Ularning maqsadi Islomiy davlat tiklashdir

773
0

GERMAN-MUSLIMS

 

Ma’lum bo’lishicha, Yevropadan minglagan musulmon yoshlar Suriyaga jang qilish uchun oqib kelmoqda. Yevropalik musulmonlarning Suriyaga borib mujohidlar safida jang qilishi G’arb davlatlarini tashvishlanishiga sabab bo’lmoqda.

Norvegiya davlati ham shular jumlasidan. Norvegiyadagi mudofaa bo’yicha tadqiqot instituti professori Petter Nessen Suriyaga ketganlar haqida surishtiruv olib borayotgani haqida gapirar ekan, ularning maqsadi Islom davlatini tiklash ekanligini bildirdi.

“Islomiy guruhlar shariatga asoslangan Islomiy davlat tiklashni istashmoqda. Bu guruhlarga a’zo bo’lganlar bemalol turli davlatlarda aylanib, o’z tushunchalarini etkazishmoqda. Norvegiyaliklar nima uchun Islom dinini qabul qilib, so’ng bu guruhlarga qo’shilib ketayotganini tushunmayapmiz. Suriyaga jang qilish uchun ketgan yoshlar haqida surishtiryapmiz”, dedi professor.

Xususiy tadqiqot markazining mutaxassisi evropa davlatlarini bu borada xushyorlikka chaqirdi.

“Suriyaga jang qilish uchun ketgan yoshlar Norvegiyaga qaytganlarida katta tahdid tug’diradi degan xavotirdaman. Bu insonlar qaytib kelishganida o’z atrofdagilarini ham o’zlari kabi jihod tarafdoriga aylantirish ehtimoli katta. Yevropa davlatlari Suriyaga jang qilish uchun ketganlar borasida tadbirli bo’lishlari lozim”, dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.