Suriya Ozod Armiyasi tarqatib yuborilishi mumkin.
Arab matbuoti ma’lum qilishicha, bunga sabab, «Jabxat ul-Islom» erishayotgan zafarlaridan farqli o’laroq, mazkur qismning xarakatlarida xech qanday natijaning yo’qligida.
Bundan tashqari, Suriya Ozod Armiyasiga horijiy harbiy yordam deyarli etkazilmayapti.
Shu vaqtning o’zida «Jabxat ul-Islom» AQSh bilan muzokaralardan bosh tortdi. Buning sababini tashkilot vakillari tushuntirib o’tirmadilar. Avvalroq AQSh mazkur tashkilot bilan muzokaralarga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan.
Eslatib o’tsak, noyabr oyida «Jabxat ul-Islom» rahbariyati Suriya Ozod Armiyasi va uning ortida turgan Milliy koalitsiya bilan aloqalarni to’liq uzgani haqida bayonot bergan edi. Mujohidlar ularni Suriyada Shariat asosida boshqariluvchi Islomiy Davlat tiklashlik uchun kurashishlikka chaqirgan.
Dekabr oyining boshida «Jabxat ul-Islom» bir qancha katta miqdordagi qurol saqlanuvchi omborlarni qo’lga kiritgan.