Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan
Savollar: Abdullah Abdulrahmandan: Internetda bo’ladigan so’zlashuvlar bilan bog’liq o’tirishlarning birida internet olami faraziy olam, shuning uchun unda yozgan kishi gapiga jazo olmaydi hamda erkaklar bilan ayollar o’rtasida bo’lgan so’zlashuvning – qanday so’z bo’lsa ham – zarari yo’q, chunki bu aralashish emas… degan gaplar bo’ldi, shu to’g’rimi? Shuni yoritib bersangiz, sizga Alloh baraka ato etsin!
Abu Qosimdan:
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
«Feysbuk yoki elektron pochtada ikki jinsning behuda gap sotib o’tirishi hukmiga oid savol»
Bu masalaga ko’pincha hozirgi yoshlar, xususan balog’atga etganlar ro’baro’ kelishadi. Shuning uchun bu masalani sharhlash lozim bo’lib qoldi. Toki, yoshlarimiz gunohkor bo’lib qolishmasin, toki, biz ma’siyat bo’lgan, ehtimolki katta ma’siyat bo’lgan ishdan jamiyatimizni saqlab qolaylik.
Javob:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!
Ikkalangizning savollaringiz bir-biriga o’xshash. Biz ilgari shunday savolga javob bergandik. Sizlarga shu javobni qaytaraman:
Ba’zi odamlar ishlarni falsafalashtirib tashlaydi-da, biri: feysbuk orqali bog’lanish aralashishm? – degan savolni beradi. Go’yo aralashishning o’zigina harom-u, aralashish bo’lmasa harom emasday! Ikkinchisi esa internetni faraziy olammi degan savolga diqqatni jalb qiladi, go’yo u zehnda kechadigan xayolning o’zi bo’lib, xohlaganicha xayol qilsa bo’laveradiganday!! Ba’zilar feysbuk orqali bog’lanishga nisbatan shar’iy hukmga ta’sir qiluvchi ayrim ishlar to’g’risida bilimsizlik qiladi yoki bu ish modomiki aralashuv emas ekanmi, demak bo’laveradi va hokazo deb, bilimsizlik yo xiralik tufayli narsalarni aralashtirib yuborishadi…
Masala bunday emas. Balki bir shaxsdan boshqa bir shaxsga maktub orqali qilingan xitob – agar maktubni yozgan odam ham, uni olgan odam ham isbotlansa – u shaxsdan bu shaxsga bevosita qilingan xitob hukmiga o’tadi. Bu erda maktubning qo’lda yozilgan bo’lishi bilan texnika orqali yozilgan bo’lishining farqi yo’q.
Shuningdek, maktubning birov orqali yuborilgan bo’lishi bilan internet, feysbuk yoki boshqa biror vosita orqali yuborilgan bo’lishining ham farqi yo’q. Balki muhimi, maktub yozgan odamdan va olgan odamdan isbotlanishi shart, chunki hukm manotini (shar’iy hukm mos keladigan voqeni) o’rganish shu jihatdan bitta. Shuning uchun maktubga nisbatan hukm bitta, inson uning uchun hisob qilinadi, chunki maktub uning amallaridan biridir. Rosululloh bunday dedilar:
«إِنَّ اللهَ تَجَاوَزَ عَنْ أُمَّتِي مَا حَدَّثَتْ بِهِ أَنْفُسَهَا، مَا لَمْ تَعْمَلْ أَوْ تَتَكَلَّمْ»
«Alloh Ummatimning ko’nglidan o’tgan narsalarni – agar amalda qilmagan yo gapirmagan bo’lsa – kechiradi» (Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qildilar, lafz Buxoriyniki).
Shuningdek, Rosululloh s.a.v. ning Islomni etkazish uchun podshohlar va hokimlarga maktub yozib jo’natganlari haqida sahih rivoyatlar bor. Bu esa maktub orqali etkazish bevosita xitob qilish kabi shar’iy hukm ekanini isbotlaydi.
