Bizga qullik qilasan deyishdi, men esa undan ko’ra osib o’ldiring, dedim

561
0

images (2)

Hokim Rosululloh s.a.v.dan shunday rivoyat qiladi: “Shahidlar sayyidi Hamza hamda zolim imomga nasihat qilib, u tarafidan qatl qilingan kishidir”.

Bangladesh hukumati ayni sababga ko’ra, ya’ni zolimning zulmidan qo’rqmay haqni aytgan “Jamoati Islomiya” rahbari Abdulqodir Mullani qatl qildi.

Bangladesh davlat televideniyasi “Jamoati Islomiya” rahbari Abdulqodir Mullaning Dakka shahridagi markaziy qamoqxonada osib o’ldirilganligini ma’lum qildi.

Bengal oliy mahkamasi Abdulqodir Mullani 1971 yildagi davlat mustaqilligi uchun qilingan jangda Pokistonga yordam berganlikda va 3 million Bengal askarining o’limida ayblab, o’lim jazosiga hukm qilgan edi. Abdulqodir Mulla Bangladeshning Pokistondan ajralib, ular o’rtasiga chegara simlari tortilishiga, ya’ni musulmonlarning bo’linishiga qattiq qarshiligi bilan tanilgan rahbardir.

Musulmonlar orasida chegara tortilib bo’lib tashlanishiga qarshi chiqqanligi uchun o’limga mahkum etilgan Abdulqodir Mulla o’z hayotini saqlab qolish uchun kufr bilan savdolashmaganligi e’tiborga molikdir. Xabarlarda aytilishicha Bangladesh hukumati avf so’rash uchun Mullaga ikki hafta muhlat bergan, ammo Mulla kufr hukumatidan avf tilashdan bosh torgan va undan ko’ra o’limni afzal ko’rishini bildirgan. “Bizga qullik qilasan deyishdi, men esa undan ko’ra osib o’ldiring, dedim” deydi u.

Oila a’zolarining bildirishicha, oxirgi uchrashuvida Abdulqodir Mulla o’limidan avval ularga shunday degan: “Gunohim Allohdan boshqasiga qullik qilmaganimdir. Bizga qullik qilasan deyishdi, men esa ularga, undan ko’ra osib o’ldiring, dedim. Men hech qanday jinoyatga qo’l urmadim. Shahidlik hammaga ham nasib etavermaydi. Alloh menga shahidlikni nasib qilsa o’zimni baxtiyor his etaman. Shahidlik hayotimning eng buyuk yutug’i bo’lajak. Mening qonim Islomiy harakatlarni ayoqqa turg’izadi”, “Mening shahidligimdan Bangladesh Islom davlati uchun foydalaning”.

Dunyoning har erida, jumladan Pokiston va Turkiyaning bir qancha shaharlarida Abdulqodir Mulla uchun g’oibona janoza namozi o’qildi.

Istambulning Fotih mintaqasida Abdulqodir Mullaning qatl qilinishi qoralab xolis musulmonlar tarafidan namoyish uyushtirildi.

“Qotil Hasina javob beradi! Bangladeshda Islom g’alaba qozonadi!”, “Musulmon zulmga bo’yin egmas!” kabi shiorlar yozilgan lozunglarni va “Bizga qullik qilasan deyishdi, men esa undan ko’ra osib o’ldiring, dedim”, “Kofirlarnning avfini rad etib, Shahidlikni tanlaganlar iftixorimizdir!”, deb yozilgan plakatlarni ko’tarib olgan olomon Bengal hukumatini qattiq qoraladi. Shuningdek Suriyada shahid bo’lgan “Livout Tavhid”jamoasining rahbari Abdulqodir Solih bilan Abdulqodir Mullaning yonma-yon suratlari ostiga “bu ummat Abdulqodirlari bilan tirikdir”, degan yozuv diqqatni tortdi.

Namoyish chog’ida so’zga chiqqan Hizbut Tahrir a’zosi Mahmud Kar o’z nutqida Abdulqodir Mullaning “mening shahidligimdan Bangladesh Islom davlati uchun foydalaning”, degan so’ziga urg’u berdi. Mullaning 40 yil avval Bangladeshning Pokistondan ajralib chiqishiga qarshilik qilganligini qayd etgan Mahmud Kar, Mulla bu harakati bilan ummat birligi istagida bo’lganligini ta’kidladi. Mahmud Kar Islom o’lkalarining etakchilari va G’arb davlatlari bu hodisaga jim qarab turganligiga e’tiborni tortar ekan, “bu holat Musulmonlarning Islomiy Xalifalik davlatiga muxtoj ekanligini ko’rsatib turipti. Suriyadagi Islomiy qarshilikning Xalifalik davlati tiklanishi bilan nihoyasiga etishi uchun har birimiz musulmon sifatida faoliyat qilishimiz lozim”, deya ta’kidladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.