yurtdagi siyosiy va harbiy etakchilikdagi xoinlarni ag’darish, Xalifalik davlatini tiklash yo’lida Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishdan iborat.

Namoyishga chiqqanlar Amerika hukmronligiga chek qo’yish va Xalifalik davlatini tiklash yo’lida o’zlarining fikriy va siyosiy kurashlarini davom ettirishga qattiq bel bog’laganlarini bildirdilar hamda bu yo’lda har qanday mashaqqatni ko’tarishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot bo’limi

Twitter: http://twitter.com/htmediapak

Facebook: http://www.facebook.com/pages/Naveed- Butt-Media-Office-HT/116266191744214

e-mail: htmediapak@gmail.com

Webpage: www.hizb-pakistan.com

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.