Eron: Shimoliy Koreyani qo’llab quvvatlaymiz

405
0

Shimoliy Koreyaning Amerikaga qarshi tahdidlari ortidan Eron qurolli kuchlar boshlig’ining noibi Mas’ud Jazoiriyning tahdidlari yangradi.

Amerikaning “DEBKAfile” sayti Mas’ud Jazoiriyning “biz Shimoliy Koreya tarafida turamiz va Amerika bilan qarshi kurashishida uni himoya qilamiz”, degan bayonotini nashr qildi.

Keyingi paytlarda Voshington va Eron o’rtasidagi maxfiy bitimlar ma’lumot manbalari tomonidan bir necha bor oshkor qilinganiga qaramay va AQSh prezidenti Barak Obama o’tgan navro’z bayrami bilan tabriklab maktub yuborganiga qaramay, Eron yuqoridagi pozitsiyada turganini bildirmoqda.

Eron bu borada Shimoliy Koreyaga nisbatan anchagina tajribaga ega. Amerikani tribunada turib haqorat qilish, “Amerika katta shayton”, deb jar solish Eron uchun odatiy hol.

Ayni damda Rossiya Koreya yarim orolida yuzaga kelgan keskinliklarning shiddatlashuvidan xavotirda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin nazarida Koreya yarim orolida keskinliklarning oqibatlari 1986 yilgi Chernobil hodisasidan ham yomonroq bo’lishi mumkin.

Putin shuningdek, Koreya yarim orolidagi yuzaga kelgan bo’hronni tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirdi. Rrossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning RTV kanaliga bergan intervyusida xatar o’ta jiddiyligi, shuning uchun Rossiya vaziyatni tinchlantirish odatiga amal qilishi haqida gapirdi va Shimoliy Koreyani diplomatik muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi.

O’z navbatida Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadagi xorijliklarga harbiy mojaro boshlanmasidan oldin mamlakatni tark etishni tavsiya qilmoqda. Davlat axborot agentligiga ko’ra, xorijiy sayyohlar va kompaniyalar o’z xavfsizligini o’ylab, zudlik bilan Seul va Janubiy Koreyadan chiqib ketishi zarur.

Shimoliy Koreya o’tgan hafta ham shu mazmunda ogohlantirish bildirib, Pxenyandagi elchixonalarga mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan edi.

Shimoliy Koreya urush ehtimoli haqida bong urar ekan, Yaponiya o’z poytaxti Tokioning 30 million aholisini himoyalash uchun shahar bo’ylab uchta hududda AQShda ishlab chiqarilgan ballistik raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o’rnatgan. Tokiodagi Bi-bi-si muxbiri Rupert Vingfild-Heyz Yaponiyada hech kim Pxenyan haqiqatdan ham hujum qilishga shaylanayotganiga ishonmasligini aytadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.