Imom Buxoriy rivoyat qiladi: Ibn Abbos bunday dedi: Menga Abu Sufyon ibn Harbning xabar berishicha, u Rosululloh s.a.v. bilan Quraysh kofirlari o’rtasida kelishuv bo’lib turgan vaqtda Shomga tijoratga borgan Quraysh kishilari bilan birga edi. Shunda Shomning bir joyida bizning oldimizga Rum podshohining elchisi keldi… So’ng podshoh Rosululloh s.a.v. ning maktubini oldirdi, maktubda bunday deyilgandi:
«بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ، مِنْ مُحَمَّدٍ عَبْدِ اللَّهِ وَرَسُولِهِ، إِلَى هِرَقْلَ عَظِيمِ الرُّومِ، سَلاَمٌ عَلَى مَنِ اتَّبَعَ الهُدَى، أَمَّا بَعْدُ: فَإِنِّي أَدْعُوكَ بِدِعَايَةِ الإِسْلاَمِ، أَسْلِمْ تَسْلَمْ، وَأَسْلِمْ يُؤْتِكَ اللَّهُ أَجْرَكَ مَرَّتَيْنِ، فَإِنْ تَوَلَّيْتَ، فَعَلَيْكَ إِثْمُ الأَرِيسِيِّينَ وَ:
«Bismillarhir Rohmanir Rohim, Allohning bandasi va rosuli Muhammaddan Rum podshohi Hiraqlga. Hidoyatga ergashganlarga salom bo’lsin! Ammo ba’d: Albatta men seni Islomga da’vat etaman, Islomni qabul qil, salomat bo’lasan. Alloh buning uchun senga ikki barobar ajr va savob beradi. Agar yuz o’girsang, arisiylar gunohi sening bo’yningga bo’ladi: «Ey ahli kitob, bizga ham, sizga ham bab-barobar bo’lgan bir so’zga keling: yolg’iz Allohga ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birimizni Allohdan o’zga xudo qilib olmaylik. Agar ular (ya’ni ahli kitoblar) ushbu da’vatdan yuz o’girishsa, u holda sizlar (ey mo’minlar): «Guvoh bo’linglar, biz musulmonlar – yagona Allohga itoat qilguvchilarmiz», deb aytingiz!» [Oli Imron 64]
Shunga binoan, mazkur savolingizga javob quyidagicha bo’ladi:
1 – O’zaro yozishma xoh oddiy pochta orqali bo’lsin, xoh net yo feysbuk yoki tvitter yoki boshqa vositalar orqali bo’lsin, uning hukmi bitta, ya’ni u o’zaro ko’rishib gaplashishdan farq qilmaydi. Bu farazli olam, bunisi real olam, deyilmaydi, balki bunday deyish ilmsizlik va gunohga bottirishdir. Masalan, bir nomahram ayolga ko’rishib turgan holda harom so’z aytsangiz, shar’an unga jazo olasiz. O’zaro yozishma ham xuddi shunday: qachon yozishma sodir etilgani isbotlansa, uning jazosi haqida bahs qilinadi, yuqorida aytilgan gapni ko’rishib turgan holda aytishingiz hukmi ham xuddi shunday.
Shunday qilib, nomahram ayol bilan shariatda ruxsat berilgan zaruratsiz bir-birini ko’rib turib gaplashish durust bo’lmagani kabi, o’zaro yozishma ham xuddi shunday. Demak bu mavzuda bir-birini ko’rib turgan holda nima durust bo’lsa, yozishmada ham durust, bir-birini ko’rib turgan holda nima durust bo’lmasa, yozishmada ham durust emas.
2 – Nomahram erkak-ayolning shariatda ruxsat berilgan zaruratsiz aralashishi harom. Lekin nafaqat aralashishgina harom. Masalan, siz uzoqda turgan bir nomahram ayolni yomon gap bilan chaqirishingiz harom, hatto u ayol sizga yaqin joyda bo’lmasa ham. Agar bozorda biror ayolga narsa sotayotib unga lazzat bilan qarasangiz, bu ham harom, garchi bozorda savdo uchun aralashish muboh bo’lsa ham. Agar biror ommaviy transportda nomahram ayolga – hatto u yoningizda o’tirmagan bo’lsa ham – fahsh so’z aytsangiz, bu ham harom…
Shunga o’xshash agar siz yozishmada biror gap yozsangiz – xuddi ko’rishib turib gaplashganingzdek – unga javobgar bo’lasiz…
3 – Biz har bir muslim va muslimani, xususan, chor atrofimiz hayosizlikka to’lib toshgan, bundan qochib qutulishning iloji bo’lmayotgan, faqat Alloh Subhanahu tomondagina panoh bo’lgan bir paytda, ushbu da’vatni etkazgan va yotkazayotgan pokdomon, sof yigit-qizlarimizni shariat ahkomlariga qattiq rioya qilishga, nafaqat haromdan uzoqlashib, balki ayrim mubohlar yaqinida haromlarning mavjud bo’lishidan qo’rqib, ayrim mubohlardan ham uzoqlashishga da’vat qilamiz. Zero, sahobai kiromlar haromga kirib qolishdan qo’rqib bir necha muboh amallar ko’chasidan uzoq yurganlar.
4 – Shuningdek, har bir muslim va muslimani, ayniqsa, da’vatni etkazuvchi yigit-qizlarimizni ushbu yangi vositalardan Islomni ta’sirli yo’l bilan yoyishda samarali, bir vaqtning o’zida, hikmat va ong bilan foydalanishga, nafaqat har bir axlat kuldan, balki hatto bu kulning chang-g’uboridan ham uzoq yurishga da’vat qilamiz.
Alloh Subhanahudan toza, pok holda qolishimizni, shu orqali dunyo va oxiratda zafar quchishimizni so’rab duo qilaman. Mo’minlarga xushxabar bering.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta
22 zul-hijja 1434h 27 oktyabr 2013m