Saudiya va Isroil bitimi

363
0

001

Doimo bir biriga dushmanligini izhor qilib kelgan ikki davlat – Isroil bilan Saudiya arabistoni umumiy dushmanga qarshi ittifoq qilishgani haqida xabarlar tarqaldi. Britaniyaning “Sandi Tayms” gazetasining yozishicha, Saudiya qirolligi va yahud davlati Eronning yadro dasturiga oid Jeneva muzokaralari samara bermasa Tehronga qarshi birgalikda hujum qilish ustida bosh qotirmoqda.

Jeneva muzokaralari naf bergan taqdirda ham Isroil nazarida muzokaralar kun tartibida Eron yadro dasturini butunlay yo’q qilish masalasi o’rtaga qo’yilmagan.

Saudiya qirolligi ham, yahud davlati ham, Tehron yadro quroli ustida ishlashni to’xtatgani yo’q degan fikrda. Saudiya arabistoni bilan Eron o’rtasida avvaldan ziddiyat mavjud. U Eronni mintaqada kuchli davlatga aylanishini istamaydi. Shuning uchun qirollik Jeneva muzokaralarini olqishlamadi. Shuningdek u AQSh Eronga nisbatan jazo choralarini kechiktirganidan norozi.

“Sandi Tayms” gazetasiga ko’ra, Saudiya arabistoni Isroil samalyotlari uchun o’z havo sarhadlarini lang ochib bergan. “Saudiya arabistonining o’zi ham uchuvchisiz samalyotlari orqali urushda ishtirok etishi mumkin”, deyiladi maqolada.

Biroq Saudiya tarafi Isroil bilan o’rtalarida kelishuv bo’lganligini rad qilmoqda. Saudiya tashqi ishlar vazirligidagi bir manbaning bildirishicha, Britaniyaning “Sandi Tayms” gazetasida keltirilgan maqola haqiqatga ziddir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.