Muhammad surasining Badr jangidan keyin nozil bo’lganining dalillariga oid savolga javob

654
0

images (4)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Muhammad surasining Badr jangidan keyin nozil bo’lganining dalillariga oid Murat Eroğluning savoliga javob:

Savol: Assalamu alaykum, mening savolim quyidagicha:

Shayx Nabahoniy  «Muhammad surasining to’rtinchi oyati Badr jangidan oldin nozil bo’lgan» deb aytadi. Buning qanday dalili bor? Ko’pchilik bu oyatni Badr jangidan keyin nozil bo’lgan deb aytadi. Buni sharhlab bersangiz men xursand bo’lar edim.

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh…

Menga savolingizning turk tilidagi matni etib keldi, savol arab tiliga tarjima qilinganidan keyin men unga javob berdim.

Javob turk tiliga ham tarjima qilindi. Javob quyidagicha: Birinchi: Siz so’ragan oyat Muhammad A surasidagi ushbu oyatdir:

«Bas, (ey mo’minlar), qachon sizlar (jang maydonida) kofir bo’lgan kimsalar bilan to’qnashganlaringizda bo’yinlariga uringiz – o’ldiringiz! Endi qachon ularni(ng ko’plarini) qirib (mag’lub qilganingizdan keyin ularni asir olib) arqonlar bilan bog’langiz! So’ng yo (ularni ozod qilib yuborish bilan) marhamat ko’rsatasizlar yo (ularni qo’yib yuborish uchun) fidya-tovon olasizlar, toki urush yuklarini qo’ygunicha (ya’ni to’xtagunicha sizlarga buyurilgan ish) mana shudir. Agar Alloh xohlasa ulardan (jang-jadalsiz ham) g’olib bo’lar (ya’ni ularni yo’q qilib yuborar) edi, lekin U zot sizlarning ayrimlaringizni ayrimlaringiz bilan imtihon qilish uchun (sizlarni jangga buyurdi). Alloh yo’lida o’ldirilgan zotlarning amallarini U zot hargiz zoe ketkizmas» [Muhammad 4]

Muhammad A surasi Badr jangidan oldin nozil bo’lgan. Buning dalili quyidagicha:

1 – Rosululloh A Badr kunida asirlar haqida hukm qilgan. Bu esa asirlar haqidagi hukm nozil bo’lganini anglatadi. Chunki Rosululloh A vahiy tushishidan oldin hukm qilmaganlar.

2 – Qur’oni Karimda asirlar haqidagi hukm faqat Muhammad A surasida kelgan.

«So’ng yo (ularni ozod qilib yuborish bilan) marhamat ko’rsatasizlar yo (ularni qo’yib yuborish uchun) fidya-tovon olasizlar». Bu esa bu oyatning unda asirlar qo’lga olingan Badr jangidan oldin nozil bo’lganini anglatadi.

3 –

«Bas, (ey mo’minlar), qachon sizlar (jang maydonida) kofir bo’lgan kimsalar bilan to’qnashganlaringizda bo’yinlariga uringiz – o’ldiringiz! Endi qachon ularni(ng ko’plarini) qirib (mag’lub qilganingizdan keyin ularni asir olib) arqonlar bilan bog’langiz! So’ng yo (ularni ozod qilib yuborish bilan) marhamat ko’rsatasizlar yo (ularni qo’yib yuborish uchun) fidya-tovon olasizlar» oyati فإذا qachon lafzi bilan boshlanib undan keyin لقيتم to’qnashsangiz degan o’tgan zamon fe’li kelyapti, ya’ni to’qnashish hali amalga oshmagan. Bu esa oyatdagi hukm jang bo’lishidan oldin nozil bo’lganini anglatadi. Demak oyat jang bo’lishidan oldin asirlar hukmini bayon qilgan va bungacha asirlar qo’lga olinib asirlar haqidagi hukm kerak bo’lgan Badrdan boshqa jang yuz bermagan.

4 – Alloh Taoloning

«Endi qachon ularni(ng ko’plarini) qirib (mag’lub qilganingizdan keyin ularni asir olib) arqonlar bilan bog’langiz!» degan so’zi jangda asirga olish amalga oshgan vaqtni bayon qiladi. Asirga olish dushman kuchsizlashtirilgandan keyin bo’lgan. Demak oyat Badr jangidan oldin nozil bo’lgan. Chunki avval ro’y bergan «kuchsizlantirish» badrda ro’y bergan. Asirga olish kuchsizlashtirilgandan keyin bo’lishining bayon qilinishi hali ro’y bermagan yangi hukmning bayoni bo’ladi.

5 – Shuning uchun oyatning mantuqi bu suraning jang bo’lishidan oldin nozil bo’lganiga dalolat qiladi. Bu oyat jang bo’lishidan oldin va isxon (kuchsizlantirish) yuz berishidan oldin asirlar hukmini bayon qilib nozil bo’lgan. Muhammad surasi Badr jangidan keyin nozil bo’lgan deb aytilgan rivoyatlar ham mavjud, lekin modomiki oyat bilan hadisni jamlash mumkin bo’lmas ekan, oyat hadisdan tarjih qilinadi. Agar oyat bilan hadisni jamlash mumkin bo’lganida jamlash to’g’riroq bo’lar edi. Bu erda esa jamlash mumkin emas. Chunki hadisda asirlar hukmi Badrdan so’ng nozil bo’lgan deb aytilsa, oyat asirlar hukmi Badrdan oldin nozil bo’lganiga dalolat qiladi. Shuning uchun tarjihga amal qilinib oyatga zid kelgan hadislardan oyatni tarjih qilinadi.

Buni faqat Muhammad surasidagina asirlar hukmi borligi, asirlar haqidagi hukm kerak bo’lgan Badrdan boshqa jang bo’lmagani, Rosululloh A Badr jangida asirlar haqida hukm qilgani hamda u zotning faqat vahiy bilangina hukm qilishlari ham tasdiqlaydi va quvvatlaydi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

24 sha’bon 1434h 3 iyul 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.