Maqsad roshid Islomiy davlatni tiklashdir

309
0

00

Suriyada Asadga qarshi jang olib borayotgan jihodiy guruhlar birlashishda davom etmoqda. Bir necha kun avval turli mintaqalarda jang olib borayotgan etti jihodiy guruh “Jabhatul Islomiyya” nomi ostida birlashganliklarini e’lon qilishdi.

Jamoa rahbari Ahmad Iso Shayx bundan maqsad Islomiy davlat tiklash ekanligini bildirdi.

“Jabhatul Islomiyya siyosiy, harbiy, ijtimoiy guruh bo’lib, Suriyada Bashar Asad rejimini qulatish va roshid Islomiy davlat tiklashni oldiga maqsad qilib olgan. Bu davlatda hokimiyat yolg’iz Allohniki bo’ladi. Shaxs va davlat ishlarini tasarruf qilish uchun uning shariatiga murojat qilinadi”, dedi jamoa rahbari

Bu jamoa “Ahrorush Shom”, “Jayshul Islom”, “Alviyatus Suqurush Shom”, “Livout Tavhid”, “Livoul Haq”, “Kataibu Ansorush Shom” va “Jabhatul Islomiyyatul Kurdiyya” guruhlarining birlashuvidan tuzildi.

“Jabhatul Islomiyya” rahbari Ahmad Iso Shayxning ma’lum qilishicha, bu jamoaning yana bir maqsadi harbiy harakatda turli qadamlar tashlash va barcha sohada Asad rejimining o’rnini bosadigan shaklda saflarni birlashtirib, bir orada jamlashdir.

Bu jamoa qilgan ishlari bilan Suriya ozod armiyasi o’rtasida ziddiyat yo’qligini ta’kidlagan Iso Shayx “Jabhatul Islomiyya” tez kunda Suriya doirasida barcha xolis harakat olib borayotganlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishini bildirdi. “Bu ish vujudlarni fikriy va tashkiliy jihatdan birlashtirishdir”, dedi u.

“Livout Tavhid”guruhining sobiq qo’mondoni Abdul Qodir Solih “Ahrorush Shom”, “Jayshul Islom” va “Suqurush Shom” qo’mondonlari bilan tinmay uchrashib, bu jamoalarni birlashtirishga da’vat qilib kelayotgan edi. U shahid bo’lganidan bir hafta o’tib bu harakat amalga oshdi.

Harbiy va strotegik ishlar bo’yicha mutaxassis Fayz Daviriy amaliy va siyosiy maydonda yo’qolib borayotgan ozod qo’shin taqdirini savol ostiga qo’yar ekan, “Jabhatul Islomiyya”ning tashkil qilinganligini e’lon qilish go’yoki Suriya milliy kolitsiyasi va Suriya ozod qo’shini o’rnini egallagandek bo’lganini aytib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.