Gulnora Karimovaga tegishli ayrim tashkilot va shirkatlarning xodimlariga qarshi jinoiy tergov boshlangan.

404
0

00

Bu haqda Rossiyaning Interfax axborot agentligi O’zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi nomini oshkor etishni istamagan o’z manbasiga tayanib xabar tarqatgan.

Interfax xabarida aytilishicha, tergovga jalb qilingan shaxslar orasida Gulnora Karimovaning Guli brendini targ’ib qilish bilan shug’ullangan Toshkentdagi Modalar uyi dizayner studiyasi hamda bir necha shirkatlarning xodimlari bor.

Rossiya axborot agentligining o’z manba’sidan iqtibos keltirishicha, ular qalloblik, jumladan, xayriya tashkiloti niqobi ostida tadbirkorlarni homiylikka majburlash, xorijda offshshor hisoblari ochish va noqonuniy mablag’lar hisobiga Ovro’poda yirik ko’chmas mulklarni qo’lga kiritishda gumon qilinmoqda.

O’zbek huquq-tartibot idoralaridagi manba’ning ta’biricha, bu shaxslar “prezident qizining nomidan foydalangan holda o’z manfaatlarini ko’zlab ish tutishgan”.

Turkiston:

Rossiyaning interfax axborot agentligining xabar tarqatishicha, Gulnoraga tegishli barcha kompaniyalarda tekshiruvlar olib borilib, xibsga olingan shaxslarga, Gulnoraning nomidan foydalanib, o’z manfaatlari yo’lida noqonuniy ish yuritgan degan ayblovlar qo’yilayapti.

Agar bu haqiqat bo’lsa, Gulnorani tozalash kompaniyasi ketayapti. Xalqaro jamoatchilikni hamda ichki jamoiy fikrlarni tartibga solish maqsad qilingan. Oxirgi paytlarda Karimov va uning oilasiga bo’lgan fikrlar o’zgargan. Ularga bo’lgan be’pisantlik esa, rejim uchun o’ta xavfli, ya’ni ikkisi bir biriga bog’lanib qolgan. Rejim ichida kimning qanchalik quvvati bo’lmasin, Karimov xatto quvvatdan ketganida ham, rejim uchun xalq ichida daxshat paydo qilish simvoli qatori qolaveradi. Shuning uchun ular Gulnoraning xatolarini yopishlari kerak. Bu ish bo’yicha uning atrofida yurgan yuvindixo’rlari qatori, bir qancha be’gunox insonlar ham aziyat chekishlari aniq. Aslida deyarli hammalari ham shu ishlarda begunoh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.